Namunalar olish texnikasi, olingan natijalarni statistik tahlil qilish

Namunalar olish texnikasi, olingan natijalarni statistik tahlil qilish

O'quvchilarga / Kimyo
Namunalar olish texnikasi, olingan natijalarni statistik tahlil qilish - rasmi

Material tavsifi

Namunalar olish texnikasi, olingan natijalarni statistik tahlil qilish NAMUNALAR OLISh TYeXNIKASI, OLINGAN NATIJALARNI STATISTIK TAHLIL QILISh Kimyoviy analizni ko'pincha namuna olish va uni analizga tayyorlashdan boshlanadi, chunki analizning barcha bosqichlari o'zaro bog'langan. Sinchkovlik bilan o'lchangan analitik signal ham, namuna olish va uni analizga tayyorlash noto'g'ri o'tkazilgan bo'lsa aniqlanadigan moddaning miqdori tshg'risida to'g'ri informatsiya bera olmaydi. Ko'pchilik hollarda aynan namuna olish va uni kimyoviy analizga tayyorlash ishonchlilikni va asosan olinadigan natijalarning sifatini belgilaydi(limitlaydi),Shu bilan birga analitik siklning mehnat sarfining ortishi va bajarilish vaqtining uzayishini ham keltirish mumkin. NAMUNA OLISh Analizni o'tkazish uchun odatda o'rtacha namuna olinadi. Bu analiz qilinadigan obyektning kichkina qismi bo'lib, uning o'rtacha tarkibi va hossasi barcha hollarda ham o'rtacha tarkib va analiz qilinadigan obyektning hossasi bilan aynan o'xshash bo'lishi kerak. General, laboratoriya va analiz qilinadigan namunani farqlaydilar. General namunani ayrim hollarda birlamchi, katta yoki qo'pol namuna ham deyiladi. General namuna bevosita analiz qilinadigan obyektdan olinadi. Odatda uning miqdori 1-50 kg tashkil etadi. Ayrim obyektlar uchun esa 0,5-5 tonna. General namunadan uni qisqartirish bilan laboratoriya namunasi (2,5 gr - 1 kg) olinadi. Namuna olish usullari va uning miqdori analiz qilinadigan obyektning fizikaviy va kimyoviy hossalari bilan aniqlanadi. Namuna olishda quyidagilarni hisobga olish zarur: 1. Analiz qilinayotgan obyektning agregat holatini (namuna olish usullari gazlar, suyuqliklar va qattiq moddalar uchun turlicha); 2. Analiz qilinadigan materialining va zarrachalar o'lchamining turlicha ekanligi (modda bir hil bo'lsa namuna olish shuncha oson bo'ladi); 3. Analizning maqsadi va o'rganilayotgan obyektning tabiatiga bog'liqligi asosida analiz qilinadigan obyektning butun massasi bo'yicha komponent miqdorini baholashning zaruriy anqligi (masalan, doridagi fiziologik faol komponent miqdorini aniqlashda katta aniqlik talab etiladi. Rudadagi komponentning miqdorini aniqlashdagiga qaraganda). GAZ NAMUNALARINI TANLASh Gazlar va gazlar aralashmasining bir xilliligi darajasi: har xillik molekula o'rinda kuzatiladi. Shuning uchun general namuna nisbatan katta bo'lmasligi mumkin va namuna olish unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Gaz namunasini vakumli o'lchov kolbasi yoki tegishli suyuqlik bilan berkitiladigan buyuretka yordamida olinadi, ko'pincha gazni turli tipdagi lovushkalarda past temperaturada kondensatlab olinadi. SUYuQLIK NAMUNALARINI TANLASh Gomogen va geterogen suyuqliklardan namuna olish turlicha. Gomogen suyuqlikni oqimdan tanlashni malum vaqt oraliqlarida va turli joylaridan o'tkaziladi. Turli chuqurliklardan namuna olishni maxsus namuna olish qurilmalari- turli konstruksiyali batometrlardan foydalaniladi. Geterogen suyuqliklardan namuna olish nafaqat hajmi bo'yicha balki massasi bo'yicha ham amalga oshiriladi. Namuna olish uchun har xil yondashiladi: bazi hollarda suyuqlikni gomogenlashtiriladi, boshqa hollarda to'la qavatlashishiga harakat qilinadi. Gomogenlashuvini temperaturani o'zgartirish, suyuqlikni aralashtirish yoki siljitish bilan bajariladi. Odatda namunani chanlardan yoki tsisternalardan aralashma tingandan keyin olinadi. Shunday qilib suyuqlikning tabiati va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 510.08 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 510.08 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga