Moddalarning gaz holati

Moddalarning gaz holati

O'quvchilarga / Kimyo
Moddalarning gaz holati - rasmi

Material tavsifi

Moddalarning gaz holati Mexanika, materiya, ideal, sharsimon, ilgarilanma, atmosfera, effuziometriya. XVII va XIX asrlarda mexanikaning kuchli taraqqiy qilishi natijasida uning qonunlari asosida materiyaning va shu jumladan, gazlarning fizikaviy xossalarini tushuntirish imkoniyati tug'ildi. Ideal gaz qonunlarini oddiy mexanika asosida tushuntirish natijasida gazlarning kinetik nazariyasi vujudga keldi. Bu nazariyaning asoslarini Bernulli (1738) va Lomonosov (1746) yaratdilar. Klauzius, Maksvell va Kelvinning tadqiqotlari uni mukammal holatga keltirdi. Oddiy mexanika asosida gazlar kinetik nazariyasining asosiy tenglamasini chiqarish uchun quyidagicha faraz qilish kerak. 1. Har qanday gaz bir-biriga o'xshash, mutlaq elastik va bir-biridan o'z diametriga nisbatan juda katta oraliqda turuvchi sharsimon molekulalardan iborat. 2. Molekulalar o'zaro ta'sir etmaydi, shuning uchun molekulalarning idish devorlari bilan yoki uchrashguncha bosib o'tgan yo'llari to'g'ri chiziqdan iborat. 3. Molekulalar doimo betartib va to'xtovsiz ilgarilanma harakatda bo'ladi. 4. O'zaro va idish devorlariga urilish natijasida molekulalarning tezligi, yo'nalishi va miqdori o'zgarib turadi, ammo ayni gaz uchun umumiy kinetik energiya hamda harakat miqdori o'zgarmaydi. Shuning uchun molekulalarning hajmi hisobga olinmaydi. Gaz molekulalari, umuman aytganda har xil tezlik bilan harakat qiladi. Lekin har bir haroratda gaz molekulalari ma'lum o'rtacha arifmetik tezlikka ega bo'ladi, bu o'rtacha arifmetik tezlik quyidagi formula bilan ifodalanadi. U - o'rtacha arifrmetik tezlik U1, U2, U3 … Un - har qaysi molekulaning tezligi. n - molekulalar soni. Har qanday gazning bosimi, hajmi, harorati bo'ladi. Gazning holatini ifodalovchi bu uch kattalik o'rtasidagi munosabatlar birin - ketin XVII, XVII va XIX asrlarda aniqlangan. I - Boyl-Mariott qonuniga muvofiq, o'zgarmas haroratda ma'lum gaz massasaning hajmi uning bosimiga teskari proporsional bo'ladi. Boyl-Mariott qonuni quyidagicha ifodalanadi. yoki P0V0 = P1V1 yoki PV = const Har qanday bosim va har qanday haroratda Boyl-Mariott qonuniga bo'ysunadigan gaz ideal gaz deyiladi. II - Sharl-Gey Lyussak qonuniga muvofiq o'zgarmas bosimda olingan ma'lum miqdordagi gaz 10C qizdirilsa, uning hajmi 0 gradusdagi hajmning 1273,2 qismiga qadar ortadi. Hajm bilan ko'rsatsak, Bosim bilan ko'rsatsak, Real gazlar Gey Lyussak qonuniga ham to'la bo'ysunmaydi. Real gazlar sovitilganda, ko'pincha suyuqlikka aylanadi. Masalan 0 gradus haroratda gazning bosimi P0, hajmi V0 bo'lsin. Bosimni o'zgartirmay, haroratni t0 ga oshirsak gazning hajmi Sharl-Gey Lyussak qonuniga binoan ga teng bo'ladi. Endi haroratni o'zgartirmay, bosimni P0 dan P ga o'zgartiramiz. Bunda gazning hajmi o'zgarib V bo'lib qoladi. Demak, Boyl-Mariott qonuniga muvofiq. yoki yoki Bu Klapeyron tenglamasi deb ataladi. Odatda 1 gr molekula gaz uchun yozilgan P0V0273,2 qiymat R bilan ifodalanadi R - gazlarning universal konstantasi. Bu holda yuqoridagi tenglama PV = RT shaklida yoziladi. Bu tenglama Mendeleyev Klapeyron tenglamasi yoki ideal gazning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.72 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.72 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga