Neft va gaz xomashyolarini qayta ishlashda gidrirlash, degidrirlash, alkillash, siklizatsiya, izomeralanish, nitrolash, sulfolash va oksidlash jarayonlari

Neft va gaz xomashyolarini qayta ishlashda gidrirlash, degidrirlash, alkillash, siklizatsiya, izomeralanish, nitrolash, sulfolash va oksidlash jarayonlari

O'quvchilarga / Kimyo
Neft va gaz xomashyolarini qayta ishlashda gidrirlash, degidrirlash, alkillash, siklizatsiya, izomeralanish, nitrolash, sulfolash va oksidlash jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Neft va gaz xom-ashyolarini qayta ishlashda gidrirlash, degidrirlash, alkillash, siklizaTsiya, izomeralanish, nitrolash, sulfolash va oksidlash jarayonlari. NYeFTNI QAYTA IShLAShDA GIDROGYeNLASh JARAYoNLARI Neftni qayta ishlashda va neft kimyosida gidrogenlash jarayonlari keng qo'llaniladi. Barqaror yuqori oktanli benzinlarni olishda; dizel va qozonxona yoqilg'ilari hamda surkov moylarining sifatini yaxshilashda bu jarayonlardan foydalaniladi. Neft kimyosi sanoatida gidrogenlash reaksiyalari yordamida siklogeksan va uning hosilalari, ko'pgina aminlar, spirtlar hamda bir qator monomerlar olinadi. Oxirgi yillarda gidrogenlash jarayonlarining tez rivojlanishi tovar mahsulotlarining sifatiga talablarning oshishi, vodorod ishlab chiqarishning narxi ancha pasayishi va yuqori ta'sirli katalizatorlarning kashf etilishi bilan tushuntiriladi. Neftni qayta ishlash sanoatida gidrogenlash jarayonlarini qayta ishlanadigan neft fraksiyalarining uglevodorodli va fraksion tarkibini tartiblashtirish uchun, ulardan oltingugurt va azot saqlagan birikmalarni ajratib chiqarish uchun, neft yoqilg'ilari, moylari hamda neft kimyosi xomashyosining foydalanish xarakteristikalarini yaxshilash uchun qo'llaydilar. Asosiy gidrogenlash jarayonlari quyidagilardir: 1. Mahsulotlarnig sifatini yaxshilash yoki uni keyingi qaytaishlashga tayyorlash maqsadida neft fraksiyalarini oltiggugurt, azot va kislorod saqlagan birikmalardan gidrotozalash; 2. Neft fraksiyalarida alken va arenlarni gidrogenlash; 3. Neft fraksiyalarining gidrokrekingi. Neft va neft mahsulotlarinigidrotozalash Gidrotozalash - bu neft mahsulotlaridan geteroatomli, to'yinmagan birikmalar va qisman polisiklik arenlarni katalizatorlarda vodorod muhitida chiqarib yuborish jarayonidir. Gidrotozalash jarayonining kimyoviy asoslari. Geteroatomlarning chiqarib yuborilishi S-S, C-N va S-O bog'larning uzilishi va hosil bo'lgan parchalarning to'yinishi natijasida hosil bo'ladi, bunda oltingugurt, azot va kislorod tegishli ravishda H2S, NH3 va N2O holida ajralib chiqadi. Alkenlar qo'shbog' hisobiga vodorodni biriktiradi. Polisiklik arenlar qisman gidrogenlanadi. Oltingugurt saqlagan birikmalarni o'zgarishi. Merkaptanlar uglevodorod va vodorod sulfidiga aylanadi: Sulfidlar merkaptanlar hosil bo'lish bosqichi orqali gidrogenlanadi: Disulfidlar vodorod sulfid va tegishli uglevodorodgacha ham merkaptanlar hosil bo'lish bosqichi orqali gidrogenlanadi: Azot saqlagan birikmalarni o'zgarishi. Neft mahsulotlarida azot asosan geterosiklda pirrol va piridinning hosilalari holida saqlanadi. C-N bog'ning gidrogenolizi S-S bog'inikiga qaraganda qiyinroq amalga oshadi, shuning uchun gidrotozalash jarayonlarida oltingugurtga qaraganda azotni yo'qotish qiyinroq bo'ldi. Aminlar eng oson gidrogenlanadi: Azot saqlagan birikmalarni o'zgarishi. Amin guruhni aromatik halqada saqlagan anilin ancha qiyinroq gidrogenlanadi: Gidrotozalashning odatdagi katalizatorlari ishtirokida azot saqlagan birikmalarning deyarli to'liq gidrogenlanishiga erishiladi. Kislorod saqlagan va metallorganik birikmalarning o'zgarishi. Neft mahsulotlarining o'rta distillyatli fraksiyalarida kislorod: spirtlar, efirlar, fenollar va naften kislotalar holida uchraydi. Yuqori haroratda qaynaydigan fraksiyalardagi kislorod asosan ko'prikchali bog'larda va molekulalarning halqalarida joylashgan. Kislorod saqlagan birikmalarning eng ko'p miqdori smola va asfaltenlarda to'planadi. Kislorod saqlagan birikmalarning gidrogenlanishidan tegishli uglevodorodlar va suv hosil bo'ladi. Neft fraksiyalarida mavjud bo'lgan metallorganik birikmalar faol katalizatorlarda parchalanib katalitik zahar bo'lgan erkin metalni hosil qiladi. Gidrotozalash natijasida metallorganik birikmalarning ancha ko'p qisimni yani (75-95 %) ni chiqarib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga