Molekulalarning tuzilishi

Molekulalarning tuzilishi

O'quvchilarga / Kimyo
Molekulalarning tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Molekulalarning tuzilishi REJA: 1. Molekula tuzilishiga oid umumiy ma'lumotlar. 2. Kvant nazariyasi. 3. Kvant mexanika nazariyasi. 4. Shredinger tenglamalari. 5. Ossilyator va rotator sistemalari. Tayanch iboralar va tushunchalar Molekula, kvant, kvant nazariyasi, kvant mexanika nazariyasi, faza to'lqini, atom orbitali, bosh kvant son, magnit kvant son, spin kvant son, ossilyator, rotator. 1. MOLEKULA TUZILISHIGA OID UMUMIY MA'LUMOTLAR Atomlardan molekulalаrning hosil bo'lish masalasi, molekulalalarning tuzilishi va kimyoviy bog'lanish tabiati Fizik - kimyoviy jarayonlar termodinamikasidagi eng muhim muammolardan birini tashkil etadi. Atomning murakkab strukturasi aniqlangandan so'ng, valentlik tushunchasining ma'nosi ochilgandan keyin bu masalalarni yechish yuzasidagi ishlar ancha ilgarilab ketdi. XIX asrning boshlarida kimyoda elektroliz jarayonlarning o'rganish natijasida valentlik kuchlarining elektr tabiati to'g'risidagi tasavvurlar vujudga keldi. Katodda ajraladigan elementlar musbat zaryadga va musbat valentlikka, anodda ajraladigan elementlar esa manfiy zaryadga va manfiy valentlikka ega bo'lishi aniqlandi. Masalalarni bunday qo'yilishi organikaviy kimyoga to'g'ri kelmasligi ma'lum bo'ldi. Organikaviy birikmalar kimyosining asosi sifatida organik kimyoning asosiy elementlari, uglerod, kislorod, vodorod va boshqalarga xos doimiy valentlik tasavvurlari qo'yiladi. Bu holatni taraqqiy etdirib, Rossiya olimi A.M. Butlerov XIX asrning 60 - yillarida organikaviy birikmalarning tuzilishi to'g'risida o'zining struktura nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga muvofiq har qanday turdagi molekula muayyan turdagi bog'lanish orqali atomlardan tashkil topadi. Atomlarning fazoda turlicha joylashishi natijasida hosil bo'lgan molekulalar xossalari jihatidan bir - biridan farq qilishini aniqladi. Har qaysi organikaviy birikma uchun atomlar turi, soni va bir - biriga nisbatan joylashuvini tasvirlovchi yagona ratsional formulani keltirib chiqarishi mumkin. A.M. Butlerovning organikaviy birikmalarning tuzilish nazariyasi keyinchalik o'z taraqqiyoti natijasida organikaviy kimyoning butun asosini tashkil etdi. Lekin organikaviy birikmalardagi kimyoviy bog'lanish mohiyati faqat XX asrda tushuntirib berildi. XIX asrning oxiriga kelib ikki turdagi kimyoviy bog'lanish va ikki turdagi kimyoviy birikmalar mavjudligi aniqlandi. Birinchi turdagi molekulalarda atomlar har xil turdagi zaryadga ega bo'ladi, boshqa turdagi birikmalarda esa zaryad bo'lmaydi. Birinchi turdagi birikmalarga geteropolyar, ikkinchi turdagilariga - gomepolyar birikmalar deyiladi. Molekulalar tuzilishi to'g'risida ta'limot va kimyoviy bog'lanish tabiati XX asrda o'z taraqqiyotini davom ettirdi. Kimyoviy bog'ning vujudga kelishida bir atomdan ikkinchisiga elektron o'tishi yoki atomlar orasida elektronlar siljib elektron juftlab hosil qilishi ma'lum bo'ldi. Elektronlarning joy almashinuvi, u yoki bu kimyoviy bog'ning vujudga kelishi elektronga moillik kattaligi va atomlarning elektr manfiyligi nisbati bilan aniqlanadi. KVANT NAZARIYАSI 1900 yilda M. Plank o'zining kvant nazariyasini yaratib, unda nur energiyasi uzluksiz emas, balki ma'lum ulushdar bilan yutiladi va chiqariladi degan g'oyani ilgari suradi. Nurning yutiladigan eng kichik ulushi: E = hy (1.) bo'lib, bu miqdorgа kvant deyiladi. Yutilgan yoki chiqarilgan nur energiyasining umumiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.78 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.78 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga