Neft moylarini tanlab eritadigan erituvchilar yordamida tozalash jarayoni. Fenol, furfurol va N - metilpirollidon erituvchilari

Neft moylarini tanlab eritadigan erituvchilar yordamida tozalash jarayoni. Fenol, furfurol va N - metilpirollidon erituvchilari

O'quvchilarga / Kimyo
Neft moylarini tanlab eritadigan erituvchilar yordamida tozalash jarayoni. Fenol, furfurol va N - metilpirollidon erituvchilari - rasmi

Material tavsifi

Neft moylarini tanlab eritadigan erituvchilar yordamida tozalash jarayoni. Fenol, furfurol va N-metilpirollidon erituvchilari Reja. Moylarni tanlab eritadigan erituvchilar yordamida tozalash. Tanlab eritadigan erituvchilarning tasnifi. Fenol erituvchisi. Furfurol erituvchisi. N-metilpirrolidon erituvchisi. Moylarni tanlab eritadigan erituvchilar yordamida tozalash. Moy fraksiyalari uglevodorodlarning har-xil sinflari va geterosiklik birikmalarining aralashmalaridan iboratdir. Uglevo-dorodlarni fizik xossalari ularni malum sinflarga mansub ekanligiga va molekulyar massalariga bog'liqdir. Geterosiklik uglevodorodlarni fizik xossalari boshqalardan farqi bo'lib, ular har-xil haroratlarda har-xil tezlikda organik erituvchilarda tanlanib eriydilar. Tanlab yoki selektiv erituvchilar deb, shunday suyuq moddalarga aytiladiki, malum haroratda neft mahsulotlari aralashmasidan faqat keraksiz, tozalanishi kerak bo'lgan komponentlarni ajratib oladigan, bu jarayonda boshqa uglevodorodlarni eritmasdan va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi. Tozalash maqsadlari uchun shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular bir-biridan keskin farqlanadigan erkin haroratda har-xil moddalarni eritadigan bo'lsin. Bazan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadi va keraksiz komponentlar eritmalardan cho'ktirilib, osongnna ajratiladi. Shu prinsipga asosan smola-asfaltenli birikmalar (deasfaltizatsiya) va qattiq uglevodorodlar (deparafinlash) ajratib olinadi. Boshqa jarayonlarda esa, buni teskarisi bo'lib, erituvchilar kerakli komponentlarni eritmasdan, keraksiz komponentlarni eritib yuboradi. Bu usul moylarni fenol va furfurol bilan selektiv tozalashda qo'llaniladi. Tozalangan mahsulot va keraksiz komponentlarning kontsentrati har xil jarayonda o'zini nomiga ega. Masalan: deasfaltizatsiya jarayonida tozalab olingan moy deasfaltizat deyiladi, smolali-asfalten moddali kontsentrat esa smola-asfalten moddalari deyiladi. Deparafinlash jarayonida olinadigan maxsus-deparafinlangan moy, (depmaslo, deparafinat), qattiq uglevodorodlarni esa gach yoki petrolatum deyiladi. Fenol yoki furfurol bilan tozalanganda toza moy-rafinad va smola-asfaltenli va polosiklik aromatik uglevodorodlar aralashmasi - ekstrakt deyiladi. Erituvchilarni selektiv ideal emas, yani erituvchi fazalardan birini to'liq eritadi va ikkinchisini qisman. Masalan: fenol polisiklik aromatik uglevodorodlarini yaxshi eritadi, lekin shu bilan birga moyni uglevodorodlarini ham qisman eritshi mumkin. Distilyat moy fraksiyalari, odatda, deasfaltizatsiya qilinmaydi. Distillyat va qoldiq moylarni umumiy texnologik sxemasi shu bilan farq qiladi. Moy (fraksiyalari tozalanganidan so'ng moylarning rangi o'zgaradi, ular ancha rangsizlanadi. Smola va polisiklik aromatik uglevodorodlardan tozalash natijasida moylarni kokslanishi va yopishqoqlik indeksi ortadi. Smola va to'yinmagan uglevodorodlardan tozalash moyni termik barqarorligini (stabilligini) oshiradi. Kislota xususiyatiga ega bo'lgan uglevodorodlardan tozalash esa korroziya aktivligini pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish haroratinini pasaytiradi. Moylarni tovar holatiga keltirib tayyorlash kompaundlash qurilmasida olib boriladi. Yengil, o'rta va og'ir distillyat hamda qoldiq komponent bo'lsa moylarni xohlagan navini (sortini) tayyorlash mumkin. Moylarni tozalash jarayonida tanlovchi (izbiratelnix) erituvchilar dan foydalaniladi. Tanlovchi yoki selektiv erituvchilar suyuq modda bo'lib malum haroratda aralashmadan faqat malum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o'zi erimasdan) ajratib beradi. Bazan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadilar va keraksiz komponent cho'kmaga tushadi, engili ajratib olinadi. Deasfaltizatsiya va deparafinizatsiya ana shunga asoslangan. Erituvchilarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 71.88 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 71.88 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga