Mol - mulkni ishonchli boshqarish Reja: Mol-mulkni ishonchli boshqarishning umumiy qoidalari. Mol-mulkni ishonchli boshqarishning mazmuni. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvchining javobgarligi. Mol-mulkni ishonchli boshqarish sharnomasi O'zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligida yangi tashkil topgan institutlardan biri bo'lib hisoblanadi, u amaldagi fuqarolik kodeksining 849-861-moddalarida o'z aksini topgan. Bizga malumki, bu turdagi yangi institutlar fukrolik huquqi qonunchiligida mukaddam yoritilmaganligi va hozirgi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tish davrida yangi mulkiy munosabatlarining vujudga kelishi oqibatida ushbu institutni amaliyotga keng tadbiq qilish fuqarolik huquqining muhim vaziflaridan biri bo'lib hisoblanadi, chunki bu institut bizga qadar ingliz-amerika huquq tizimida trasping nomi bilan keng tarkalgan huquq institutlaridan sanalib kelgan. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bo'yicha bir taraf, yani (boshqaruvning muassisi) ikkinchi tarafga - ishonchli boshqaruvchiga mol-mulkni muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiriladi, ikkinchi taraf esa ushbu mol-mulkni boshqaruvni muassis yoki u kursatgan shaxs (foyda oluvchi) manfaatlarini kuzlab boshqarish majburiyatini oladi. Ammo mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruviga utishiga olib kelmaydi. Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarar ekan, ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofik, ushbu mol-mulkka nisbatan foyda oluvchining manfaatlarini kuzlagan holda, xar qanday yuridik va amaliy harakatlarni qilishga xakli (FKning 849-moddasi). Mol-mulkn ishonchli boshqarish quyidagi asoslarda vujudga keladi (joriy etiladi): - muassis bilan ishonchli boshqaruvchi o'rtasida tuziladigan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi; - vasiyatning ijrochisi (ishonchli boshqaruvchi) tayinlangan vasiyatnoma; - sud karori; - vasiylik va xomiylik organi vasiylikka olingan shaxs mol-mulki ustida vasiylik belgilash to'g'risidagi karori; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa yuridik faktlar (FKning 850-moddasi). Mol-mulkni ishonchli boshqarish obyekti va subyektlariga tuxtaladigan bulsak, FKning 851-moddasi: Mol-mulkni ishonchli boshqarish obyekti. Ishonchli boshqarish obyektlari korxonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, kuchmas mulkka mansub bo'lgan alohida obyektlar, kimmatli qog'ozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat bo'lishi mumkin. qonunda kuzda tutilgan xollarni istisno etganda, pul ishonchli boshqarishning mustaqil obyekti bula olmaydi. xo'jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvda bo'lgan mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilishi mumkin emas. xo'jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvda bo'lgan mol-mulk uni xo'jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvda saklab turgan yuridik shaxs tugatilganidan yoki mol-mulkka xo'jalik boshqaruvi yoki operativ boshqaruv huquqi bekor kilinganidan hamda u qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra mulkdorning ixtiyoriga utganidan keyingina ishonchli boshqaruvga topshirilishi mumkin. Amaliyotda mol-mulkni ishonchli boshqarish, asosan ikki xildagi obyektlar - kuchar va kuchmas mulklarga nisbatan joriy kilinadi. Ishonchli boshqaruvga berilayotgan obyektlar ichida mulkiy majmualar nisbatan amaliyotda uchraydi. Malumki, boshqa obyektlarga nisbatan ushbu obyektlar mol-mulkni ishonchli boshqaruviga kuprok foyda olish imkoniyatini beradi. Mol-mulkni ishonchli boshqaruv obyekti bo'lib fakatgina ashyolar emas, balki alohida (mutlok) huquqlar xam bo'lishi mumkin. Bunday alohida huquqlar katoriga intellektual mulk obyektlariga ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:58 ]
Arxiv ichida: doc