Monomerlarni umumiy tavsiflari Monomerlarni shartli ravishda 2 guruhga bо'lish mumkin: polikondensatsiyalanadigan va polimerizatsiyalanadiganlar. Bunda nafaqat qо'llaniladigan monomerlar, Yana ularni ishtirokida ketadigan jarayonlar ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Polikondensatsiyalanib polimerlar hosil qiladigan monomerlarni kamida 2 xil о'zaro ta'sirlasha oladigan funksional guruhlari bо'lishi kerak. Geteropolikondensatsiyada va bosqichli polimerizatsiyada qо'llaniladiganlarda esa bir-biridan farqli funksional guruhlar 2 ta har xil monomer molekulalarining tarkibiga kirishi mumkin. Masalan, polimamidlarni sintezida diaminlardan (masalan, geksametilendiamin) va dikarbon yoki aminokarbon kislotalardan, adipin diollardan va dikarbon kislotalardan (masalan, etilenglikol va tereftal kislotasi), poliuretanlarni sintezida esa diazotsianatlardan va diollardan (masalan, geksametilendiizotsianat va butandiol-1,4) foydalaniladi. Ba'zi hollarda monomerlarni polikondesatsiyalanishini birinchi bosqichi siklik birikmalar hosil bо'lishi bilan tugashi mumkin. Bunda reaksiyaning borishini monomerlarni tuzilishi belgilaydi: agarda funksional guruhlar nisbatan kichik uglerod zanjiri (3-4 atomlar) bilan ajralgan bо'lsa siklni shosil bо'lishi oson ketadi. Funksional guruhlar orasidagi masofa kattalashganda esa siklni yuzaga kelish ehtimolligi kamayadi. Masalan, γ- yoki δ-amino- va oksikislota, ε-amino- va oksikislotalar faqat polikondensatsiyalanadi. Monomerlarni molekulasiga о'rinbosarlar (masalan, alifatik radikal) kiritilgada esa siklni hosil bо'lishi ehtimolligi oshadi. Molekulasida kremniy, alyuminiy, titan yoki qalay atomlari ushlagan monomerlar (masalan, alkil- va arilxlorsilanlar, ortotitan kislotani efirlari va boshqa bir qator birikmalar) ham, asosan, polikondensatsiyalanadi va natijada elementorganik polimerlar olinadi. Polimerlarni olishni ikkinchi turi - polimerizatsiya reaksiyalarida monomer sifatida har xil geterotsiklik birikmalarni: etilen oksidni, etilenimin va uni hosilalarini, bir qator siklik efirlar - laktonlari (masalan, δ-valerolakton) va amid - laktamlarni (masalan, ε-kaprolaktam) ham qо'llash mumkin. Bunday monomerlarni molekulalarida kuchlanishni va xalqa a'zolarini soni kо'payishi bilan ularni polimerizatsiyalanishga moyilligi oshadi. Keyingi yillarda kuchlanishga ega bо'lmagan ba'zi 5 va 6 a'zoli geterohalqalarni (masalan, pirrolidon va piperidonni) anion mexanizm bilan (ushbu laktamlarni kaliyli tuzlari, KOH yoki N-atsilhosilalar ishtirokida) polimerizatsiyalanishi aniqlangan. Zanjirli mexanizm bilan boradigan polimerizatsiya reaksiyalarida foydalaniladigan monomerlar molekulasida qо'shbog'i bо'lgan tо'yinmagan birikmalardir. Bunda qо'shbog' uglerod atomi Bilan kislorod, azot va boshqa atomlar orasida (masalan, formaldegid va formaloksim) bо'lishi ham mumkin. Ushbu xil monomerlar polimerizatsiyalanganda geterozanjirli polimerlar hosil bо'ladi. Lekin monomerlar ichida eng kо'p qо'llaniladiganlari va ahamiyatlilari molekulasida uglerod-uglerod atomlari orasida qо'shbog' ushlagan va tо'g'ri chiziqli tuzilishga ega bо'lganlaridir. Bunday birikmalardan karbozanjirli polimerlar olinadi. Ushbu darslik, asosan, aynan shunday turdagi monomerlarga bag'ishlanganligidan ular tо'g'risidagi ma'lumotlar batafsilroq tahlil qilinadi. Monomerlarni ayrim о'ziga xos tomonlarini, ayniqsa, qо'shbog'li tо'yinmagan uglevodorodlar misolida kо'rib chiqish о'rinlidir. Ularni bunday atalishiga sabab, vodorodni oson biriktirib «tо'yinishidir». Agarda tо'yimagan ulgevodorodlarning molekulasida qо'shbog' (etilen bog'i) bо'lsa, ya'ni guruhi ushlaganlariga etilen uglevodorodlar yoki olefinlar, ga kumullashgan qо'shbog'li diyenlar (masalan, SH2qCqCH2, allen), larga esa tutash yoki konyugirlangan qо'shbog'li diyenlar, qо'shbog'lar ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.13 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.13 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: doc