Moddaning agregat holatlari. Gazlar Reja 1. Fizikaviy ximiyaning vazifalari 2. Fizikaviy ximiyaning tekshirish metodlari 3. Moddaning agregat holatlari. Gazlar 4. Moddalarning gaz holati 5. Mendeleev - klapeyron tenglamasi Fizikaviy ximiyaning vazifalari Fizikaviy ximiya moddalarning xossalarini, ularning tuzilishini va ximiyaviy reaksiyalarning borishini fizika vositalari yordamida tekshiradigan fan bo'lib, natijalarni, ko'pincha, matematik usulda ifodalaydi. M. V. Lomonosov moddalarning saqlanish qonunini kashf etgandan keyin ximiya faniga tarozida tortish usuli kiritildi va ximiya bilan fizika o'rtasida mustahkam aloqa bog'landi. Lomonosov 1752-1753 o'quv yilida Peterburg universitetida dunyoda birinchi bo'lib fizikaviy ximiya kursidan lektsiya o'qidi va laboratoriya tashkil qildi. U fizikaviy ximiyaning asosiy vazifalarini ko'rsatdi, gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi va eritmalar haqidagi ta'limotga asos soldi. Lomonosov birinchi bo'lib fizikaviy ximiyadan asar yozdi va uni «chin fizikaviy ximiya kursi» deb atadi. Bu asarda fizikaviy ximiyaga quyidagicha ta'rif'berdi: «Fizikaviy ximiya aralash (murakkab - avtor) jismlarda ximiya-viy operatsiyalar vaqtida bo'ladigan hodisalarni fizika qonun-qoidalari va tajribalari asosida izohlab beruvchi fandir». Lomonosovning fizikaviy ximiya sohasidagi ilmiy ishlari uning materialistik dunyoqarashidan kelib chiqadi; u Rossiyada ilmiy materializmga birinchi bo'lib asos soldi; u butun olam materiyadan iborat va materiya harakatsiz bo'lolmaydi, degan fikrni birinchi marta bayon etgan, fan bilan praktika va ishlab chiqarish o'rtasida uzviy bog'lanish borligini ta'kidlagan edi. N. N. Beketov 1860 yildan boshlab Harkov universitetida «Fizikaviy va ximiyaviy hodisalar o'rtasidagi munosabat» degan kursdan, 1865 yilda esa «Fizikaviy ximiya» kursidan lektsiya o'qidi.Moddalarning ximiyaviy tuzilishi haqidagi ta'limotni rivojlantirishda A. M. Butlerovning xizmati katta bo'ldi. U 1861 yilda organik moddalarning tuzilish nazariyasini yaratdi. Shu vaqtdan boshlab organyk ximiya muayyan nazariya asosida rivojlanib kelmokda. Fizikaviy ximiyani rivojlantirishda mashhur rus olimi D. I. Mendeleevning xizmati kattadir. U elementlarning davriy sistemasini tuzdi, eritmalar nazariyasini yaratdi, moddalar kritik temperaturaga ega ekanligini oldindan aytib berdi. Fizikaviy ximiya faqat XIX asr oxiridan boshlab mustaqil fan sifatida rivojlandi, chunki ana shu davrga kelib fan bilan ishlab chiqarish o'rtasida mustahkam aloqa bog'landi. V.Gibbs, V. Nernst va G. L. Gelmgolts XIX asrning oxirida termodinamika prinsiplarini ximiyaviy protsesslarga tatbik qil-dilar. 1885 yilda Vant-Goff eritmalarning osmotik nazariyasini, 1887 yilda Arrenius elektrolitik dissotsilanish nazariyasini kashf etdilar. Xuddi shu yili Ostvald bilan Vant-Goff nemis tilida «Fizikaviy ximiya» jurnalini chiqara boshladilar. Fizikaviy xtimiyani rivojlantirishga rus olimlaridan N. A. Menshutkin, V. F. Alekseev, V. F. Luginin, D. P. Konovalov, V. A. Qistyakovskiy, T. Ye. Lovits, G. I. Gess va boshqalar ham o'z hissalarini qo'shdilar. XX asrning boshlarida N. S. Kurnakov, I. A. Kablukov, V. A. Kistyakovskiy, N. A. Shilov va L. V. Pisarjevskiy asarlari fizikaviy ximiyaning ayrim sohalarini rivojlantirishda katta ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.35 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.35 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:58 ]
Arxiv ichida: doc