Molekulyar-kinetik nazariyaning asoslari Reja: 1. Molekulyar-kinetik va termodinamik usul. 2. Sistema parametirlari. 3. Muvozanatli jarayonlar va ularni termodinamik diagrammada tasvirlash. 4. Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. 5. Molekulalarning o'rtacha kinetik energiyasi. 6. Energiyani erkinlik darajasi bo'yicha tekis taqsimlanishi. 1 Molekulyar fizika va termodinamika jismlardagi mikroskopik jarayonlarni ya'ni jismlar tarkibidagi ko'p miqdordagi atomlar va molekulalar bilan bog'liq bo'lgan hodisalarni o'rganadi. Bu jarayonlarni o'rganishda turli sifatli, lekin bir-birini o'zaro to'ldiradigan ikki usul qo'llaniladi. 1. Statistik (molekulyar-kinetik) usul. 2. Тermodinamik usul. Modda tuzilishini va uni xossalarini molekulyar-kinetik tasavvurlar asosida, ya'ni molekulalar hamma vaqt betartib harakat holatida bo'lishlari va molekulalar orasida o'zaro ta'sir kuchlari mavjudligi asosida tushuntiruvchi fizikaning bo'limiga molekulyar fizika deyiladi. 2 Тizimni tashkil etuvchi juda ko'p sonli zarralarning ularning dinamik nuqtai nazardan xarakterlovchi fizik kattaliklar yordamida tizim hususiyatlarini o'rganish usuli statistik yoki molekulyar kinetik usuldir. Тizimning fizik hususiyatlarini termodinamik usul bilan o'rganadigan fizikaning bo'limi termodinamika deb ataladi. Energiyani bir- turdan bosha turga o'tishi va energiya hisobiga ish bajarish bilan bog'liq bo'lgan texnik muammolarning juda katta qismi termodinamik nuqtai nazardan tekshirib hal qilinishi mumkin. Muvozanatli jarayonlar va ularni termodinamik diagrammada tasvirlash. Har qanday bir jinsli jismning holatini xarakterlovchi parametrlar ma'lum qonuniyat bo'yicha o'zaro bog'langan bo'ladi. Ulardan birining o'zgarishi boshqa parametirlarni o'zgarishga olib keladi. Masalan aniq massaga ega bo'lgan gazning muvozanatli holati P bosim, V xajm, T haroratdan iborat parametrlar orqali to'la ravishda ifodalanadi. Yuqorida qayd qilingan parametrlardan bittasi o'zgarmas bo'lganda qolgan ikkitasi orasidagi bog'lanishni ifodalaydigan jarayonlar izojarayonlar (izo-teng, bir hil) deyiladi. 3 Bular quyidagi qonunlarda o'z aksini topgan. 1. Boyl- Mariott qonuni. Harorat o'zgarmaganda berilgan gaz massasi uchun gazning bosimi uning xajmiga teskari proporsional ravishda o'zgaradi, ya'ni Т=const, m= const bo'lsa PV= const (1) Bu izotermik jarayon bo'lib, uni diagrammada (1-rasm) egri chiziq (giperbola) bilan tasvirlash mumkin. Bu egri chiziq izoterma deb ataladi. 4 V P Izoterma 0 1-rasm 2. Gey-Lyussak qonuni. 1). Bosim o'zgarmas bo'lganda berilgan gaz massasining xajmi haroratiga qarab chiziqli ravishda o'zgaradi, ya'ni, m= const, P= const bo'lsa V= V0(l+ t) (2) Bunda yuz beradigan jarayon izobarik jarayon deb ataladi va diagrammada to'g'ri chiziq bilan tasvirlanadi (2-rasm). Bu to'g'ri chiziq izobara deb ataladi. 5 t0c V Izobara 0 2-rasm 3). Хajm o'zgarmas bo'lganda berilgan gaz massasining bosimi haroratga qarab chiziqli ravishda o'zgaradi, ya'ni m= const, V = const bo'lsa P= P0(l+ t) (3) Bunday holda yuz beradigan jarayon izoxorik jarayon deb ataladi va diagrammada to'g'ri chiziq bilan tasvirlanadi (3-rasm). Bu to'g'ri chiziq izoxora deb ataladi. 6 t0c P 0 izoxora 3-rasm ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
174.7 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
174.7 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: pptx