Mavzu: Neft mahsulotlarini sifatini yaxshilash Reja: 1. yonilg'i va surkov moylarini tozalash jarayonining maqsadi. 2. Neft yonilg'ilarining asosiy turlari va sifati. 3. Neft moylari, turlari, neft fraksiyalaridan moylar olish usullari, chizmasi, moy fraksiyalarini tozalash usullari. 4. Moy fraksiyalarini va qoldiq qismini tanlab oluvchi erituvchilar bilan tozalash. Yonilg'i va surkov moylarini tozalash jarayonining maqsadi Neftni birlamchi qayta ishlash va olingan mahsulotlarni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni yonilg'i, surkov moyi yoki kimyo sanoatida xom ashyo sifatida to'g'ridan to'g'ri ishlatish mumkin emas. Ulardan sifatli mahsulot olish uchun qo'shimcha ravishda keraksiz, tayyor mahsulotni sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi moddalardan tozalash kerak. Buning uchun kerak bo'lmagan moddalarni ba'zi bir reagentlar bilan kimyoviy birikmalar shaklida chiqazib tashlanadi (masalan kislotalar, ishqorlar va boshqalar. Ba'zan neft mahsulotlarini fizikaviy usul bilan uglevodorod tarkibini uzgartirmagan holda ma'lum qismlarga ajratiladi (tanlab ta'sir etuvchi erituvchilar, adsorbentlar yordamida, deparafinlash va boshqalar). Neft yonilg'ilarining asosiy turlari va sifati Neft mahsulotlaridan olinadigan yonilg'ilardan foydalanish nisbatan qulay bo'lgani uchun ular xalq xo'jaligida keng foydalaniladi. Neft yonilg'ilarini quyidagi turlari bor: 1. Porshenli dvigatellarda ishlatiladigan, tashqaridan ta'sir ko'rsatib o't oldiriladigan (avtomobil va aviatsiya benzinlari). 2. Porshenli dvigatellarda ishlatiladigan, siqilish natijasida alanga oladigan (dizel yonilg'ilari). 3. Reaktiv dvigatellar uchun. 4. Gaz-turbinalari dvigatellar va ustanovkalari uchun. 5. Bug' qozonlari uchun. Benzinlar uchun ularning detonatsiyaga chidamliligi asosiy ko'rsatgichlardan hisoblanadi. Dvigatel silindlarida benzin bug'lari va havo aralashmasi tashqaridan o't berilmaguncha oksidlanishga chidamli bo'lishi zarur. Dizel dvigatellarida esa, yonilg'i siqilgan havoni qizishi hisobiga alanga oladi. Bu yonilg'ilar qisqa vaqtda alanga olishi kerak, Qiyinlik bilan oksidlanadi yonilg'i ishlatilsa alangalanish davri cho'zilib ketadi, natijada yonish kameralarida ko'p miqdordagi yonilg'i alanga olib kamerada bosim ko'tarilib ketadi va dvigatellarni ish qobiliyati yomonlashadi. Gaz - turbinali dvigatellar, bug' qozonlarida ishlatiladigan yonilg'ilarga alohida qo'yiladigan talablar yo'q. Reaktiv dvigatellarda ishlatiladigan yonilg'ilar ma'lum talablarga javob berishi zarur. Yonish davrda forsunkalarda qoldiq qolishi man etiladi. Qoldiq borgan sari ko'payib, forsunkaga tiqilib qolishi mumkin. Yonish kameralarida qurum hosil bo'lishi ma'n etiladi. Shu asosida reaktiv yonilg'ilarda aromatik uglevodorodlar 14% dan ortmasligi, smolani miqdori 5-6 mg100 ml, oltingugurtning miqdori 0,1-0,25% mass. dan (shu jumladan merkaptanlarni miqdori 0,005% dan oshmasligi lozim. Termodestruktiv usullar bilan olingan mahsulotlarda to'yinmagan uglevodorolar ko'p miqdorda bo'lib, ular havodagi kislorod ta'sirida oksidlanadi, polimerlanadi va smolasomon moddalar hosil qilib mahsulotning sifatmini pasaytiradi. Azot birikmalari esa, dvigatellarda qurumlar hosil qiladi. Katalizatorlarni zararlantiradi. Oltingugurt birikmalari yonilg'ilarni ishlatilgan jarayonida oksid birikmalarini hosil qilib, badbuy hid chiqaradi, atrof muhitni ifloslaydi. Dvigatellarni va uskunalarni korroziyaga uchratadi, katalizatorlarni aktiv markazlarini zararlaydi. Shu sabablarga binoan, birlamchi va termodestruktiv jarayonlarda olingan mahsulotlarni ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
578.61 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
578.61 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: ppt