Molekulyar orbitallar metodi

Molekulyar orbitallar metodi

O'quvchilarga / Kimyo
Molekulyar orbitallar metodi - rasmi

Material tavsifi

Molekulyar orbitallar metodi reja: Turli AO larda bog'lovchi va ajratuvchi MO larning hosil bo'lishi. MO larning electron konfigurasiyasi. Bog' tartibi yoki bog'ning karaliligi. Atom tuzilishini aniqlash uchun Shredinger teglamasidan foydalanib atomdagi elektronlar harakat qiladigan sohaning shakli (AO) va elektron energiyasi topiladi. Molekulya orbitallar usuli (MOU) molekuladagi jami elektronlar harakat qiladigan soha molekulyar orbital-MO ning shakli va unga muvofiq keluvchi energiyani aniqlash imkonini beradi. Demak, MOU atom tuzilishini molekulaga tadbiq etadi. Atomda elektronlar bittagini yadroni qurshab olgan atom orbitallarda, molekuladagi elektronlar esa barcha yadrolarni yoki ularning bir qismini о'rab oluvchi MO larda harakatlanadi. MOning AO dan farqi, MO ikki va undan ortiq markazli. MOU ga binoan, molekuladagi barcha elektronlar hamma yadrolarga tegishlidir. MO va AOning о'xshashlik tomoni ham mavjud, MO larni valent elektronlar tо'ldirganda AO lardagidek energiya minimumi, Pauli prinsipi va Xund qoidalariga bо'ysunadi. MO lar AO larning qoplanishidan hosil bо'ladi. Qoplanish natijasida qanday shakildagi MO hosil bо'lganini aniqlash uchun molekulani tashkil qiluvchi atomlar elektron buluti (AO)larning turlicha qoplanishlari kо'rib chiqiladi. Va hosil bо'lgan MOlarning har qaysisini energiyasi alohida hisoblab topiladi. Ayni MO dagi elektronlar energiyasi deyiladi. MO - LKAO ga asoslanib, eng kam va eng kо'p energiyali MO lar aniqlangach, kam energiya tutuvchi Mo bog' hosil bо'lishiga yordam beradi,kо'p energiyali MO bog' hosil bо'lishiga hissa qо'shmaydi degan xulosaga kelinadi. Birinchisini bog'lovchi, ikkinchisini ajratuvchi MO deb atash qabul qilingan. 1s 1s Bog'lovchi MO 1s 1s Ajratuvchi MO Elektronlar bog'lovchi MO ni tо'ldirganda bog' hosil bо'ladi (bog'lovchi MO dagi elektronlar energiyasi ular alohida atomlarda bо'lgan paytdagiga nisbatan kichik), ajratuvchi MO da joylashganda esa bog' yuzaga kelmaydi. Chunki ajratuvchi MO dagi elektronlar energiyasidan katta. Goho molekulada shunday MO lar ham bо'lishi mumkinki, ulardagi elektronlar bog' hosil bо'lishiga ham bо'lmasligiga ham hissa qо'shmaydi, bu MO esa bog'lamaydigan elektronlar, ular joylashagan MO esa bog'lamaydigan MO deyiladi. VBN da alohida stukturalar energiyasini aniqlashdagidek MO lar energiyani topishda ham Shredinger tenglamasidan foydalaniladi. 2.15 -rasmda vodorod atomlarining 1s orbitallarining qoplanib, vodorod molekulasining MO larini hosil qilish kо'rsatilgan. Bog'lovchi MO hosil bо'lganda elektron bulutlar ikkita yadro о'rtasida yig'ilishi rasmdan kо'rinib turibdi. Yadrolarning elektron bulutlariga tortilishi kuchi yadrolar о'rtasidagi itarilishi kuchlariga nisbatan katta bо'lganligi uchun N2 hosil bо'ladi. Ajratuvchi MO hosil bо'lganda esa yadrolar о'rtasida bulut zichligi kam, shuning uchun yadrolarning elektron bulutlarga tortilish kuchi zaif, aksincha bu kuch yadrolarning itarilishi kuchi bilan bir yо'nalishda bо'lgani sababli molekula hosil bо'lmaydi. 2.15 - sxemadan yana shunday fikrga kelishi mumkin. Hosil bо'ladigan jami bog'lovchi va ajratuvchi MO lar soni ikkita qoplanayotgan AO ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.55 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.55 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga