Molekulalarning o'lchami, nisbiy va absolut massasi

Molekulalarning o'lchami, nisbiy va absolut massasi

O'quvchilarga / Kimyo
Molekulalarning o'lchami, nisbiy va absolut massasi - rasmi

Material tavsifi

Mol va molar massa. Avogadro doimiysi 7-sinf Kimyo darsligi asosida 10-mavzu Molekulalarning o'lchami, nisbiy va absolut massasi. Reja: 2 3 4 Molekulalarning o'lchami 1 Nisbiy va absolut massa Avogadro doimiysi Mol va molar massa Molekulalarning hajmiy o'lchamlari ham atomlarniki kabi kichik bo'lib, ularning diametri 30Å (3 nm yoki 3·10-9m) gacha bo'ladi. Deyarli ko'pchilik molekulalar diametrlari 1-10Å oraliqda bo'ladi. Atomlar kabi ularning absolut massalari juda kichik sonlarda ifodalanadi. Masalan, suvning bitta molekulasi massasi 29,91·10-27 kg ni tashkil etadi va bu kabi kichik sonlar bilan hisoblashlar olib borishda o'ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. suvning molekulasi Moddaning nisbiy molekular massasi - modda molekulasi massasining uglerod-12 atomi massasining 112 qismiga nisbatan necha marta kattaligini ko'rsatuvchi qiymatdir. Nisbiy molekular massa molekulani tashkil etuvchi atomlarning nisbiy atom massalari yig'indisiga teng bo'ladi. Masalan, suvning nisbiy molekular massasi Mr (H2O)=2+16=18. Mol. Kimyoda massa, hajm, zichlik kabi kattaliklar qatorida modda miqdori ham qo'llaniladi. Modda miqdorining o'lchami - mol. Modda miqdori - moddaning mol o'lchovidagi miqdori. 1 mol - 0,012 kg ugleroddagi atomlar soniga teng zarralar (atom, molekula va boshqa zarralar) tutuvchi modda miqdori. Mol, ya'ni 0,012 kg uglerodda qancha atom borligini aniqlab olaylik. Buning uchun 0,012 kgni bitta uglerod atomi massasiga (19,93·10-27 kg) bo'lamiz. Har qanday 1 mol miqdordagi moddada 6,02·1023 ta zarra (atom, molekula va boshqa zarralar) bo'ladi. Bu son Avogadro doimiysi deyiladi va NA bilan belgilanadi. 1 mol suvda 6,02·1023 ta suv molekulasi, 1 mol kislorodda 6,02·1023 ta kislorod molekulasi bo'ladi. Moddaning ma'lum miqdoriga ma'lum massa mos keladi. Modda massasi kg (kilogramm) yoki g (gramm)larda, modda miqdori molda ifodalanadi. Moddaning molar massasi esa kgmol yoki gmolda ifodalanadi Modda molar massasining son qiymati uning nisbiy molekular massa siga (Mr) teng. 1 mol suv = 18 g Mr (H2O) = 18 Suv molekulasi Kislorodning molar massasi 0,032 kgmol yoki 32 gmol. Suvning molar massasi 0,018 kgmol yoki 18 gmol. Atom holidagi kislorod molar massasi 0,016 kgmol yoki 16 gmol. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:59 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga