Nanokristall va nanoklasterlar. Metall klasterlari

Nanokristall va nanoklasterlar. Metall klasterlari

O'quvchilarga / Kimyo
Nanokristall va nanoklasterlar. Metall klasterlari - rasmi

Material tavsifi

Nanokristall va nanoklasterlar. Metall klasterlari Nanokristalli materiallar Biz atom va molekula tushunchalari ostida modda quriladigan eng kichik qurilish g'ishtchalarini tushunamiz. Moddani faqat g'ishtchalardan emas, balki, butun bloklardan ham qurish mumkin ekan. Bloklar sifatida nanoklasterlar va nanozarrachalar bo'lishlari mumkin. Nanoo'lchamli bloklardan tashkil topgan kristalli materiallarni hajmiy nanokristalli materiallar deb ataladi. Nanokristalli materiallar Naonokristall materiallar g'aroyib xossalarga ega bo'lishlari mumkin ekan. Biz bilamizki, agar material mustahkam bo'lsa, mo'rtlik xossasiga ega bo'ladi. Nihoyatda mustahkam, ammo mo'rt materialga shishani misol qilish mumkin. Bir qator nanokristall materiallar bir vaqtda yaxshi mustahkamlikka va plastiklikka ega ekanlar. Nanokristalli materiallar Nanokristall materiallarning tengsiz g'aroyib xossalari moddani tashkil qilgan nanozarrachalar bo'limlarining chegaralari mavjudligiga bog'liq. Bo'lim chegarasi o'zini hajmiy moddadan farq qiluvchi alohida xossali modda kabi tutadi. Nanokristalli materiallar Keyingi yillarda nanokristallarni olish texnoligiyasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Kolloidli ximiyaning metodlaridan foydalanib nanokristall shakldagi ko'plab moddalar, shu jumladan metallar, yarimo'tkazgichlar va magnitli materiallar olishga muvaffaq bo'lindi. Nanokristall materiallarga tarkibida nanometrik diapozondagi kristallga ega bo'lgan qotishmalarni ham kiritish mumkin. Ipsimon nanokristall Ipsimon nanokristall (Нитевидный нанокристалл ННК-mo'ylovli), ko'pincha, nanowire (inglizcha nanosimlardan) va nanorod deb ham ataladi. Uzunligi boshqa nanokristallardan sezilarli darajada oshib ketadigan bir o'lchovli nanomaterialdir. o'lchamlari, o'z navbatida, bir necha o'nlab nanometrlardan oshmaydi. Ipsimon nanokristall (nanosim) Ipsimon nanokristallning turli xil turlari mavjud, ular orasida metall (masalan, Ni, Au va boshqalar), yarim o'tkazgichlar (masalan, Si, InP, GaN va boshqalar), molekulyar (organik yoki noorganik kelib chiqishi molekulyar birlikmalaridan iborat), va boshqalar. Olinishi Bir o'lchovli nanokristallarni olishning bir necha tubdan farq qiladigan mexanizmlari mavjud bo'lib, ularni erkin tuzilmalarni olish usullariga masalan: bug'-suyuq-kristall o'sish mexanizmi va planar(tekis, sirt) texnologiya usullaridan foydalaniladi. bug '-suyuq-kristall o'sish mexanizmi Yarimo'tkazgichli nanosimlar uchun eng keng tarqalgan o'sish mexanizmi bu 1964 yilda namoyish etilgan bug '-suyuq-kristall mexanizmi. Bu usulda nanosimlarning epitaksial o'sishi kimyoviy bug'larning cho'kishi yoki molekulyar nur epitaksisi orqali amalga oshiriladi. Ipsimon nanokristall o'sishi Buning uchun birinchi navbatda katalizator rolini o'ynaydigan substrat yuzasiga yupqa oltin plyonka yotqiziladi, shundan so'ng kamerada harorat ko'tariladi va oltin tomchilar qatorini hosil qiladi. Bundan tashqari, yarimo'tkazgich materialining o'sishi uchun komponentlar, masalan, InP nanosim o'sishi uchun In va P elementlari beriladi. Katalizator zarralari bilan faollashuvning ta'siri shundaki, tomchi ostidagi sirtda o'sish faollashtirilmagan sirtga qaraganda bir necha baravar tezroq sodir bo'ladi, shuning uchun katalizator tomchisi yuzadan yuqoriga ko'tarilib, ostida ipsimon nanokristall o'sadi. bug'-suyuq-kristall o'sish mexanizmi Planar texnologiya Planar (tekis, sirt) texnologiya yarim o'tkazgichli qurilmalar va integral mikrosxemalar ishlab chiqarishda qo'llaniladigan texnologik operatsiyalar majmuasidir. Jarayon tranzistorlarning alohida komponentlarini shakllantirishni, shuningdek ularni yagona tuzilishga birlashtirishni o'z ichiga oladi. Bu zamonaviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga