Molekulyar optika fanining vazifalari, muhitlar va molekulalarning xossalari Reja: Molekulyar optik hodisalar. Molekulyar optikaning bosh masalasi Molekula o'lchami va formasi Chiziqli va nochiziqli molekulalar Xulosa Inson aql idrokini tanibdiki, tabiatni sir asrorlarini bilishga va uni o'rganishga qiziqadi. Shunday ekan molekula tuzilishini o'rganish zamonaviy tabiiy fanlar oldida turgan asosiy muammolardan bo'lib hisoblanadi. Molekula tuzilishini o'rganish orqali juda ko'pgina fizikaviy hamda ximiyaviy hodisalarni sababini tushunamiz. Yorug'lik bilan modda ta'sirlashuvi natijasida molekula xossalari keng ochiladi. Har qanday optik hodisa yorug'likni modda bilan ta'sirlashuvi natijasida namoyon bo'ladi. Masalan oddiygina yorug'likni sinish hodisasi ham molekula tuzilishini e'tiborga olish kerakekanligini talab qiladi. Molekulyar optika fizikaviy optikaning bir qismi bo'lib kristallar, suyuqliklar va eritmalar molekulalari tuzilishini o'rganadi desak, xato qilmaymiz. Bu fanda biz ko'proq dispersiya, molekulyar refraksiya, yorug'lik sochilishi, intensivlik, qutblanuvchanlik ya'ni molekulaning optikaviy xossalarini o'rganamiz. Molekula: Hozirgi zamon tushunchasida moddaning barcha ximiyaviy xossalarini o'zida jamlagan eng kichik zarrachadir. Molekula mustaqil bo'la olish xususiyatiga ega. U bir xil atomlardan masalan: О2 , N2, Н2, О3 fosfor Р4, oltingugurt S6 yoki turli atomlardan tashkil topishi mumkin. Masalan: СН4, SiН4, CеН4, C6Н6, C2H2 va hokazo. Eng sodda molekula bitta atomdan tashkil topgan, bular inert gazlardir. Fransuz fizigi J.Perren 1906 yilda Braun harakatini o'rganayotganda birinchi bo'lib molekulalarning mavjudligini eng ishonchli tarzda eksperimental isbot qilib berdi. Molekulalar muayyan o'lcham va shakl bilan harakterlanadi. Agar molekulyar og'irlik va ushbu modda zichligi ma'lum bo'lsa, uning molekulalari o'lchamini aniqlash mumkin. Buning uchun moddaning gram- molekulasi egalaydigan hajmni Avogadro soniga (6,021023) bulish lozim. Avogadro sonining o'zi mikrodunyoning ko'lami, molekulalarning o'lchamlari haqida tasavvur beradi. Masalan: 1 sm3 suvni olaylik uning massasi 1 g, u suvning 118 moliga teng. Demak: 1 sm3 suvda suv molekulasi bor ekan, bundan ko'rinadiki, bir molekula hajmi ga teng Molekulaning chiziqli o'lchami, ya'ni hajmning kub ildizidan chiqadigan kattaligi taxminan 310-10 m yoki 0,3 nm ga teng bo'ladi. Bu kattalik molekula diametri kattaligini beradi. Molekulalarning shakli atomlararo bog'lanish uzunligi hamda bog'lanishlar orasidagi burchak orqali aniqlanadi. Masalan suv molekulasida bog'lanishning uzunligi taxminan ni, ikkita bog'lanish orasidagi burchak ni tashkil qiladi. O'z navbatida bog'lanishlar uzunliklari va ular orasidagi burchaklar, atomlar elektron qobiqlarining tuzilishiga va ularning bir-biriga ta'siriga bog'liqdir. Molekulalarning tuzilishi rentgenografiya, elektronografiya va netronografiya, molekulyar spektroskopiya yordamida o'rganiladi. 1869 yilda Mendeelev elementlar davriy sistemasini yaratdi. Tarixan molekulaning tuzilishi haqida ko'p ma'lumot mavjud. Butlerovning ximiyaviy tuzilish nazariyasi katta ahamiyatga ega. Вu nazariyaning asosiy mohiyati quydagilardan iborat (1862). Atomlar molekulada qat'iy qonuniyatlar asosida joylashadi. Atomlar valentliklari asosida birlashadi. Molekuladagi nafaqat yonma-yon turgan atomlar bir-birovi bilan ta'sirlashadi, balki ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.74 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.74 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: doc