Monosaxaridlar va hosilalarining YaMR va mass-spektrlari Monosaxaridlar va hosilalarining konfiguratsiyasi, konformatsiyasini o'rganishda fizikaviy uslublarning ichida YaMR spektroskopiya ma'lumotlarining aniqligi va to'laligi bilan alohida o'rin egallaydi. Monosaxaridlarning tuzilishi va stereokimyosi haqidagi ma'lumotlarni YaMR spektrlardan olish uchun spektrdagi signallarning intensivligi, uning hosil bo'lish sohasi, yani kimyoviy siljish qiymati va spin-spinlarning ta'sir konstantasini analiz qilish kerak. Umuman zamonaviy YaMR spektrometr yordamida uglevod molekulasidagi hamma vodorod atomlarining signal hosil qilish sohasi hamda ularni fazoda bir-biriga nisbatan joylashishini bilish mumkin. Monosaxaridlarning YaMR spektrini olishdagi qiyinchiliklardan biri ularning organik erituvchilarda kam erishidir. Shuning uchun, ko'p hollarda ularning organik erituvchilarda yaxshi eriydigan hosilalari (metil, etil efirlari, atsetilli birikmalari) ning PMR spektri olinib tahlil qilinadi. Ko'p uchraydigan va yaxshi erituvchilik xususiyatiga ega bo'lgan erituvchi deyteroxloroform (xloroform-d) hisoblanadi. Agar spektrdagi signallarni bir-birining ustiga tushib qolish holati bo'lsa yoki multiplet signallar namoyon bo'lsa bunda signallar taxminan tahlil qilinadi. Bunday holatlarda magnit anzotropiyasi boshqacha bo'lgan erituvchilarni amalda ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Piridin-d5 va benzol-d6 erituvchilar shular jumlasiga kirib multiplet signallar yaxshi bir-biridan ajralib chiqqan signallarga aylanadi va bu esa navbatida analiz ishini osonlashtiradi. Uglevodlarning YaMR spektrlarini tahlil qilishda quyidagi qonuniyatlarga etibor berish zarur: 1. halqali monosaxaridlar va hosilalarining anomer markazidagi vodorod atomi molekulasidagi boshqa vodorod atomlaridan keskin farq qilib, ko'proq ekranlanishga uchragani uchun magnit maydoni kuchlanishining kichik qiymati sohasida rezonans signali namoyon qiladi. 2. Piranoza halqasining ekvatorial holatidagi vodorod atomlari aynan shunday kimyoviy qurshovga ega bo'lgan aksial vodorod atomlarining signaliga nisbatan kuchsiz magnit maydoni sohasida rezonans chastotasini namoyon qiladi. Ular orasidagi kimyoviy siljish qiymatining farqi taxminan 2.5 m.u. ga teng. 3. Ekvatorial holatdagi metoqsil guruhi vodorod atomlari aksial holatdagiga nisbatan kuchsiz magnit maydonida signal hosil qiladi, ammo atsetoksi guruhi vodorod atomlarining signallari uchun buning teskarisi bo'ladi. Protonlar orasida spin-spin ta'sirlar bo'lishi uchun ular bir-biridan uchta bog' orqali ajralgan bo'lishi kerak. Bunday ta'sir natijasida signallarning ikki yoki undan kattaroq songa ajralib namoyon bo'lishi bir-biriga ta'sirda bo'lgan protonlar joylashgan S-N bog'lar orasidagi burchakning qiymatiga bog'liq. Demak, yuqoridagi qonuniyatlarni etiborga olsak, S1 dagi vodorod signali boshqa vodorod atomlarining rezonans signallaridan farq qiladi va uni spektrdan osonlik bilan topish mumkin. D-qatoriga kiruvchi qandlarning -anomerlaridagi (ksiloza, glyukoza, galaktoza va boshqalarda) C1 dagi vodorod atomlarining kimyoviy siljish qiymati 5,17±0,7 m.u. ga teng bo'lib, -anomerli qandlarda esa ikki xil turdagi konformatsiya bo'lib birikmada S2 dagi ON ekvatorial bo'lsa anomer markazdagi vodorod signali 4,56±0,01 m.u. sohada namoyon bo'ladi (ksiloza, glyukoza, galaktoza), ikkinchisida esa S2 dagi ON aksial holatda bo'lgani uchun (mannoza, ramnoza) anomer vodorod 4,82 m.u. da signal hosil ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.42 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.42 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: doc