Molekulyar spektroskopiya fani va uning rivojlanish tarixi. Energetik sathlar

Molekulyar spektroskopiya fani va uning rivojlanish tarixi. Energetik sathlar

O'quvchilarga / Kimyo
Molekulyar spektroskopiya fani va uning rivojlanish tarixi. Energetik sathlar - rasmi

Material tavsifi

Molekulyar spektroskopiya fani va uning rivojlanish tarixi. Energetik sathlar va ular orasidagi о'tish ehtimoliyati. Eynshteyn koeffisiyentlari Reja: Kirish Spektroskopiyaning rivojlanish tarixidagi birinchi va ikkinchi davrlar, spektroskopiyaning asosiy ifodalari. Energetik holatlar orasidagi о'tishlar haqida umumiy tushunchalar Eynshteyn koeffisiyetlari. Zarralarning uyg'ongan holatda yashash vaqti. Metastabil holat Xulosa Yorug'lik tо'lqini tarqalayotganda ikki muhit chegarasidan qaytish va sinish qonunlari bizlarga ma'lum. Shu bilan birga yorug'lik tо'lqini biror bir moddada tarqalayotganda yutilish bilan birga sochiladi ham. Bu hodisani biz kundalik hayotimizda har kuni kuzatamiz. Yorug'likning atmosferada sochilishi natijasida osmon kо'm-kо'k bо'lib kо'rinadi. Agar yorug'lik atmosferada sochilmaganda edi kunduz kuni ham biz quyosh va yulduzlarni qorong'i osmonda kuzatgan bо'lar edik. Umuman elektromagnit tо'lqinni (radiasiyaning) modda bilan ta'sirini о'rganadigan fan bu molekulyar spektroskopiyadir. Elektromagnit radiasiya bilan moddaning ta'siri natijasida yutilish va sochilish hodisalari vujudga keladi. Kuzatish obyekti sifatida har xil agregat holatdagi obyektlarni qо'llash mumkin. Spektroskopiyaning rivojlanish tarixi asosan ikki davrga bо'linadi. Birinchi davr 166 yili Nyuton tomonidan spektrning kashf etilishidan 1913 yilgacha. Nyuton, Lomonosov va boshqalar faqatgina tutash spektrlarni kuzatgan. 177 yilga kelib Sheyel tomonidan infraqizil nurlar, 1801 yilda Ritter tomonidan ultrabinafsha nurlar kashf etildi. Chiziqli spektrlarni birinchi bо'lib 1814 yilda Fraungofer ochdi. 1859 yilda Kirxgof jismlarni nur chiqarishi va nur yutishlari orasidagi bog'lanishni topib spekroskopiyaning asosiy qonunlaridan birini yaratdi. Keyinchalik spektral analiz metodini yaratdilar. Spektral analiz metodi yordamida osmon jismlarining tarkibi birinchi bо'lib aniqlandi. Kо'plab yangi elementlar topildi. Kо'p elementlarning spektral chiziqlarining tablisalari tuzildi va undan keyingi yarim asr davomida spektroskopiya texnikasi rivojlandi. Vodorod va ishqoriy metallar spektridan seriyalar topildi. 1885 yilda Balmer vodorodning kо'zga kо'rinuvchi yaqin ultrabinafsha oblastidagi 13 ta spektral chiziqni ma'lum bir qonuniyat bilan joylashishini va chiziqlar tо'lqin uzunligi yagona formula bilan aniqlanishini kо'rsatdi. - doimiy son, n =3, 4, boshlab qiymat qabul qilindi. Ridberg birinchi bо'lib ishqoriy metallarning asosiy spektral seriyalarini berdi. U birinchi bо'lib spektral chiziqlarning tо'lqin sonlarini ikkita termlar ayirmasidan iborat ekanligini aniqladi. 1908 yilda Rits spektrning vujudga kelishi tо'g'risidagi kombinasion prinsipni yaratdi. Lekin uning fizik ma'nosini keyinchalik Bor bergan. 1896 yilda elektron ochildi. Vujudga keluvchi spektrlarning shu elektron harakati bilan bog'liqligi yaratildi. 1900 yilda Plank nurlanishning kvant nazariyasini ilgari surdi. 1905 yilda Eynshteyn foton tushunchasini kiritib, Plank nazariyasini rivojlantirdi. 1869 yilda Mendeleyev davriy sistemasini yaratdi. 1896 yilda Bekkerel tomonidan radioaktivlik topildi va nihoyat 1911 yilda Rezerford tomonidan atomning planetar modeli topildi. Bor atom spektrlaridagi qonunlarni kombinasion prinsipni tushuntirib berishga muvaffaq bо'ldi. Doiraviy orbitalarning kvantlanganligi tо'g'risidagi postulatlari kiritildi. Vodorod atomining elektroni doiraviy orbitada haraktlanayotganda uning mexanik harakat miqdorining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 106.37 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 106.37 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga