Motor yoqilg'i turlari. Yoqilg'ining umumiy xarakterlanishi, sinflanishi va tarkibi. Ichki yonish dvigatellari uchun ishlatiladigan yoqilg'i va moylar olishning umumiy tushunchasi Reja: Neft mahsulotlarining yoqilg'i sifatida ishlatilishi. Motor yoqilg'ilarining turlari. Yoqilg'i va moylarning olinishi. Neft mahsulotlarining yoqilg'i sifatida ishlatilishi. Neft mahsulotlarining asosiy qismi xalq xo'jaligida yoqilg'i va surkov moylari sifatida ishlatiladi. Neft mahsulotlarining nisbatan kam qismi bitum olish uchun, elektrod koksi, qattiq parafinlar olish uchun ishlatilsa, qolgan qismi organik sintezda - plastmassa, sintetik tola, sintetik kauchuk, o'g'itlar va h.k. olishda ishlatiladi. Shuning uchun neft mahsulotlari quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1.Motor yoqilg'isi; 2.Yorituvchi kerosin; 3.Erituvchilar va yuqori oktanli qo'shimchalar; 4.Neft moylari; 5.Parafinlar, tserezinlar, vazelinlar; 6.Neft bitumlari va boshqa neft mahsulotlari. Motor yoqilg'ilarining turlari. Motor yoqilg'isi o'z navbatida quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1.Karbyurator yoqilg'isi (avia-avtomobil benzilari, traktor yoqilg'isi); 2. Reaktiv yoqilg'isi; 3.Dizel yoqilg'isi; 4. Gazoturbina yoqilg'isi; 5.Qozon (kotel) yoqilg'isi; 6.O'choq (pech) - yoqilg'isi; 7.Kommunal xo'jaligi uchun suyultirilgan uglevodorod gazlari. Karbyurator yoqilg'isi - past va o'rta haroratda qaynaydigan neft fraksiyalaridan va ikkilamchi qayta ishlashning yengil mahsulotlaridan tarkib topgan. Karbyurator dvigatellarida yoqilg'i sifatida suyultirilgan uglevodorodlar ham ishlatiladi. Aviatsiya dvigatellari uchun karbyurator yoqilg'isi tarkibini - riforming, katalitik kreking va alkillat benzinlari tashkil etadilar. Ularning sifatini yaxshilash uchun benzinlarga detonatsiyaga va oksidlanishga qarshi prisadkalar qo'shiladi. Aviatsiya benzining B-100130, B-95130, B-91115, B-70 markalari bor. Avtomobil dvigatellari uchun karbyurator yoqilg'isi - AT da to'g'ridan-to'g'ri haydash, katalitik va termik kreking, katalitik riforming jarayonlaridan, alkillatlar, izomerizatlar, benzol va toluol ekstraksiyasidan ajratib olingan rafinatlaridan benzin aralashmasi tayyorlanadi. Sanoatda avtomobil benzinlarining A-66, A-72, A-80 (sonlar motor usulida aniqlangan oktan sonini bildiradi), Ai-93, Ai-98 (sonlar tadqiqot usulida aniqlangan oktan sonini bildiradi) markalari ishlab chiqariladi. Reaktiv yoqilg'isi (avia kerosinlar) - neftni AT da haydab olinadi. Avia yoqig'isining T-1, TS-1, T-2, RT va T-6, T-8 markalari bor. Dizel yoqig'isi - qisilish natijasida alangalanadigan dvigatellarida qo'llanilib, ular quyidagi guruhlarga bo'linadi. 1) Tez yurar dizellar uchun yoqig'i; 2) Traktor, teplovoz va paroxod dizellari yoqilg'isi (DT va DM). Dizel yoqig'isi 180-350o S oralig'ida qaynaydigan neftning o'rta distillyat fraksiya-laridan, gidrokreking, termik va katalitik kreking jarayonlarining yengil gazoyl fraksiyalaridan olinadi. Gaz turbina yoqilg'isi - elektrostansiyalardagi gaz turbinasida, daryo va dengiz turbinali kemalarida, lokomotivlarda, avtomobillarda ishlatiladi. Bu yoqig'i termik kreking distillyatidan va neftni AT da haydash jarayonidan olinadi. Qozon (kotel) yoqilg'isi (mazut) - issiqlik elektrostansiyalarining bug'li qozonlarida, turli sanoat o'choqlarida yonuvchi yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Uning tarkibi - AT da haydalgan neft qoldiqlaridan, kreking qoldiqlaridan, neftni ikkilamchi qayta ishlashda hosil bo'lgan gazoyllardan, neft moylarini tozalash jarayonlari (ekstraktlar, asfaltenlar) chiqindilaridan va neft kimyosi sintezi (og'ir smolalar) ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.19 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.19 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: docx