Muhabbat Fozilovna Abidova Muhabbat Fozilovna Abidova 1931 yil 18 oktyabrda Toshkentda xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1951 yil O'rta Osiyo Politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetini alo bahoda tamomlagan. 1954 - 1958 yillarda O'zbe-kiston FAning Kime institutida va Moskvadagi N.Zelinskiy nomli Organik kimyo institutida aspiranturada o'qigan. 1980 yil organik kimyo mutaxassisligi bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoklagan. 1959 - 1965 yillarda O'z FA ning Kimyo institutida, Polimerlar kimyosi institutida, Kimyo va neft sanoati davlat qo'mitasining yoqilgidan foydalanish institutida (IIT) (1965 yil yanvardan O'rta Osiyo neftni qayta ishlash ilmiy-tadqiqot instituta (SredazNIINP) katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 1965 - 1967 yillarda «Gidrokreking katalizatorlarini sinash» sektor mudiri, 1967 - 1982 yilarda O'rta Osiyo neftni qayta ishlash ilmiy-tadqikot institutining o'zi tashkil etgan «Gidrokreking katalizatorlarini yaratish» laboratoriyasi mudiri bo'lib, gidrokreking jarayoni uchun yuqori samarali faol katalizatorni yaratish bilan birga. neftni qayta ishlash va neft kimyosi sanoati uchun muhim bo'lgan katalizatorlar yaratish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. M.Abidovaning ilmiy-pedagogik dunyoqarashining shakl-lanishida taniqli olimlar akademiklar A.A. Balandin, V.A. Kazanskiy, A.S. Sultonov, O.S. Sodiqovlar katta rol o'ynadilar. M.Abidova doktorlik dissertatsiyasini «Neft kimyosi va neft kimyo sintezi» mutaxassisligi bo'yicha yoqlagan. Unga 1976 yilda professor unvoni berildi. 1984 yilda O'z FA ning muxbir azosi, 200 yil may oyida hakiqiy azosi bo'lib saylandi. M.Abidova keng fikrlovchi mutaxassis, yuqori bilimli nazariyotchi va yaxshi eksperimentator bilimiga ega. M.Abidovaning ilm-fanga qo'shgan katta hissasi u birinchilardan bo'lib distillyat va qoldiq neft xom ashyosini gidrokrekinglash jarayoni uchun katalizatorlarni ilmiy asosda tanlash va yaratishdan iboratdir. Uning bevosita rahbarligida alyumonikelmolibden sistemali yuqori faollik, selektiv va barqaror ishlovchi polifunksional katalizatorlarni yaratish va tatbiq etish ishlari o'tkazildi. U tomondan ko'p tonnali gidrokreking katalizatorlarni yaratish uchun texnologik chizmalar, asbob-uskunalar yaratish bo'yicha izlanishlar olib borildi. Ushbu tadqiqotlar evaziga sanoat miqyosida sinab ko'rish uchun zamin tayyorlanib, 1981 yilda «Angarsk neftorgsintez» sanoat birlashmasida katalizatorni sinash ishlari amalga oshirildi. yuqori sifatli yoqilg'i (benzin, dizel va reaktiv) fraksiyasini selektiv olish maqsadida yangi alyumotemirmolibden, alyumo-kobaltxrom sistemalari va ularning modifikatsiyalanishi neft xom ashyosini qisman va chuqur gidrokrekinglash uchun ishlab chiqarildi va bu sohada katalizator tayyorlashning ekologik samarasi bebahodir. Gidrokreking jarayoni uchun oddiy va murakkab katalitik sistemalar va katalizatorlar yaratishda davriy sistema I, II, II guruh elementlarini promotr sifatida ko'llash va ushbu guruh metall oksidlarining o'zaro ta'sirini aniqlash bo'yicha ilmiy ishlar olib borildi, alohida olingan komponentlarning o'zaro ta'siri asosida katalizatorlarning faollik katori yaratildi, zamonaviy asbob-uskunalarda olib borilgan ishlar fizik-kimyoviy usullar bilan o'rganildi va bazi umumiy qonunlar murakkab oksidli katalizatorlarning harakati, kimyoviy tarkibi g'.a fizik xususiyatlariga bog'lik ekanligi aniqlandi. Ushbu ishlarni bajarishdagi qiyinchiliklar shundan iboratki, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.54 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.54 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: docx