9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 21-mavzu Natriy va kaliyning xossalari va eng muhim birikmalari ALLPPT.com Free PowerPoint Templates, Diagrams and Charts Reja: Tabiatda uchrashi Fizik xossalari Kimyoviy xossalari Ishqoriy metallarning gidroksidlari Tabiatda uchrashi. Natriy va kaliy tabiatda keng tarqalgan bo'lib, faqat birik-malari shaklida ko'plab tog' jinslari va minerallar tarkibiga kiradi. Natriy xlorid (osh tuzi) ko'l, dengiz va okean suvlarida, ayrim joylarda esa toshtuz shaklida yer ostida 100 m qalinlikkacha bo'lgan qatlamlarni tashkil qilgan holda uchraydi. Dengiz tuzi Glauber tuzi Na2SO4. 10H2O va Chili selitrasi NaNO3 ham natriyning tabiatda ko'p uchraydigan birikmalaridir. Silvinit KCl . NaCl, hind selitrasi KNO3 karnallit KCl . MgCl2 . 6H2O minerallari tarkibiga kaliy ham kiradi va ular tabiatda uchraydi. Olinishi Sanoatda natriy va kaliy ularning suyuqlantirilgan tuzlarini elektroliz qilib olinadi. Masalan, natriy xlorid suyuqlanmasi tegishli ionlarga dissotsiatsiyalanadi: NaCl = Na+ + Cl- Fizik xossalari Natriy va kaliy - yumshoq, kumushrang metallar. Natriy va kaliy ionlari alangani o'ziga xos rangga bo'yaydi: natriy - sariq rangga, kaliy - och binaf- sha rangga kiritadi. Bu xususiyatdan ularning birikmalarini aniqlashda foydalaniladi. Kimyoviy xossalari. Barcha ishqoriy metallar kabi natriy va kaliy kuchli qaytaruvchilardir. Ular barcha metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Birikmalarida doimo +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. natriy kaliy Natriy va kaliy kislorodda yonganda peroksidlar Na2O2 va KO2 (yoki K2O4) hamda qo'shimchalar sifatida Na2O, K2O hosil bo'ladi (toza oksidlar peroksidlarga metall qo'shib qizdirib olinadi): 2Na + O2 → Na2O2 Na-O-O-Na 4Na + O2 → 2Na2O Na-O-Na Natriy va kaliy suv bilan odatdagi sharoitda juda shiddatli, hatto yonish va portlash bilan ta'sirlashadi. Natijada, natriy yoki kaliy gidroksid va vodorod hosil bo'ladi: 2Na + 2H2O → 2NaOH + H2↑; 2K + 2H2O → 2KOH + H2↑ Ishqoriy metallarning gidroksidlari - NaOH, KOH, LiOH, RbOH, CsOH. Suvda juda yaxshi eriydi. Asoslar uchun xos bo'lgan barcha reaksiyalarni beradi Lakmusni ko'k rangga, fenolftaleinni pushti rangga kiritadi. Laboratoriya sharoitida NaOH ni natriy metalliga, natriy oksid yoki peroksidlariga suv ta'sir ettirib olish mumkin: Na2O + H2O = 2NaOH Natriy gidroksid - NaOH. Amaliyotda kaustik soda deb ham ataladi. Kaliy gidroksid ham laboratoriya sharoitida kaliy metalli va kaliy oksiddan, sanoatda esa kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Kaliy gidroksid turli kaliyli tuzlar olishda, suyuq sovun olish uchun ishqoriy akkumulyatorlar tayyorlashda ishlatiladi. Vodorod peroksid olish uchun ham natriy peroksiddan foydalaniladi. Buning uchun sovuq sulfat kislotaga natriy peroksid ta'sir ettiriladi: Na2O2 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O2 ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.07 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.07 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: pptx