Neft va gaz tarkibidagi uglevodorodlarning termokatalitik o'zgarishlari

Neft va gaz tarkibidagi uglevodorodlarning termokatalitik o'zgarishlari

O'quvchilarga / Kimyo
Neft va gaz tarkibidagi uglevodorodlarning termokatalitik o'zgarishlari - rasmi

Material tavsifi

Neft va gaz tarkibidagi uglevodorodlarning termokatalitik o'zgarishlari Reja: Neft va gaz tarkibidagi uglevodorodlarning termokatalitik o'zgarishlari. Kataliz va katalizatorlar to'g'irisida umumiy tushuncha. Katalitik kreking. Katalitik reforming. Izobutanni olefinlar bilan alkillash. Oltingugurtli, yuqori oltingugurtli va yuqori parafinli neftlarni qayta ishlash uzluksiz ortib borayotgan sharoitda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi, ular turlarining ko'payishi va sifatining yaxshilanishi ikkilamchi va ayniqsa katalitik jarayonlarning tezroq rivojlanishini talab qiladi. Hozirgi vaqtda MDHda va Respublikamizda katalizatorlar yordamida neftni qayta ishlash natijasida kimyoviy sanoati mahsulotlarining taxminan 75 % ishlab chiqariladi. Yangi kimyoviy jarayonlardan 90 % dan ortig'i katalizatorlarni ishlatishga asoslangan. Neftni qayta ishlashda yoqilg'ilarni olish uchun quyidagi katalitik jarayonlar: katalitik kreking, katalitik riforming, gidrotozalash, alkillash, izomerlanish va gidrokrekinglar keng qo'llaniladi. Gidrotozalash va gidrokrekingning katalitik jarayonlari yuqori sifatli neft moylari va parafinlarni ishlab chiqarish uchun qo'llaniladi. Kataliz va katalizatorlar to'g'risida umumiy ma'lumotlar Katalizatorlarning reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan o'zaro ta'siri xarakteriga qarab va oraliq mahsulotlarning turiga qarab reaksiyalar va tegishli ravishda katalizatorlar oksidlovchi- qaytaruvchi va kislotali - asosli bo'ladi. Ko'pgina sanoat katalizatorlari bifunksional bo'ladi, chunki oksidlovchi-qaytaruvchi katalizatorlar kislotali tashuvchining ustini qoplaydi. Boshqa tomondan, ko'pgina sulfidlar va oksidlarning o'zlari oksidlovchi-qaytaruvchi va kislotali-asosli faollikka ega. Neftni qayta ishlash sanoatida faol yuzali qattiq jismning geterogen katalizi keng tarqalgan. Katalizatorlarning faolligi, tanlanuvchanligi va barqarorligi. Bitta reaksiyaning o'zi har xil katalizatorlar ishtirokida sodir bo'lishi mumkin. Berilgan reaksiyaning tezligi katalizatorning tabiatiga qarab ularning faolligini xarakterlaydi. Masalan, etilenni gidrogenlash nisbiy tezlik konstantasi turli katalizatorlar ishtirokida quyidagicha bo'ladi: Shunday qilib, etilenni gidrogenlash uchun eng faol katalizator bo'lib radiy xizmat qiladi. Ko'pchilik hollarda katalizator ishtirokida asosiy reaksiya bilan bir qatorda yana qator parallel va ketma-ket reaksiyalar sodir bo'ladi. Maqsadli mahsulotga aylanadigan dastlabki moddalarning ulushi katalizatorning tanlovchanligini xarakterlaydi. Berilgan katalizatorda reaksiyaning tanlovchanligi jarayonning sharoitlariga bog'liq bo'ladi. Katalizatorning muhim xossalaridan biri, uning vaqt ichida faolligini barqaror saqlab turish qobiliyati hisoblanadi. Gomogen katalizda suyuq katalizator ish jarayonida uning konsentratsiyasini kamaytiradigan mahsulotlarning to'planishi natijasida faolsizlanadi. Qattiq katalizatorlar faolligining pasayishi sabablari xilma-xildir. Qattiq katalizatorlar faolligining pasayishi ham fizikaviy ham kimyoviy o'zgarishlarga olib keladi. Uzoq vaqt davomida harorat ta'sirida metallarning rekristallanishi sodir bo'ladi, bu esa katalizator nisbiy yuzasining yoki faol markazlari sonining o'zgarishiga olib keladi. Katalizatorning rekristallanishiga barqarorligini oshirish uchun uning tarkibiga rekristallanish tezligini pasaytiruvchi moddalarstruktura hosil qiluvchi promotorlar kiritiladi. Mexanik va termik ta'sirlar ham katalizator zarrachalarining asta-sekin yemirilishiga olib keladi. Katalizatordagi kimyoviy o'zgarishlarni ularning yuzasiga xomashyodagi qo'shimchalar yoki ularning parchalanish mahsulotlarining xemosorbsiyasi keltirib chiqaradi. Katalizatorni zaharlovchi qo'shimchalar zaharlar deyiladi. Neftni qayta ishlash jarayonida oltingugurt, azot va boshqa geteroatomlarning birikmalari hamda xomashyoda bo'lgan metallorganik birikmalar zaharlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 903.79 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 903.79 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga