Moddalardagi kimyoviy bog'lanishlarning turlari

Moddalardagi kimyoviy bog'lanishlarning turlari

O'quvchilarga / Kimyo
Moddalardagi kimyoviy bog'lanishlarning turlari - rasmi

Material tavsifi

Moddalardagi kimyoviy bog'lanishlarning turlari Reja Kimyoviy bog'lanishning umumiy tavsifi. Elektrmanfiylik. Kimyoviy bog'lanish turlari. Kimyoviy bog'lanishning xususiyatlari. Tayanch iboralar va tushunchalar: Bog'lanish energiyasi, ion bog'lanish, ionli birikmalar, kovalent bog'lanish, qutbsiz kovalent bog'lanish, qutbli kovalent bog'lanish, dipol sistema, sig'ma bog'lanish, pi bog'lanish, donor - aktseptor bog'lanish, donor, aktseptor, dativ bog'lanish, vodorod bog'lanish. 1. KIMYOVIY BOG'LANISHNING UMUMIY TAVSIFI. Kimyoviy bog'lanish haqidagi ta'limot - hozirgi kimyoning asosiy masalasidir. Bu ma'lumotni bilmay turib kimyoviy birikmalarning turli - tumanlik sabablarini, ularning hosil bo'lish mexanizmini, tuzilishini va reaksiyaga kirisha olish xususiyatlarini tushunib bo'lmaydi. Kimyoviy bog'lanishning kelib chiqish sababi shundaki, atom yoki ionlar bir-biri bilan birikkanda ularning umumiy energiya zahirasi ular ayrim - arim holda bo'lgandagiga qaraganda kichikroq qiymatga ega bo'ladi va sistema nisbatan barqaror holatni egallaydi. Agar biror sistema bir holatdan ikkinchi holatga o'tganda uning energiya tutumi kamaysa, bu hodisa «sistema energetik manfaatga ega bo'ldi» degan ibora bilan tavsiflanadi. Atomlar o'zaro ta'sirlashishi natijasida uch xil zarrachalar (molekulalar, ionlar va erkin radikallar) hosil bo'lishi mumkin. molekulalar bir-biridan atomlarning soni, molekula tarkibidagi atomlarning markazlararo masofalari, bog'lanish energiyasi bilan farq qiladi. Chunonchi, bir tomli va ko'p atomli molekulalar bo'ladi. Nodir gazlarning molekulalari odatdagi sharoitda bir atomli bo'lsa, polimer moddalarning molekulalarini juda ko'p atomlar tashkil qiladi. Kimyoviy bog'lanishni o'zish uchun zarur bo'lgan energiya miqdori bog'lanish energiyasi deb ataladi. Har bir bog' uchun to'g'ri keladigan bog'lanish energiyasi qiymati 200 - 100 kJ ּ mol -1 oraligida bo'ladi. Masalan, CH2F da C - F bog'lanish energiyasi 487 kJ . mol-1 ga teng. atom yoki molekulalarning elektron berishi yoki qabul qilib olishi natijasida hosil bo'ladigan zarrachalar ionlar deb ataladi. Ionlar musbat yoki manfiy zaryadli bo'ladi. Modda tarkibida musbat ionlar manfiy ionlar bilan bog'langan. Toyinmagan valentlikka ega zarrachalar erkin radikallar deb ataladi. Masalan, CN - , NO - , CH3 - va NH2 - lar erkin radikallardir. Odatdagi sharoitda erkin radikallar uzoq vaqt mavjud bo'la olmaydi. Lekin kimyoviy jarayonlarning borishi uchun erkin radikallar juda muhim rol oynaydi. Hozirgi vaqtda bir necha barqaror radikallar topilgan. Yana shuni ham aytish kerakki, kimyoviy bog'lanish jarayonida o'zaro birikuvchi zarrachalar orasida albatta ikkita kuch ta'sir etadi, ulardan biri zarrachalarning o'zaro tortilish (Yet ) kuchi bo'lsa, ikkinchisi - ularning bir-biridan itarishish (Yeu ) kuchidir (VI.I - rasm) VI.I - rasm. Ikki atomdan iborat ionli molekuladagi tortishish (Yet), itarishish (Eu) va molekulaning potentsial energiyalari (Yen) ning atomlararo masofaga qarab o'zgarishi. Ionlanish jarayonini quyidagi tenglama shaklida ifodalash mumkin: E0 + = E+ + ye - Bu tenglamadagi - atomning elektron berish qobiliyatini miqdoriy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.77 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.77 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga