Molekulyar massani eritmaning osmotik bosimi orqali aniqlash Reja Polimer tarkibidagi funktsional gruppalarni aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish. Eritmalarning qovushoqlignini aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish. Yuqori molekulyar birikmalar hosil qilishning umumiy qoidalari. Polimerlanish jarayonlari. Polimerlarning suyultirilgan eritmalariosmotik bosimini o'lchash orqali o'rtacha soniy molekulyar massani aniqlash keng tarqalgan usullaridan biridir. Polimer eritmalari osmotik bosimning tenglamasi quyidagicha ifodalanadi: RT π RT π = -- C + bc2 yoki ―― = -― + bc M C M Bunda: π osmotik bosim; C kontsentratsiya; M erigan moddaning molekulyar massasi; R universal gaz doimiyligi; T absolyut temperatura; b erituvchining tabiatiga bog'liq bo'lgan doimiylik. Bu tenglama grafik usulda polimerning molekulyar massasini osonlikcha aniqlashga imkon beruvchi to'g'ri chiziq tenglamasidan iborat. Osmotik bosimni o'lchashning bunday usuli odatda dinamik muvozanat usuli deb ataladi. Boshqa bir usulda yarim o'tkazgich membrana orqali erituvchining eritmaga o'tishi bilan naylardagi suyuqlikning balandligi o'zgarishi kuzatiladi. Bu balandliklar orasidagi farqqa to'g'ri keluvchi gidrostatik bosim eritmaning osmotik bosimiga teng. Osmotik bosimni o'lchashning bu usuli s t a t i k m u v o z a n a t u s u l i deb ataladi. Osmometriyada ishlatiladigan membranalar to'la ma'nodagi yarim o'tkazgich membranalar emas. Ular faqat polimerlar makromolekulalarini o'tkazmay, erituvchini kerakli tezlikda o'tkazadi. Ammo bunday membranalarni tanlash nihoyatda qiyin. Polimerning membrana orqali diffuziyalanishi osmometriya usulini chegaralaydi. Bu usul qo'llanishi mumkin bo'lgan molekulyar massaning quyi chegarasi 30 00 atrofida bo'ladi. Shunday qilib, o'rtacha soniy molekulyar massani topishning osmometrik usuli 40 00 - 1 00 00 gacha intervalda qo'llanilishi mumkin. Molekulyar massani aniqlash usullaridan hozirgacha mavjud bo'lgan eng anig'i osmometrik uslubdir. Polimer tarkibidagi funktsional gruppalarni aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish. Agar chiziqsimon polimer zanjiri uchida miqdoriy ximiyaviy usullar yordamida aniqlanishi mumkin bo'lgan qoldiq funktsional gruppalar bo'lsa, ximiyaviy analiz ma'lumotlari asosida polimerning o'rtacha molekulyar massasini hisoblab chiqarish mumkin: ƶ M = -- n2 bunda: ƶ har makromolekuladagi qoldiq funktsional gruppalar soni; n 1 gramm namunadagi funktsional gruppalarning gmol (ekvivalent) miqdori. Bu usul yordamida molekulyar massasi 20 00 gacha bo'lgan polimerlarning molekulyar massasini aniqlash mumkin. Molekulyar massasi juda yuqori bo'lgan polimerlarda funktsional gruppalar kontsentratsiyasi shunchalik kichikki, uning miqdorini aniq o'lchab bo'lmaydi. Bundan qati nazar, bu usul polikondensatsiya reaksiyalari bilan olingan polimerlarning molekulyar massasini aniqlashda muhim rol oynaydi. Polikondensatsiya reaksiyalari bilan oligan polimerlar tarkibida ko'pincha kislota yoki ishqoriy xarakterli yoki reaktsion xususiyatga ega bo'lgan funktsional gruppalar bo'ladi. Misol tariqasida poliefirlarning qoldiq karboqsil gruppalarni yoki poliamidlarning so'nggi amin gruppalarni keltirish mumkin. Bunday gruppalar titrlash yo'li bilan oson aniqlanadi. Chiziqsimon kondensatsion ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.52 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.52 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: doc