Mirahmad Po'latovich Yunusov O'zbekiston Kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti (O'zKFITI) labora-toriyasi mudiri, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti sohibi, texnika fanlari doktori, professor Mirahmad Po'latovich Yunusov sal kam yarim asrdan buen xalq farovonligi, yurt ravnaqi yo'lida mehnat qilmoqda va O'zbekiston ilmiy salohiyatini oshirishga hissa qo'shayotgan insonlardan biridir. U 1942 yil 16 mayda Toshkent shahrida tug'ilgan. O'rta ta'lim makgabini oltin me'dal bilan bitirgach, 1959 yilda Ukrainaning Dnepropetrovsk Kimyo-texnologiya institutiga o'qishga kirib, ushbu institutni 1964 yili muhandis-texnolog ixtisosligi bo'yicha muvaffaqiyatli bitirgan. O'zining ilmiy faoliyatini 1966 yilda O'rta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy - tekshirish institutida (hozirgi kunda O'zKFITI) boshlagan. Aynan shu dargoxda u aspirantlikdan to ilmiy texnologiya ishlari bo'yicha rahbar o'rinbosarigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tib, hozirda laboratoriya mudiri lavozimida ishlab kelmokda. M. Yunusov O'zbekistonda neft va gazni katalitik qayta ishlash sohasida yirik namoyandalardan biri, ushbu sohada qo'llaniladigan yangi, zamonaviy va samarador katalizatorlar yaratishga qaratilgan ilmiy ishlar rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotgan olimlardan biri hisoblanadi. Mirahmad Po'latovich mehnat faoliyatini dastlabki yillarda neft va gazni qayta ishlash sanoati sohasida xom ashyo va energiya tejamkorligini oshiruvchi samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga, kimyo va kimyo - farmatsevtika sanoati chiqindilarini qayta ishlash muammolariga bag'ishlagan. U birinchi bo'lib toksik organik moddalar bilan ifloslangan oqava suvlarni katalitik zararsizlantirishning eng samarali uslubini nazariy jihatdan asoslab va amaliy jihatdan hayotga tatbiq etdi. Uning izlanishlari natijasida issiqlik katalitik generatori asosida atmosferaga azot oksidlarini tashlashni bartaraf etuvchi, prinsipial jihatdan yangi sanoat .oqava suvlarini chuqur oksidlash texnologiyasi vujudga keldi. Olingan natijalar asosida Belgorod vitamin kombinata uchun vitamin A ishlab chiqarish jarayoni oqava suvlarini katalitik zararsizlantirish sanoat qurilmasi loyihasi ishlab chiqildi. Ekologiya sohasidagi keng qamrovli ilmiy izlanishlar va mavjud muammolarning texnologik yechimini topishda amalga oshirilgan ishlari M. Yunusov uchun 1992 yilda Moskva shahridagi Lomonosov nomidagi Nozik kimyo texnologiyasi univeritetida «Kimyo-farmatsevtika sanoatining chiqindilarini qayta ishlash va zararsizlantirishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqarish» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishiga asos bo'ldi. M. Yunusov tomonidan muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan muammolardan biri, yani Respublikamizning uzoq tumanlaridagi aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida bir qator izlanishlar amalga oshirilgan. Xususan, markazlashgan suv ta'minotini tashkil etish imkoniyati bo'lmagan kichik qishloq xo'jaliklari uchun «U 118 - Buloq» samarali modul qurilma ishlab chiqarilganligini va foydalanishga topshirilganligini alohida etirof etish lozim. M. Yunusov O'zbekistonda neftni qayta ishlash va yoqilgi moylarini qayta ishlash sanoati uchun qo'llaniladigan samarali katalizatorlarni ishlab chiqish va sanoatga tatbiq etish bilan gidrotozalash, gidrirlash, gidrokreking jarayonlarini intensifikatsiyalash, mahsulot sifatini, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, shu bilan bir qatorda zamon talablariga javob ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.52 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.52 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:58 ]
Arxiv ichida: docx