Modda tuzilishi fanini о'qitishdagi zamonaviy axborot texnologiyalar Reja: 1.Ta'limni isloh qilish va uni amalga oshirish. 2.Ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida kimyo ta'limining amalga oshirilish. 3. Modda tuzilishgi fanining ta'lim beruvchi funksiyasi. О'zbekiston Respublikasining «Ta'lim tо'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta'limning barcha bosqichlarida islohotlar о'tkazish vazifasi belgilandi. Isloh qilishning eng muhim tomonlaridan biri о'quv-tarbiya jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlashdir. Ta'limni isloh qilish va uni amalga oshirishdagi asosiy mas'uliyat professor-о'qituvchilar zimmasidadir. Shuning uchun yuqori malakali, xorijiy mamlakatlarning pedagoglari bilan raqobat qila oladigan va zamon talablariga javob beradigan g'oyaviy yetuk pedagog kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy omilkorliklarini shakllantirish ta'limni isloh qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mamlakatimiz kelajagi bо'lgan yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish kabi g'oyat ma'suliyatli ish о'qituvchiga yuklatilgan, yoshlar shaxsiyatini shakllantirish ham unga ishonib topshirilgan. Bunday vazifalarga loyiq bо'lish uchun о'qituvchi ham yuksak shaxsiyatga ega bо'lishi kerak. Shuning uchun kimyo fani о'qituvchisi о'z fani bо'yicha yetuk mutaxassis va yuksak pedagogik mahorat egasi bо'lishi kerak. Lekin boshqa kimyogar mutaxassislari kabi faqat kimyoviy bilimlar va malaka, kо'nikmalarga ega bо'lishning о'zi kimyo о'qituvchisi kasbini belgilab bera olmaydi. Kimyoni yaxshi bilgan holda yomon о'qituvchi bо'lishi mumkin. О'quvchilarga bilim berish va ularni tarbiyalash uchun о'qituvchi bolalarni, ayniqsa, ularning о'sish davridagi psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak, о'qitishning metodlarini egallashi zarur. О'qituvchi doimo о'z bilimini tо'ldirib borishi, о'qitishning yangi metodlarini izlashi, о'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishi lozim. О'qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlari, uning egallashi lozim bо'lgan bilim va kо'nikmalar kimyo о'qituvchisi tayyorlash ta'lim standartlarida berilgan bо'lib, pedagogika universiteti va institutlari bitiruvchilari va amalda faoliyat kо'rsatayotgan о'qituvchi kadrlar ularga erishish uchun tinmay ijodiy izlanishda bо'lishi kerak. Zamonaviy kimyo о'qituvchisi quyidagilarni bilishi kerak: a) kimyo о'qitish jarayonida uning ta'lim berish va tarbiyalash hamda о'quvchilarni rivojlantirish maqsadini; b) ta'lim muassasalarining DTS, о'quv rejasi, о'quv dasturlari, darsliklari va о'quv-metodik qо'llanmalarini; v) KО'Mning nazariy asoslari, jumladan, о'qitish metodlari, о'qitish natijalarini nazorat qilish, kimyo kabinetining о'quv jihozlari, laboratoriyada ishlashning xavfsizlik qoidalari, kimyoviy eksperiment texnikasi va metodikasi, kimyoviy reaktivlarning xossalari va ularni saqlash qoidalari, о'qitishning texnik vositalari va ulardan foydalanish usullarini; g) pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini; d) mashq, masala va test topshiriqlarini yechish malakasiga ega bо'lishi. О'qituvchining shaxsiy fazilatlari ham uning о'z kasbiy vazifasini ado etishida muhim о'rin tutadi. Uning ijodkorligi, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi, yangilikka intiluvchanligi va ijtimoiy hayot bilan hamqadamligi о'z ishini yaxshi bajarishiga katta yordam beradi. Undan ilmiy tadqiqotchilik malakasiga ega bо'lish ham talab etiladi. Bu kо'nikma va malakalar ularning talabalik davrida pedagogik amaliyot vaqtida shakllantiriladi. Ular referat, kurs ishlari va bitiruv ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.89 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.89 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:58 ]
Arxiv ichida: doc