N,N-dietilgidrazinning almashingan benzoy kislotalar bilan reaksiyalari MAVZUNING DOLZARBLIGI. Birinchi marta kafedramiz o'qituvchilari tomonidan N,N-dietilgidrazinning yangi hosilalari orasida g'o'zani gommoz va ildiz chirish kasalliklaridan himoya qiluvchi, g'o'za chigitining unib chiqishiga va uning ildiz qismining rivojlanishiga samarali ta'sir etuvchi, kartoshka, pomidor, qalampir va baqlajonning hosildorligini oshiruvchi, yiringli yallig'lanish kasalliklari va kasalxona ichi infeksiyalarini keltirib chiqaruvchi grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga samarali ta'sir qiluvchi birikmalar mavjudligi aniqlangan. Shundan kelib chiqqan holda, N,N-dietilgidrazinning yangi hosilalari sintezi nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. TADQIQOT MAQSADI: Ishning maqsadi N,N-dietilgidrazinning salitsil va o-brombenzoy kislota bilan reaksiyalarini sistematik o'rganish va olingan yangi birikmalarning amaliyotda qo'llash imkoniyatlarini aniqlash. TADQIQOT VAZIFALARI. 1. N,N-Dietilgidrazinni adabiyotda keltiril-gan usul bo'yicha sintez qilib olish. 2. N,N-Dietilgidrazinning salitsil va o-brombenzoy kislotalari bilan etilatsetatda xona haroratidagi reaksiyasini o'rganish. 3. N,N-Dietilgidrazinning salitsil va o-brombenzoy kislotalari bilan toluolda qizdirilgan holda olib borilgan reaksiyalarini o'rganish. 4. Sintez qilingan birikmalarning tuzilishini fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida o'rganish. IShNING ILMIY YaNGILIGI. N,N-Dietilgidrazinning salitsil va o-brombenzoy kislotalari bilan reaksiyalaridan ammoniy turidagi tuz va N,N-dietilgidrazidi sintez qilindi. Xona haroratida etilatsetatda olib borilgan reaksiyalarida yuqori unum bilan ammoniy turidagi tuz; toluolda qizdirilgan holda olib borilgan reaksiyalarda amid bog'li birikmalar hosil bo'lishi mumkinligi ko'rsatildi. X= o-COC6H5 o-, m-, p- NO2 X= p-NH2C6H4 m-, p- HOC6H4 1:1 nisbatda 1:2 nisbatda N,N-DIETILGIDRAZINNING OLINIShI Dietilaminni nitrozirlash Adabiyotda keltirilgan usul, dialkilaminni natriy nitrit va xlorid kislota ishtirokida nitrozirlab olib borgan reaksiyalarimizda 86% unum bilan N-nitrozodietilamin olindi. 2(C2H5)2NH + 2NaNO2 + H2SO4→2(C2H5)2NNO + Na2SO4 + 2H2O N-Nitrozodietilaminni qaytarish Biz N-nitrozodietilaminni qaytarishda Ioffe usulidan foydalandik. Amalgamalangan rux va konts. xlorid kislota ishtirokida N- nitrozodietilaminni qaytarib 55% unum bilan N,N-dietilgidrazin (N,N- DEG) olishga erishdik: Calitsil va o-brombenzoy kislotalari bilan reaksiyalarini xona haroratida olib borilgan reaksiyalarimizdan hosil bo'lgan ammoniy turidagi tuzlarning kristallarini ajratib oldik. 1) N,N-Dietilgidrazin va salitsil kislota 1:1 mol nisbatda etilatsetatda eritilib, so'ngra bir-biriga qo'shildi va xona haroratida qoldirildi. Olingan N,N-dietilgidraziniy o-gidroksibenzoatning unumi 88.5% ni tashkil etdi. Reaksiya tenglamasi: N,N-Dietilgidraziniy o-gidroksibenzoat 2) N,N-Dietilgidrazin va o-brombenzoy kislota 1:1 mol nisbatda etilatsetatda eritilib, so'ngra bir-biriga qo'shildi va xona haroratida qoldirildi. Olingan N,N-dietilgidraziniy o-brombenzoatning unumi 83% ni tashkil etdi. Reaksiya tenglamasi: N,N-Dietilgidraziniy o-brombenzoat 3) N,N-Dietilgidrazin va salitsil kislota 1:1 mol nisbatda toluolda 3 soat qizdirilgan holda reaksiya olib borilganda tegishli amid bog'li birikma- N',N'-dietil-2-godroksibenzogidrazid 86.5% unum bilan olindi. Reaksiya tenglamasi: N',N'-dietil-2-gidroksibenzogidrazid Mahsulot tarkibi yupqa qatlamli xromatogafiya usuli bilan silufol plastinkasida o'rganilganda unda ikkita dog' borligi malum bo'ldi. Bu dog'lardan biri reaksiyaga kirishmay qolgan tuz va N',N'-dietil-2-godroksibenzogidrazidning aralashmasi ekanligi, ikkinchi dog' esa reaksiya mahsuloti N',N'-dietil-2-godroksibenzogidrazid ekanligi aniqlandi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
431.42 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
431.42 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: pptx