Molekula ningn geometrik tuzilishi va uning simmetriya elementlari Reja 1.Molekulalardagi atomlarning joylashishi. 2.Molekulaning simmetriya elementlari. 3.Kristall moddalarning turli shakillari va ularning turlari. Molekulalardagi atomlarning joylashishi ma'lum simmetriyaga ega. Mazkur sistemaning simmetriya xilini bilish molekulaning fazoviy buzilishini, turli (optik, elektrik va boshqalar) xossalarini aniqlash, analiz qilish va oldindan aytib berish uchun xizmat qiladi. Simmetriya elementlarini aniqlash to'g'risidagi gap yuritilayotgan paytda molekularni nuqtaviy kattaliklarga ega bo'lgan sistema deb qaralishi mumkin. Simmetriya operatsiyasi deb, shunday matematik operatsiyaga aytiladiki, uni amalga oshirish natijasida molekulaning konfiguratsiyasi van a xususiyatlari o'zgaradi. Asosiy simmetrik operatsiyalariga aylantirish, aks ettirish kiradi. Simmetriya tekisligi deb, molekula bu ntekislikda aks ettirilganda uning holati o'zgarmay qoladigan tekislikka aytiladi. Masalan, suv molekulasi bitta simmetriya tekislikga ega. molekulasi esa bir -biriga perpendikulyar bo'lgan ikkita simmetriya tekisligiga ega. Simmetriya tekisligi b -orqali belgilanadi. Simmetriya elementining ikkinchi hili - aylanish o'qidir. Aylanishning simmetriya o'qi deb molekulani burchakda burganda u o'zini dastlabki holatiga qaytishini ta'mirlovchi chiziqqa aytiladi. Simmetriya o'qi har xil bo'ladi. O'qining har biriga molekulani 3600 ga aylantirganda u necha marta o'z dastalari holatiga ayniy holatga o'tishini ko'rsatadi. Suv molekulasi ikkinchi tartibli simmetriya o'qiga ega. Simmetriya o'qi C xarfi bilan ifodalanadi, indeks sifatida uning tartibi ko'rsatiladi. Cn - n - chi tartibli simmetriya o'qi. Suv uchun n-360180=2. ammiak molkulasi uchun n=3 ga teng: 360180=3 va h.k. NH3 molekulasida C3 dan tashqari yana 3 ta simmetriya tekisligi bo'lib, ular NH bog'lari va qarama - qarshi tomondagi katetning yarmi orqali o'tadi. Uchinchi xil simmetriya element -simmetriya markazidir. Material nuqtalar sistemasining simmetriya markazi deb barcha nuqtalarni aks ettirgan paytda sistemaning holati dastlabki holatga o'xshash bo'lishini ta'minlaydigan nuqtaga aytiladi. Trans -1,2 - dixloretilenning simmetriya markazi bor, dis 1,2 - dixloretilen esa simmetriya markaziga ega emas. Cimmetriya markazi i harfi bilan ko'rsatiladi. Molekulada bo'lishi mumkin bo'lgan simmetriya elementlaridan yana biri burib aks ettirish simmetriya elementidir. Buning uchun molekulani avval ma'lum burchagiga buramiz va so'ngi struktura elementlarini ma'lum tekislikda aks ettiramiz. Ichki aylanish molekulalar ichida ro'y beradigan hodisalardan bittasidir. Ichki aylanish deb molekulaning ayrim bo'laklarini ya'ni atomlar guruhlarini ichki kinetic energiya hisobiga guruhlarni o'zaro bog'lab turuvchi kimyoviy bog'lar (bular albatta b bog'lar bo'lishi kerak) atrofida bir -biriga nisbatan aylanishiga aytiladi. Aylanish davomida bu guruhlar ma'lum qiymatga ega bo'lgan potinsial to'sqinni yengib o'tish kerak. Agar potinsial to'sqining energiyasi 3 kk yaqin bo'lsa, aylanish ozod kechadi. Bunga etan molekulasidagi metal guruhlarining bir -biriga nisbatan aylanishi misol bo'ladi. Agar potinsial to'siqning qiymati uchtadan katta bo'lsa, aylanish tormozlangan bo'ladi. Buni 1,2 - dixloretan molekulasi misolida ko'rish ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.24 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.24 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: doc