Morfin gruppasiga kiradigan alkaloidlar Fenantren -izoxinolin guruppasiga kiradigan alkaloidlar tabiatda tarqalishi. Olinish usullari morfin, kodein, apomorfin, tekodin. Tuzilishi, xossalari va ahamiyati. Morfin birinchi topilgan alkaloiddir.1803 yilda Deron opiy tarkibidan suv va potash yordamida kristall holdagi modda ajratib olib, uni opiy tuzi deb atagan. 1806 yilda Sertyurner opiydan toza holda morfin ajratib olgan va 1817 yilda uni o'rganib, bu modda haqida to'la ma'lumot bergan. Morfinning summar formulasini birinchi marta 1848 yilda Lonar aniqlagan. Uning struktur formulasi 1925-1927 yillarda to'la o'rganilgan. Morfin molekulasi aromatik (1) va gidroaromatik (11) yadrolardan tashkil topgan. Morfin molekulasidagi uchlamchi azot hisobiga asos xossiga egadir. Uning molekulasidagi uchta kislorodning bittasi spirt gruppasini, ikkinchisi fenol gruppasini va uchinchisi oddiy efirni eslatuvchi ko'prikchani tashkil qiladi. Morfin aromatik yadrosidagi fenol gidroqsil gruppasi hisobiga fenollarga o'xshash eruvchan tuz- morfinatni hosil qiladi. Morfin - asos sof holda mayda romb yoki ninasimon, hidsiz, mazasi achchiq poroshok bo'lib, suvda yomon organik erituvchilarda, kislota va ishqorlarda yaxshi eriydi. Meditsinada morfin gidroxlorid tuzi holida qo'llaniladi. Morfin gidroxlorid (morphini hudrochloridum. Morphinum hudrochloricum) Morfin gidroxlorid morfin-asosga xlorid kislota ta'sir ettirib olinadi. Preparat taxir mazali, oq ipak ko'rinishdagi, ninasimon yoki bir oz sarg'ish, mayda poroshok bo'lib, suvda eriydi, spirtda kam eriydi, efir va xloroformda esa erimaydi. Preparat chinligini aniqlash uchun uning bir necha kristaliga molibdat ammoniyning konsentrlangan sulfat kislotasidagi eritmasini ta'sir ettirilsa, ko'k rangga o'tuvchi binafsha rang hosil bo'ladi. Uning tarkibidagi xlorni kumush nitrat bilan cho'ktirib aniqlanadi. Morfin molekulasidagi fenol gidroqsilni temir (II) - xlorid ta'sirida ko'k rangga bo'yalishidan bilinadi. Morfin gidroxlorid qaytaruvchanlik xossasiga ega bo'lib, qizil qon tuzini sariq qon tuzigacha qaytaradi. Keyinchalik sariq qon tuzi temir (II) - xlorid ta'sirida ko'k rangli Berlin lazuriga o'tadi. Morfin gidroxlarid sulfat kislota ishtirokida nitrat kislota bilan oksidlanib, to'q qizil rangga bo'yaladi. Ehtimol bunda morfin dastavval apomorfinga o'tib, keyinchalik apomorfin o'z navbatida (fenol gidroqsil hisobiga) oksidlanib, rangli modda hosil qilsa kerak. Preparat miqdorini bir necha usullar bilan aniqlanadi. 1.Neytrallash usuli. Mablum miqdordagi preparat eritmasini fenolftalein indikatori ishtirokida bevosita natriy ishqorining 0,00 n. Eritmasi bilan titrlanadi. 2. Argentometrik usul. Preparatning malum miqdordagi 0,1n. Kumush nitratni ammoniy rodanidning 0,1 n. Eritmasi bilan titrlanadi. 3.Kolorimetrik usul. Bu usul morfinning qizil qon tuzini sariq qon tuziga o'tkazishi va temir (II)- xlorid bilan ko'k rangli Berlin lazuri hosil qilishiga asoslangan. Yana perxloratkislota bilan ham titrlab miqdorini aniqlanadi. Morfin og'riq qoldiruvchi modda sifatida qo'llaniladi. Uni 0,01-0,02 g dan poroshok, tabletka holida va tomchilab ichiriladi.1% li eritmasi teri ostiga yuboriladi. Og'zi mahkam yopiladigan qo'ng'ir shisha bankalarda ehtiyotlik bilan (A ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.44 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.44 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: doc