Nazariy geokimyo. Geokimyoda qidiruv va analitik usullar. Elementlarning geokimyoviy tasniflari Reja: 1.Geokimyoning fan sifatida rivojlanishi 2.Geokimyoda tadqiqot usullari 3.Elementlarning geokimyoviy tasniflari Geokimyo - Yerning kimyoviy tarkibi, kimyoviy elementlar va ularning barqaror izotoplarining Yer va turli geosferalarda tarqalish va bir joydan ikkinchi joyga ko'chish qonuniyatlarini o'rganuvchi fan. Geokimyo terminini fanga dastlab shveysariyalik kimyogar K. F. Shyonbeyn kiritgan. G. 20-asr boshlanishida geol. va kimyo fanlari tutashgan joyda vujudga keddi. V. I. Vernadskiy , V. M. Goldshmidt , A. Ye. Fersman G.ning asoschilari hisoblanadi. 20-asrning 1 -yarmida o'tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida G. mustaqil fanga aylandi. G. bo'yicha birinchi yirik ilmiy axborotlar to'plami amerikalik olim F. U. Klark tomonidan bajarilgan. O'rta Osiyo olimlaridan H. M. Abdullayev, O. M.Akramxo'jayev, K. I. Satpayev, S. T. Badalovlar yanada rivojlantirdilar. Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida G.ning yangi tarmoqlari - kosmogeo-kimyo, radiogeokimyo, biogeokimyo, analitik G., fizik G., gidrogeokimyo, litosfera G.si, organik G., litogenez G., izotoplar G.si, tabiiy jarayonlar G.si, nodir elementlar G.si va b. vujudga keldi. G.ning bu sohalari foydali qazilmalarni izlashda nazariy asoslardan hisoblanadi. G. metodlari geologik metodlar bilan birgalikda ishlatiladi Elementlar miqdorini (ularning birikmalarida) aniqlash uchun o'tkaziladigan qidiruv ishlarida quyidagi tahlil usullari qo'llaniladi:emission spektral tahlil,atom absorbtsion,kalorimetrik va boshqa maxsus kimyoviy analizlar,shuningdek,radiometrik,rentgen-spektral tahlillardan foydalaniladi.Bundan tashqari ayrim hollarda turli minerallarning xususiyatlarini o'rganuvchi usullardan ham foydalanish mumkin. Emission spektral tahlil qariyb 50 yildan beri geokimyoviy qidiruv ishlarida keng qo'llanilib kelayotgan tahlil usullaridan biri. Mazkur tahlil usuli tub jinslar, bo'shoq jinslar, o'simlik kuli, suv namunalarining quruq qoldiqlari va alohida minerallaming tarkibidagi elementlaming miqdorini aniqlashda foydalanilishi mumkin. Izotop usuli So'ngi yillarda geokimyoviy tadqiqotlarda izotop tarkibi haqidagi ma'lumotlar qo'llanilmoqda va bu konlaming shakllanish temperaturasini aniqlash va ma'dan hosil qiluvchi eritmalarning harakatini o'rganish imkonini bermoqda. Elementlaming izotop tarkibi maxsus asbob mass-spektrometr yordamida aniqlanadi. Geokimyoviy qidiruv ishlarida atom-absorbsiya spektrometriya usuli yaqin vaqtlardan boshlab qo'llanila boshlanishiga qaramasdan uning qo'llanilishi uzluksiz tarzda kengaymoqda. Mazkur usul bir vaqtning o'zida bitta namuna eritmasidan 40 ga yaqin elementning miqdorini aniqlash mumkinligi bilan geokimyoviy tadqiqotlardagi juda ham qimmat tahlil usullardan biri hisoblanadi. Geokimyoviy qidiruv nima? Geokimyoviy qidiruv tadqiqot tashabbusi bo'lib, uning maqsadi Yer yuzida keng tarqalgan moddalar mavjudligini aniqlashdir. Bunday izlanishlarda keng tarqalgan moddalar orasida minerallar, ko'mir va metall rudalari bilan bir qatorda gaz, neft va neft kiradi. Ushbu izlanishlarning aksariyati oxir-oqibat bir yoki bir nechta sinov maydonlarida Yerga burg'ulashni o'z ichiga oladi. Dunyoning ba'zi hududlarida geokimyoviy tadqiqotlar juda ziddiyatli va aksariyat joylarda yuqori darajada tartibga solingan. Odamlar kundalik ravishda foydalanadigan ko'plab moddalar Yerda topilgan moddalardan iborat. Eng aniq ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: pptx