10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 28-mavzu Murakkab efirlar. Olinishi va xossalari. Ishlatilishi Murakkab efirlar deb, karbon kislotalarning karboqsil guruhidagi vodorod atomining biror radikalga almashinishidan hosil bo'lgan birikmasi deb qarash mumkin. Nomenklaturasi: Ularni nomlashda efirni hosil qilgan kislota nomi yozilib, keyin radikal nomiga efir so'zi qo'shib nomlanadi. Sistematik nomenklatura bo'yicha murakkab efirlarning nomi spirt radikali nomi bilan «oat» qo'shimchasi qo'shilgan kislota nomidan hosil qilinadi. Murakkab efirlar va karbon kislotalarning empirik formulalari bir xil bo'lgani uchun ular sinflararo izomer hisoblanadi. Olinishi: Bunda katalizator sifatida konsentrlangan sulfat yoki xlorid kislotadan foydalaniladi. Karbon kislotalar spirtlar bilan o'zaro ta'siri natijasida murakkab efirlar hosil bo'ladi. Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo'lish reaksiyasi eterifikatsiya reaksiyasi deyiladi. Fizik xossalari: Murakkab efirlarning eng oddiy vakillari suvdan yengil, xushbo'y hidli, uchuvchan suyuqliklardir. Quyi kislotalarning metil va etil murakkab efirlarining suyuqlanish va qaynash temperaturalari, karbon kislotalarnikiga nisbatan past bo'ladi. Kimyoviy xossalari. Murakkab efirlarning eng muhim xossasi ularning gidrolizi, ya'ni suv bilan o'zaro ta'sirlashishidir. Bu jarayon ham kislotali, ham ishqoriy sharoitda sodir bo'ladi. Farqi shundaki, kislotali gidroliz qaytar, ishqoriy gidroliz esa qaytmas jarayondir. Efirlar gidroliz reaksiyada tegishli kislota va spirt hosil bo'ladi. Ishlatilishi. Murakkab efirlar xushbo'y hidga ega bo'lgani uchun oziq-ovqat va atir-upachilik sanoatida ishlatiladi. Yana ular salqin ichimliklar, konfetlar va boshqa ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo'shimcha sifatida ishlatiladi. Ularning ayrim vakillari loklar tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.77 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:00
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.77 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:00 ]
Arxiv ichida: pptx