Moddalarning suyuq holati

Moddalarning suyuq holati

O'quvchilarga / Kimyo
Moddalarning suyuq holati - rasmi

Material tavsifi

Moddalarning suyuq holati Kristall, amorf, geometrik qovushqoqlik, oquchanlik, kapillyar, elektron gaz. Moddalarning suyuq holati o'z tabiatiga ko'ra, gaz holat bilan qattiq holat o'rtasidagi oraliq o'rinni egallaydi. Suyuqliklarning ba'zi xossalari gazlarnikiga ba'zi xossalari qattiq jismlarnikiga o'xshash bo'ladi. Suyuqliklarning hajmi, massasi (molyar hajmi), solishtirma og'irligi bo'ladi. M - molekulyar massasi d - solishtirma og'irligi V -molyar hajmi. Suyuqliklarning eng muhim xususiyati ularning qovushqoqligi va oquvchanligidir. Suyuqlikning bir qism harakatiga uning ikkinchi qismi ko'rsatadigan qarshilik suyuqlikning qovushqoqligi yoki ichki ishqalanish deb ataladi. Masalan, glitserin, qiyom kabi suyuqliklar qovushqoq suyuqliklar. Efir, suv kabi suyuqliklarning qovushqoqligi kichik bo'ladi. Suyuqlikning qovushqoqligini topish uchun ma'lum hajmdagi oqib chiqish vaqti o'lchanadi. Agar kapillyar radiusi r, uzunligi l, bosimi bo'lsa, kapillyardan t sekundda oqib chiqqan suyuqlik hajmi. Qovushqoqlikka teskari qiymat 1η suyuqlikning oquvchanligi deyiladi. Moddalarning qattiq holati Qattiq jismlar ikki holatda bo'ladi: kristall va amorf holatda. Amorf modda aniq bir haroratda suyuqlanmaydi. U qizdirganda asta-sekin yumshaydi va qattiq holatdan suyuq holatga o'tadi. Modda kristallik holatini asosiy belgisi 2 ta: 1) Kristall o'ziga xos aniq geometrik shaklga ega. 2) Kristall o'ziga xos aniq haroratda suyuq holatga o'tadi. Kristall strukturaga ega bo'lmagan qattiq moddalar amorf moddalar deyiladi. Kimyoviy elementlarning ko'pchiligini metallar tashkil etadi. Metallar bog'lanuvchanlik, yaltiroqlik, elektr toki va issiqlikni yaxshi o'tkazish kabi xususiyatlarga ega. Metallar elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Metallarning qarshiligi haroratga bog'liq bo'lib, harorat o'zgarishi bilan chiziqsimon o'zgaradi. Bu o'zgarish elektron harakatidan kelib chiqadi. Metall kristall panjarasida, panjara uchlarida metall ionlari bo'lib, butun hajm bo'yicha atomdan ajralgan elektronlar harakat qilib yuradi. Metall kristallarini tashkil etuvchi zarralar asosan musbat ionlar bo'lib, ular bir-biri bilan o'z elektronlari orqali bo'glanadi, natijada metallarda elektron gazlar vujudga keladi. Elektronlarning yengil harakatchanligi metallarning ko'p xususiyatlarini belgilaydi. Metallarda elektr toki elektron harakati (elektron gaz) tufayli o'tadi. Har qanday metall parchasiga qo'yilgan elektr maydoni yo'nalishiga qarab, odatda elektron oqimi vujudga keladi va bu oqim kristall yacheykalarning ma'lum bir o'qi bo'yicha bo'ladi. Ko'pgina metallar kub, geksogonal va hokazo shakldagi ancha zich va mustahkam kristallarni vujudga keltiradi. Metallarning kristallari, ya'ni metallarning kristall panjarasi neytral atomlardan tuzilmay, balki musbat zaryadli ionlardan tuziladi. Metallar asosan 3 xil panjarada kristallanadi: a) Be, Mg, Zn, Cd, Ti, Cr, Co va boshqa metallar zich geksagonal panjarada; b) Cu, Ag, Au, Al, γ-Fe, α-Co, Ni yoqlari markazlashgan kub shaklli panjarada, d) Na, α-Cr, α-Fe, Mo, W hajmiy markazlashgan shaklli panjarada kristallanadi. Bir nechta metall kristallari birlashib (ma'lum tarkibda), metall qotishmalarini vujudga keltiradi. Bunday birikmalar, qattiq eritmalar deb yuritiladi. Misollar: 1. 2 ta silindr olamiz. Ularning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.54 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.54 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga