Mis (II) nitrat tuzi

Mis (II) nitrat tuzi

O'quvchilarga / Kimyo
Mis (II) nitrat tuzi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Mis (II) nitrat tuzi Mis (II) nitrat tuzining olinishi. Mis (II) nitrat tuzining kimyoviy xossalari. Mis (II) nitrat tuzining fizik xossalari. Reja: Mis (II) nitrat tuzining olinishi. Mis (II) nitrat tuzi nitrat kislotaga Cu ta'sir etirib olinadi bunda nitrat kislotaning har xil konsentratsiyali eritmasi bo'ladi. Cu + 4HNO3( k) = Cu (NO3)2+2NO2+2H2O 3Cu + 8HNO3= 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O 1. Mis (II) oksidiga nitrat kislota ta'sir etirib olinadi. 2. Mis (II) gidrooksidga nitrat kislota ta'sir etirib olinadi. CuO + 2HNO3= Cu(NO3)2 + H2O Cu (OH)2 + 2 HNO3= Cu(NO3)2 + 2H2O Bundan tashqari yana misning o'ziga azot (IV) oksidining dimerini ta'sir etirib olinadi. ( kat=etilatsetat, to=80oC ) Cu + 2 N2O4 = Cu ( NO3)2 + 2 NO azot (IV) oksidi dimeri Mis (II) tuzning kimyoviy xossalari: Mis (II) nitrat tuzi kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi. Cu(NO3)2 + H2SO4 = Cu SO4 + 2HNO3 Cu (NO3)2 + 2 HCI = CuCI2 + 2 HNO3 Cu (NO3)2 + H2S = CuS + 2 HNO3 Barcha nitrat kislota tuzlari kabi mis (II) nitrat tuzi ham parchalanadi, parchalanganda mis (II) oksid, azot (IV) oksid va kislorod hosil qiladi. Bu reaksiyada temperatura 170oC gacha ko'tariladi. 2Cu(NO3)2 = 2CuO + 4NO2 + O2 Mis (II) nitrat tuzi suv ta'sirida gidrolizlanadi. Cu(NO3)2 + 4H2O = [ Cu (H2O)4]2+ + 2NO3- Hosil bo'lgan tetraakva mis (II) kationi yana eritmadagi suv bilan gidrolizlanadi. [Cu (H2O)4] 2+ + H2O = [Cu (H2O)3(OH)]+ + H3O+ Mis nitrat tuziga almashinish reaksiyalari Mis nitrat tuzi ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib ko'qish rangli mis (II) gidrooksidini hosil qiladi. Cu(NO3)2 + 2NaOH =Cu(OH)2 +2NaNO3 Mis nitrat natriy fosfat eritmasi bilan reaksiyaga kirishib ko'k rangli kristolagidrat hosil bo'ladi. 3Cu(NO3)2 + 2Na3PO4 + 3H2O =Cu3(PO4)2 *3H2O +6NaNO3 Mis nitrat tuzida almashinish reaksiyalari Mis nitrat gidrooqsil amin bilan reaksiyaga kirishadi va mis azid hosil bo'ladi. 4Cu(NO3)2 + 18(NH2OH * H2O ) =4CuN3 +12NH3 +27 H2O Mis nitrat azot (IV) oksidining dimeri bilan reaksiyaga kirishib to'q yashil rangli cho'kma hosil qiladi. Cu(NO3)2 + N2O4 =Cu(NO3)2*N2O4 Mis nitratning fizik xossalari Suvsiz mis nitrat tuzi oddiy sharoitda oq rangli kristal modda.U suvda yaxshi eriydi. 124.7g mis nitrat 100g suvda 20oc da eriydi. 207,7g mis nitrat100g suvda 80oCda eriydi.Mis nitratning kristolagidratlari ham mavjud, bularga Cu(NO3)2*nH2O, (n=1.5, 2.5, 3 ) uchraydi. Mis nitrat tuzi E'tiboringiz uchun tashakkur. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 412.66 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 412.66 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga