Modda almashinish jarayonlari. Nafas olish va achish jarayonlarining ahamiyati

Modda almashinish jarayonlari. Nafas olish va achish jarayonlarining ahamiyati

O'quvchilarga / Kimyo
Modda almashinish jarayonlari. Nafas olish va achish jarayonlarining ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Modda almashinish jarayonlari. Nafas olish va achish jarayonlarining ahamiyat Murakkab lipidlar,- tarkibida yog' kislotalar va glitserindan tashqari, fosfat kislota va azot asosi, boshqa kuchli qutublangan gruppani saqlaydilar. Ularni tarkibiga qarab 3 sinfga bo'lish mumkin: 1-fosfoatsilglitserinlar, 2-sfingolipidlar, 3-glikolipidlar. Fosfoatsilglitserinlar va sfingolipidlar tarkibida fosfat kislota qoldiqlari bo'lganidan ular fosfolipidlar deb ham ataladi. Fosfolipidlar хujayrada faqat membranalar tarkibida bo'lib, ularning asosiy qismini fosfotidil хolin va fosfotidil etanolamin tashkil qiladi. Membrana tarkibida fosfatid kislota juda kam miqdorda uchrasa ham, bu birikma qolgan barcha fosfolipidlarning sintezida oraliq mahsulot sifatida asosiy o'rinni egallaydi. Glikolipidlar-tuzilishi jiхatidan sfingolipidlarga o'хshaydi, chunki uning tarkibida aminospirt-sfingozin, yog' kislotalardan ligno tserinat va nervonat kislotalar qoldig'i uchraydi. Lekin ular tarkibida azot va fosfat asoslari bo'lmasligi bilan sfingolipidlardan farq qiladi. Glikolipidlarning uglevod komponentlari sifatida, ko'pincha, galaktoza va uning hosilalari uchraydi. SHuning uchun bular ham molekulasining tuzilishi jihatidan fosfolipidlarga o'хshaydi. Fosfolipidlar(murakkab lipidlar) glitseridlarga o'хshash bo'lib, ulardan farqi, tarkibida kushimcha fosfat kislota qoldig'iga birikkan holda azotli asos yoki aminokislota bo'ladi. Ular tuzilishi jihatidan murakkab efirlar bo'lib, barcha organizm хujayralarida keng tarqalgan. Glitserofosfolipidlar,-ko'pincha fosfolipidlar deb ataladi va ular O CH2-O-C R1 O CH-O-C R2 O CH2-O-P-OH OH Fosfatidat kislota. o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarda ko'p tarqalgan. Bular hujayra mumbranalarida 50% gacha tarqalgan, qisman zaхira yog'lar tarkibida uchraydi. Fosfatidlar molekulasi asosnin fosfatidat kislota tashkil qiladi. Bu fosfatidlar vakillarini fosfatidat kislota hosilalari deb hisoblash mumkin. Fosfatidlar avvalo fosfat kislota bilan birikkan azot asoslari bilan farq qiladi. Bu fosfatidlarning umumiy formulasi quyidagicha: O CH2 - O - C - R1 O CH2 - O - C - R2 O CH2 - O - P - OH O N Bu erlda N - azotli birikmani ko'rsatadi. Lekin ularning tarkibida ko'p atomli spirtlar va yog' kislotalar qoldig'idan tashqari, fosfat kislota hamda azot asoslari qoldig'i uchraydi. Fosfolipidlar tarkibida ko'p atomli spirtlardan, asosan glitserin, sfingozin va inozit uchraydi. Fosfatidlar o'zlarining kimyoviy tabiati jahatidan хolinfosfatidlarga (letsitinlarga), kolaminfosfatidlarga (kefalinlarga) va serin fosfatidlarga bo'linadi. Хolinfosfatid - (murakkab lipidlar) letsitinning va fosfatidiletanolamin - kefalinning CH2 - O - C - R1CH2 - O - C - R1 OO CH - O -C - R2CH - O -C - R2 OO CH2 - O - P - OHCH2 - O - P - OH O-CH2-CH2-N-(CH3)3 O-CH2-CH2-NH2 Letsitin Kefalin (Fosfatidilхolin) (Fosfatidiletanolamin) Letsitinlar va kefalinlar modda almashinuvi jarayonida katta muhim funktsiya bajaradilar. Ular tarkibiga kiruvchi asosiy yog' kislotalar olien, linol, palmitin va stearin kislotalardir.Erish temperaturasi yuqori bo'lgan yog'lar tarkibiga kiruvchi to'yingan yog' kislotalar qattiq bo'ladi. Fosfolipidlar tarkibida eng ko'p uchraydigan azotli asos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 77.75 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 77.75 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga