Mavzu: Neft turlari Reja: Neft turlari. 2. Neftning eng muhim xususiyatlari(zichligi, qovushqoqligi). 3. Kislotali, parafinli hamda oltingugurtli neftlar. 4. Naftenli hamda aromatik uglevodorodli neftlar. Neft turlari.Neftning eng muhim xususiyatlari(zichligi, qovushqoqligi). Neftlar - tо'q jigar rang, aksariyat qora rangli, ayrim hollarda salkam rangsiz, qovushqoq suyuqlik, yog'simon modda bо'lib, har xil uglevodorod birikmalaridan tashkil topgan. Tabiatda neft suyuq holatdan quyuq, qatron(smola)simon holgacha uchraydi. Neftning eng muhim xossalaridan biri uning zichligi bо'lib, bu xususiyat uning tarkibiga kiruvchi komponentlar: smola, asfalten va unda erigan gazlar miqdoriga bog'liq bо'lgan holda 0,75 dan 0,99 gacha о'zgaradi. Agar neft asosan yengil fraksiyalardan tashkil topgan bо'lsa, bu uning afzalligidir. Misol uchun: Surxondaryo neftgaz viloyatinig aksariyat neftlari yuqori qovushqoq bо'lganligi uchun ularning zichligi ham katta (masalan: Lalmikor, Mirshodi, Amudaryo, Koqaydi Xaudag va boshqa konlar). Buxoro-Xiva neft gazli viloyatining neftlari tarkibida yengil fraksiyali komponentlari juda kо'p (masalan: G'arbiy Yulduzqoq, Janubiy-G'arbiy Yulduzqoq, Qorovul Bozor-Saritosh, Shо'rchi, Oqjar, Karim, Shо'rtepa, Saricha va boshqalar). Neftning qovushqoqligi - xususiyati muhim xossalarida iborat bо'lib, uning qatlamlar orasidagi harakat vaqtida, hamda neftni chiqarish jarayonida u muhim ahamiyatga egadir. Neftning yopishqoqligi - bu xususiyat harakat vaqtida undagi zarrachalarning boshqa joyga kо'chishida bir-biriga qarshilik kо'rsatishidir. Bizga ma'lumki ayniqsa Surxondaryo neftgaz viloyatining neftlarini chiqarib olish ancha qiyin va mashaqqatli ishdir. Neftning sirt tarangligi deb, qaysiki suyuqlik о'zining sirtining о'zgarishiga qarshilik kо'rsatadigan kuchga aytiladi. Neftning optik faolligi - bu neft va neft mahsulotlarining yorug'lik nurlarini polyarizatsiya yassiligining aylanishidagi qobiliyatidir. Ilgari aytib о'tganimizdek faqat organik qoldiqlardan hosil bо'lgan moddalar optik faollikga ega, neftning bu xususiyati uning organik moddadan hosil bо'lgan degan nazariyaga yana bir qо'shimcha isbot keltiradi. Biroq keyingi yillardagi tadqiqotlar shuni kо'rsatadiki, organik bо'lmagan birikmalar ham optik faollikga ega bо'lishi mumkin ekan. Neftning yana bir muhim xususiyatlardan biri, uning lyuminisensiya qobiliyatidir, ayniqsa undagi smola, asfalten va boshqa lyuminerlardan tashkil topishi. Yengil neftlar havo rang va kо'kish lyuminisensiya, shuningdek og'irlari - sariq, qung'irsimon-sariq va qoramtirdir. Neftning bu xususiyatini bilish amaliyotda kernani tekshirishda juda katta ahamiyatga egadir (kernada neftlarning izlari qoladi). Kislotali,parafinli hamda oltingugurtli neftlar. Naftenli hamda aromatik uglevodorodli neftlar Neftlarning asosiy qismi 3 xil uglevodorodlardan iborat: ular metanli (parafinli yoki tо'yingan uglevodorodlar, yo bо'lmasa alkanlar), naftenli (tо'yinmagan uglevodorodlar yoki siklanlar) va aromatik yoki benzolli (о'ta tо'yinmagan uglevodorodlar yoki arenlar) deb ataladi. Neft tarkibidagi uglevodorodlar u yoki bu guruh kо'pligiga qarab metanli, naftenli va aromatlilarga bо'linadilar. Bundan tashqari neftlar oraliq turlarga metanli-naftenli, metan-aromatli, naften-aromatli va boshqalarga bо'linadilar. Parafinli uglevodorodlar yoki alkanlar. Umumiy ifodasi - CnH2n+2. Bular tо'yingan uglevodlorodlar ham deyiladi Oddiy a'zolari о'z ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
432.87 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
432.87 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: ppt