Mis, kumush va ularning birikmalari Reja: Mis va uning birikmalalari Kumush va uning birikmalari Mis va uning birikmalalari Misning atom massasi 63, 65 (Z-29) ga teng, uning tabiatda 2 ta izotopi tarqalgan - 63Cu (69%), 65Cu (31%). Misning yana 9 ta radioaktiv izotopi olingan. Mis asosan birikmalar holida, shuningdek, erkin holda ham uchrab turadi. Uning eng muhim rudalari: xalqozin (mis yaltirogi) Cu2S, xalqo-pirit (mis kolchedani) CuFeS2, malaxit Cu2(OH)2CO3. Mis rudalarini hosil qilgan birikmalarning xarakteriga karab, rudalarni oksidli va sulfidli rudalarga bo'lish mumkin. Metallurgiyada suyuqlantirib olinadigan hamma misning 80% i sulfidli rudalardan olinadi. Mis rudalarida qo'shimchalar ko'p bo'lganligidan ruda flotatsion usulda boyitiladi, so'ng metall ajratiladi. Kumush (Argentnm) Ag (Z-47) ning tabiatda 2 izotopi va 25 ta sun'iy izotopi bor. Oltin (Aurum) Au (Z-79) ning tabiiy izotopi bitta, 22 ta sun'iy izotopi bor. Kumush va oltin mis guruhchasiga kirgan asl metallar qatoriga kiradi. Tabiatda Ag kam, Au esa ko'proq erkin holda uchraydi, ularning birikmalari juda oz (ayniqsa oltin). Oltin AuTe2 kalaverit minerali tarkibida, shuningdek rux, qo'rg'oshin kabi metallarning rudalari tarkibida uchraydi. Mis va uning birikmalalariga oid lar Asbob va reaktivlar. Probirkalar, stakancha, mis va mis simi, qo'rg'oshin qirindisi yoki simi. Eritmalar. Qurg'oshin nitrat (2N mis (II)-sulfat, kumush nitrat (0,1 n), xlorid kislota (2 n), sulfat kislota(kons. va 2 N), nitrat kislota (kons. va 2 n), o'yuvchi natriy (30% li va 2 n), kaliy yodid (2n), natriy tiosulfat (2 n) ammoniy gidroksid (10 va 20% li). Misning aktivlik qatoridagi o'rni a) Mis tuzlaridan misni qo'rgoshin ta'sirida ajratib chiqarish. Ikkita probirkaning biriga 5-6 tomchi qo'rg'oshin (II)-nitrat, ikkinchisiga 5-6 tomchi mis (II)-sulfat eritmasidan soling. Jilvir qog'oz bilan tozalangan mis simining uchini birinchi probirkaga tushiring. Ikkinchisiga huddi shunday tozalangan qo'rg'oshin bo'lakchasini soling. Eritmani 3-4 minut saqlang. Nima kuzatiladi? b) Kumushni mis ta'sirida siqib chiqarish. Probirkaga 6 tomchi kumush nitrat eritmasidan qo'ying va unga uchi tozalangan mis sim tushiring. Misda g'ovak qatlam hosil bo'lishini kuzating. Mis bilan kumush nitratning o'zaro ta'sir etish reaksiyasi tenglamasini tuzing. Bajarilgan larga asoslanib nima uchun birinchi holda mis, ikkinchida esa kumush ajralganligini o'tkazilgan lar asosida tushuntiring. Misga suyultirilgan kislotalarning ta'siri Uchta slindrsimon probirkaning biriga xlorid, ikkinchisiga sulfat va uchinchisiga nitrat kislotaning 2n eritmasidan 5-6 tomchi qo'ying va probirkalarning har biriga mis qirindisini soling. Isitilmagan kislotalar bilan mis o'rtasida reaksiya boradimi? U chala probirkani isiting. Endi reaksiya boradimi? Bo'ladigan hodisani kuzating. Kislotalar bilan mis o'rtasidagi reaksiya tenglamalarini yozing. Misga konsentrlangan kislotalarning ta'siri Suyultirilgan kislotalarni konsentrlangan kislotalar bilan almashtirib, 2- ni takrorlang. Isitilmaganda reaksiya ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.96 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.96 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:58 ]
Arxiv ichida: doc