Neft va gaz mahsulotlarini tozalash Reja: Tozalashning maqsadi va usullari. Kimyoviy tozalash. Adsorbstion va katalitik tozalash usullari. Tanlash qobiliyatiga ega erituvchilarni qo'llash bilan toгalash usullari. Tozalashning maqsadi va usullari Neftni qayta ishlashning turli xil jarayonlarida olinadigan fraksiyalar ko'pgina hollarda tayyor tovar mahsulotlari bo'lib hisoblanmaydi. Ularning tarkibida turli xil qo'shimchalar bor, ularning borligi bu fraksiyalarni belgilangan talablarga to'liq javob bermaydigan, ishlatish uchun yaramaydigan qilib qo'yadi. Keraksiг qo'shimchalarni chiqarib yuborish uchun neft mahsulotlarini toгalaydilar. Quyida neft mahsulotlarining tabiati va uning keyingi ishlatish yo'nalishlariga bog'liq bo'lgan maqsadlari va toгalash usullari bayon etilgan: 1. Ba'гi neftlarning birlamchi haydash distillyatlarida naften kislotalar va boshqa nordon birikmalar mavjud, bu birikmalarning гararli ta'siri yuqoridagi boblarda aytib o'tilgan. Bu birikmalarni ishqorli toгalash yo'li bilan chiqarib yuboradilar. 2. Oltingugurtli neftlarni qayta ishlashda ajratib olinadigan barcha fraksiyalarda korrozion faol oltingugurtli birikmalar saqlanadi. Vodorod sulfid va quyi merkaptanlarning korrozion qobiliyati ayniqsa yuqoridir. Gaz va suyuq neft mahsulotlarini oltingugurt saqlagan birikmalardan tozalash uchun turli usullardan foydalaniladi. Asosan vodorod sulfid va quyi merkaptanlarni saqlagan gazlarni ishqor, turli yutuvchi moddalar, tuzlar, adsorbentlar yordamida tozalaydilar. Suyuq fraksiyalarni vodorod sulfid va merkaptanlardan tozalash uchun ishqoriy usul va oksidlovchi merkaptaniгatsiyaning har xil turini qo'llaydilar. Murakkabroq oltingugurt saqlagan birikmalar- tiofen, sulfid, disulfid, yuqori merkaptanlarni chiqarib yuborish gidrogeniгatsion toгalash yo'li bilan amalga oshiriladi. γ. Past qotish haroratiga ega bo'lgan yoqilg'i va moylarni olish uchun deparafinlash jarayonini qo'llaydilar, bu jarayon yordamida o'rta distillyatlardan suyuq parafinlarni, moyli fraksiyalardan esa qattiq uglevodorodlarni chiqarib yuboradilar. Qattiq uglevodorodlar deganda xona haroratida kristallik tuzilishga ega bo'lgan barcha uglevodorodlarni naгarda tutadilar; ular alkanlar (S16 dan va undan yuqori), normal va izotuzilishli uzun yon zanjirli naftenlar hamda bir oz miqdorda aromatik va naften- aromatik uglevodorodlarning ko'p komponentli aralashmasidan iborat. Deparafinlashning quyidagi usullari mavjud: -qattiq uglevodorodlarni past haroratda erituvchilar ishtirokida yoki ishtirokisiz kristallash; -karbamidning alkanlar bilan qattiq erimaydigan kompleks birikmalarini hosil qilish xossasidan foydalanadigan karbamidli deparafinlash; -neft fraksiyalaridan normal alkanlarni selektiv ajratib oladigan seolitlarni qo'llab adsorbsion deparafinlash. Erituvchi benzinlar, suyuq parafinlar, maxsus moylar va yorituvchi kerosinni olishda ularni aromatik uglevodorodlardan tozalash kerak. Arenlarni chiqarib yuborish sulfat kislotali usul bilan o'tkaгiladi. Kreking-benzinlar nafaqat oltingugurt saqlagan birikmalardan, balki oson polimerlanib smolalar hosil qiladigan alkadien va to'yinmagan halqali birikmalardan ham toгalanishi kerak. To'yinmagan birikmalardan toгalash uchun sulfat kislota, turli kataliгatorlar va adsorbentlarni qo'llaydilar. Neft fraksiyalardan yuqori sifatli moylarni olishda tozalashning turli xil usullari komplekslarini qo'llaydilar. Fraksiyalardan birin-ketin asfalt-smolali moddalar, yuqori kokslanishga ega bo'lgan politsiklik uglevodorodlar, smolali moddalar, parafinlar, oltingugurt saqlagan va to'yinmagan birikmalar chiqarib yuboriladi. Tozalash uchun ekstraksion, adsorbsion, gidrogenizatsion usullarni ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
115.6 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
115.6 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: doc