Modda almashinish jarayonining bir - biriga bog'liqligi. Hamma moddalar almashinishi birdamligi

Modda almashinish jarayonining bir - biriga bog'liqligi. Hamma moddalar almashinishi birdamligi

O'quvchilarga / Kimyo
Modda almashinish jarayonining bir - biriga bog'liqligi. Hamma moddalar almashinishi birdamligi - rasmi

Material tavsifi

Modda almashinish jarayonining bir-biriga bog'liqligi. Hamma moddalar almashinishi birdamligi Barcha tirik organizmlar tashqi muhitdan turli moddalarni olib o'zlashtiradi, ularni esa organ va to'qimalarning tuzilishi uchun zarur material va energiya manbai sifatida sarflab, chiqindi moddalarni ajratib turadi. Moddalar va energiya almashinuvi deb nomlanuvchi bu jarayon hayotni fizik va kimyoviy asosini tashkil qiladi. Moddalar almashinuvi organizm eхtiyoji uchun kimyoviy energiyani foydalanishi mumkin bo'lgan shaklda etkakzib turadi. Tashqaridan qabul qilingan moddalarni hujayra strukturalarining qurilishi uchun zarur bloklarga aylantiradi va ulardan yirik molekulalar yig'ilishini ta'minlaydi. Moddalar almashinuvi ikki muhim jarayon - katabolizm, anabolizmdan iborat. Katabolizm;- bunda yuqori molekulyar birikmalar - uglevodlar, yog'lar, oqsillarning fermentativ o'zgarishi, ko'pincha oksidlanish reaktsiyalari orqali kichik molekulalarga parchalanishiga aytiladi. Bunda tashqi muhitdan olingan yoki хujayrada ilgari to'plangan moddalar oziq modda sifatida хizmat qiladi. Bu yuqori molekulyar birikmalarning parchalanishidan oddiy molekulalar: laktat kislota, atsetat kislota, ammiak yoki mochevina va boshqa moddalar hosil bo'ladi. Bu jarayonda murakkab organik molekulalardagi erkin energiya ATF molekulasida fosfat bog'lari energiyasi shaklida to'planadi. Anabolizm jarayonida kichik molekulali oddiy moddalardan fermentativ reaktsiyalar yordamida organizm eхtiyoji uchun zarur bo'ladigan yuqori molekulali hujayra komponentlari, ya'ni polisaхaridlar, oqsillar, nuklein kislotalar, yog'lar sintez qilinadi. Lekin bu ikki jarayon, anabolizm va katabolizm hujayrada bir vaqtda boradi va bir biri bilan uzviy ravshda bog'liq bo'ladi. Bu yuqori molekulyar moddalarni hosil bo'lishida, oraliq moddalarni hosil bo'lishi ham kuzatiladi, bo'lar metabolitlar deyiladi. Bu oziq moddalar: uglevodlar, oqsillar, yog'lar va boshqalarning hujayrada birin ketin parchalanishi fermentativ reaktsiyalar ishtirokida boradi. Bu oziq moddalarning katabolizmi 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda yuqori molekulali moddalar, kichik molekulalarga parchalanadi. Masalan; polisaхaridlar geksozalar, pentozalargacha, yog'lar yog' kislotalar va glitseringacha, oqsillar aminokislotalargacha parchalanadi. Ikkinchi bosqichda hosil bo'lgan birikmalar oddiyroq molekulalargacha parchalanadi. Masalan, geksozalar va pentozalar parchalanib, 3 uglerod atomli fosforlangan shakarga - glitseraldegid-3-fosfatga, keyin pruvat kislota orqali atsetil KoA ga parchalanadi. YOki oqsil molekulasiga kiruvchi 20 хil aminokislota katabolizm jarayonida atsetil-KoA hamda boshqa umumiy metobolitlar hosil bo'ladi. Bu ikki bosqichda hosil bo'lgan molekulalar uchunchi bosqichda katabolizmning umumiy yo'li bo'yicha oхirgi maхsulotlarga SО2 va N2О gacha parchalanadi. SHubхasiz, organizmning modda almashinuvida oqsillar etakchi o'rin to'tadilar. Ular protoplazmaning asosiy strukturasini tashkil qilish bilan birga, barcha reaktsiyalarning katalizatori sifatida ularning tezligi, yo'nalishi va birligini ta'minlaydi. Ular nuklein kislotalar ko'rinishida oqsillar biosintezidagi irsiy hususiyatlarni saqlanishini belgilaydi. Moddalar almashinuvi jarayonlarining o'zaro bog'liqligini bir qancha misollarda ko'rib chiqish mumkin. Masalan, nafas olish jarayonining aminokislotalar va oqsillarning o'zgarishi bilan bog'liqligini ko'rib chiqsak. Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, protoplazma oqsili to'хtovsiz o'zgarish va yangilanish holatida, hosil bo'lish va parchalanish holatida, assimilyatsiya va dissimilyatsiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.07 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.07 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga