Moddalarning xossalari, fizik va kimyoviy o'zgarishlar

Moddalarning xossalari, fizik va kimyoviy o'zgarishlar

O'quvchilarga / Kimyo
Moddalarning xossalari, fizik va kimyoviy o'zgarishlar - rasmi

Material tavsifi

Moddalarning xossalari fizik va kimyoviy o'zgarishlar 7-sinf Kimyo darsligi asosida 11-mavzu Reja: Moddalarning xossalari Fizik va kimyoviy o'zgarishlar Fizik hodisalarda modda yoki jismlarning alohida xossalari Yerning harakati, insonning harakatlanishi, muzning erishi, suvning qaynashi va bug'lanishi, gugurtning yonishi, qandning suvda erishi, metallning kislotada erishi - bular hodisalar. Muz qizdirilsa, suvga aylanadi. Suv qizdirilsa, bug'ga aylanadi. Bug' sovitilsa suvga, suv sovitilsa muzga aylanadi. 1 2 4 3 Muz, suv, bug' - bular har xil moddalar emas, balki bir modda - suvning turli agregat holatlaridir. Muz suv bug' Bu hodisalarda suvning agregat holati o'zgaradi, lekin suv modda sifatida o'zgarishga uchramaydi. Agar doskaga yozayotgan bo'r bo'lagi kukunga aylantirilsa, jism shakli o'zgaradi, lekin bo'r modda sifatida o'zgarmaydi. Bu ham yog'ochning sinishi yoki arralanishi kabi fizik hodisadir. Fizik hodisalarda modda yoki jismlarning alohida xossalari: moddaning agregat holati, shakli, hajmi, joylashish holati o'zgaradi. Qoshiqchada quruq qandni qizdiramiz. Qand - oq rangli, qattiq, hidsiz, shirin ta'mli modda. Dastlab qand suyuqlanadi. So'ngra rangini o'zgartiradi. Yoqimsiz ko'yindi hidi paydo bo'ladi. Qanddan qora rangli qoldiq - yangi modda hosil bo'ladi. Bu modda hidsiz, ta'msiz, qizdirilganda qandga o'xshab suyuqlanmaydigan ko'mirdir. Siz tabiatda yoki kundalik hayotingizda ko'rgan, ya'ni metallarning zanglashi, sutning achishi, qatiqning ivishi, bijg'ish jarayonlari ham kimyoviy hodisalardir. Bir moddaning boshqa modda yoki moddalarga aylanish hodisasi - kimyoviy o'zgarishlar yoki kimyoviy hodisa deb ataladi. Kimyoviy hodisalarni kimyoviy reaksiyalar deb ataymiz. Oltingugurt yonganda issiqlik, nur chiqadi va yoqimsiz hidli gaz - yangi modda hosil bo'ladi. Bular kimyoviy hodisalarga misol bo'ladi. Kimyoviy hodisalarni ko'pincha quyidagi o'zgarishlardan bilib olish mumkin. 1. Moddaning rangi, hidi o'zgarishi; 2. Suvda erimaydigan cho'kma hosil bo'lishi; 3. Gaz hosil bo'lishi; 4. Issiqlik chiqishi yoki yutilishi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.96 MB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.96 MB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga