Neft tarkibidagi geteroatomli birikmalar va mineral komponentlar

Neft tarkibidagi geteroatomli birikmalar va mineral komponentlar

O'quvchilarga / Kimyo
Neft tarkibidagi geteroatomli birikmalar va mineral komponentlar - rasmi

Material tavsifi

Neft tarkibidagi geteroatomli birikmalar va mineral komponentlar Reja: Geteroatomli birikmalar haqida umumiy ma'lumot. Neftning kislorod saqlagan birikmalari. Barcha neftlarda uglevodorodlar bilan bir qatorda oltingugurt, kislorod va azot kabi geteroatomlarini saqlagan birikmalarning ham ma'lum miqdori mavjud. Bu elementlarning miqdori neftning yoshi va kelib chiqishiga bog'liq bo'ladi. τltingugurtning miqdori 0,0β dan 7,0% gacha bo'lishi mumkin, bu esa taxminan 0,2-70% oltingugurtli birikmalarning miqdoriga to'g'ri keladi. Kam oltingugurtli neftlarga masalan Markovsk koni (Irkutsk viloyati) neftida- 0,004% oltingugurt, Suraxan neftida- 0,13%, Balaxan neftida- 0,19%, oltingugurtli va ko'p oltingugurtlilarga Arlan neftida- 3,04%, Uch-qizil -5-7%, Telo konining neftlarida-7,3%, Etsel- 9,6% va Rouzl-Poynt neft ko'rinishlarida- 14% oltingugurtni tashkil etadi. Neftda kislorodning miqdori 0,05 dan 3,6 % gacha. Bu taxminan 0,5-40 % kislorod saqlagan birikmalarga to'g'ri keladi. Ayniqsa Boku neftlarida kislorodga boy: Suraxan neftida- 0,52 %, Balaxan neftida - 0,42 %, Osinov (Rossiyaning Perm viloyati) koni neftida - 0,72 % mavjud. Neftlardagi azotning miqdori 1,7 % dan oshmaydi. MDH neftlarida azotning miqdori 0,01 dan (Markov nefti) 0,4 % gacha (Yager neftida). Respublikamizdagi Uch-qizil neftida - 0,82 % ni tashkil etadi. Neft fraksiyalari bo'yicha geteroatomlarning taqsimlanishi bir me'yorda emas. Asosan ularning eng ko'p qismi og'ir fraksiyalarda, ayniqsa smolali asfaltenli qoldiqda to'plangan. Neftning turiga qarab 400-4500C dan yuqori bo'lgan haroratda haydaladigan fraksiyalarda to'liq geteroatomli birikmalardan tarkib topgan bo'lishi mumkin. Smolali asfaltenli birikmalarning miqdori yosh neftlarda yuqoriroqdir, shuning uchun odatda ularda geteroatomli birikmalarning miqdori ko'proqdir. Neft fraksiyalari bo'yicha geteroatomlarning taqsimlanishi bir me'yorda emas. Asosan ularning eng ko'p qismi og'ir fraksiyalarda, ayniqsa smolali asfaltenli qoldiqda to'plangan. Neftning turiga qarab 400-4500C dan yuqori bo'lgan haroratda haydaladigan fraksiyalarda to'liq geteroatomli birikmalardan tarkib topgan bo'lishi mumkin. Smolali asfaltenli birikmalarning miqdori yosh neftlarda yuqoriroqdir, shuning uchun odatda ularda geteroatomli birikmalarning miqdori ko'proqdir. Birtta kon neftlarning elementli va guruhli tarkibi hamda fizikaviy va kimyoviy xossalari neft yotgan joy va uning chuqurligiga qarab ancha farq qiladi. Masalan, devon davridagi qatlamlarga taaluqli bo'lgan Romashqin konidagi neftlarning zichligi 0,86β0 va oltingugurt miqdori 1,61 %, qachonkim o'sha konning o'zidagi, ammo yoshroq karbon davridagi qatlamlarda joylashgan neftlarning zichligi 0,8909 va oltingugurtning miqdori 3,5 %. Xuddi shu hodisani Bavlin koni neftlarida ham kuzatish mumkin, devon davridagilarda esa 1,4 % oltingugurt, karbon davridagilarda esa - 2,8 %. Ust-baliq neftidagi oltingugurtning miqdori qazib olish sharoitiga qarab 1,40 dan 2,06 % gacha, sharqiy Sibirdagi Markovsk koni neftida esa 0,004 dan 0,89 % gacha bo'lgan chegaralarda o'zgaradi. Neftning mineral komponentlariga metall va kislotalar bilan hosil qilingan tuzlar, metall komplekslari hamda kolloid-dispergirlangan ma'danli (mineral) moddalar kiradi. Bu moddalar tarkibiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 90.8 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 90.8 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga