Mirxoji Asqarovich Asqarov

Mirxoji Asqarovich Asqarov

O'quvchilarga / Kimyo
Mirxoji Asqarovich Asqarov - rasmi

Material tavsifi

Mirxoji Asqarovich Asqarov Mirxoji Asqarovich Asqarov Toshkent shahrida 1931 yilning 30 aprelida dunyoga keldi. 1948 yilda 41 - son o'rta maktabni bitirib, shu yili Moskva Kimyo-texnologiya institutining charm va mo'yna mutaxassis-ligiga kirdi va uni 1953 yilda muvaffa-qiyatli tamomladi. M. Askarov polimerlar kimyosining asoschilaridan biri Ivan Platonovich Losevga shogirdlikka tushdi. 1956 yil D.I.Mendeleev nomidagi Moskva Kimyo-texnologiya institutining plastmas-salar texnologiyasi kafedrasi aspiranturasini tamomladi va ushbu institut qoshidagi ixtisoslashgan kengashda 1957 yilda «Arilalifatik poliamidlarning sintezini o'rganish» mavzusida kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya kiddi. 1967 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasining o'simlik moddalari kimyosi ilmiy-tadqiqot institutida «Akril monomerlarining sopolimerlari sintezi va ularning xossalarini o'rganish hamda ularni tsellyulozaga tikish» mavzusida kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qildi. 1968 yilda «Yuqori molekulali birikmalar kimyosi» mutaxassisligi bo'yicha professor ilmiy darajasini oldi. o'z FAning muxbir azosi (1974), O'z FA ning haqiqiy azosi (200). Avvaliga (1957 - 1958 yillar) Toshkent Politexnika institutining organik kimyo kafedrasida assistent, katta o'qituvchi lavozimlarida ishladi, 1959 - 1973 yillarda Polimerlar kimyosi institutida (avvalgi Paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy - tadqiqot instituta) «Tsellyuloza va uning murakkab efirlari» laboratoriyasi mudiri, 1973 - 1982 yillarda esa O'z FA Kimyo instituta direktori, 1983 - 1988 yillarda Toshkent To'qimachilik va yengil sanoat institutining «Nazariy kimyo» kafedrasi mudiri, 1988 - 1993 yillarda Polimerlar kimyosi va fizikasi institutining direktori lavozimlarida ishladi. Hozirda Toshkent To'qimachilik va yengil sanoat instituti «Kimyo» kafedrasining professori lavozimida ishlamoqda. M. Asqarov fan olamida mustahkam o'rnashib, mutaxassislar tayyorlash, shogirdlari bilan Respublikada polimerlar kimyosi fanining rivojlanishiga o'z ilmiy-tadqiqot ishlari bilan faoliyat ko'rsatdi. Polimerlar fanini jahon ilmi darajasida o'stirib, unga hissa ko'shish, fan nomzodlari va doktorlari tayyorlash, sanoatda ajoyib natijalarni joriy etish M.Asqarovning asosiy faoliyati bo'lib qoldi. Uning chop etilgan ilmiy asarlari, monografiyalari, darsliklari, mualliflik guvohnomalari hammasini tilga olish va sharhlash juda qiyin. Ammo ularni xulosalash sifatida olim tomonidan tayyorlangan 20 nafar fan doktori, 100 nafar fan nomzodi, yuzlab muhandislarning hozirda sanoat va fan dargohlarida ishlab turishi, 600 dan ortiq chop etilgan maqolalar, ularning orasida 115 dan ortiq mualliflik guvohnomalari va patentlar hamda 20 ta monografiya va darsliklarni chop etgan. Jumladan, «Sintetik polimerlar kimyosi» (1965), «Polimerlar kimyosidan praktikum», «Polimerlar kimyosi» (1981), «Kimyo. Oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Nazariy asoslar, namunaviy misol va masalalarning echilishi, testlar» (200), «Polimerlar kimyosi va fizikasi» (2004), «Polimerlar kimyosi va fizikasidan amaliy mashg'ulotlar» (2006) darsliklar, «Ionogen polimerlarni sintezlash», «Aminoalkilakrilatlarning polimerlanishi», «Itakonallarini sintezlash va polimerlash», «Kimyoviy faol polimerlar va oligomerlar» singari monografiyalarini eslatish kifoyadir. M.Asqarov o'z o'quvchilari va hamkasblari - A.Jalilov, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.75 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.75 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga