Neft va gazni qayta ishlashda hosil bo'ladigan to'yinmagan uglevodorodlar

Neft va gazni qayta ishlashda hosil bo'ladigan to'yinmagan uglevodorodlar

O'quvchilarga / Kimyo
Neft va gazni qayta ishlashda hosil bo'ladigan to'yinmagan uglevodorodlar - rasmi

Material tavsifi

Neft va gazni qayta ishlashda hosil bo'ladigan to'yinmagan uglevodorodlar Reja: Neftdan olinadigan to'yinmagan uglevodorodlar haqida ma'lumot. To'yinmagan uglevodorodlarni xossalari va ularni neft kimyo sintezida ishlatilishi. To'yinmagan birikmalar xom neftda asosan yuqori haroratda qaynaydigan fraksiyalarda juda kam miqdorda uchraydi. Ammo ular neftni qayta ishlash jarayonlarida hosil bo'ladi va neft kimyoviy hamda asosiy organik sintez uchun muhim xomashyo bo'lib hisoblanadi. Jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, termik jarayonlarning alkenlari orasida etilen va propilenlarning miqdori ko'proq, butadien va butenlar esa kamroq miqdorda. Katalitik kreking gazlarida bo'lgan alkenlar asosan propilen va butenlardan tarkib topgan. Neftdan to'yinmagan birikmalar olish jarayonlarining ikki guruhi mavjud: birinchisi bu birikmalar qo'shimcha mahsulot bo'lgan jarayon, ikkinchisi bu birikmalarni maksimal ishlab chiqarishga qaratilgan maxsus jarayon. Birinchi guruhga termik va katalitik kreking, riforming va neft qoldiqlarini kokslash jarayonlari kiradi, ularning asosiy vazifasi yoqilg'i va neft koksini ishlab chiqarishdir. Ikkinchi guruhga pirolizlash, past molekulali alkenlarni polimerlash, alkanlarni degidrogenlash hamda metalloorganik katalizatorlar ishtirokida yuqori alkenlarni sintez qilish jarayonlari kiradi (jadval). To'yinmagan birikmalarning hajmiy miqdori suyuq fazali termik kreking gazlarida (470-520 0C 2-5 MPa) taxminan 10 % ni, piroliz gazlarida (670-900C, 0,1 MPa) 30-50 % ni tashkil qiladi. Neftni termik va katalitik qayta ishlash natijasida hosil bo'lgan suyuq mahsulotlarda ham to'yinmagan uglevodorodlar bo'ladi. Masalan, suyuq fazali termik kreking bilan olingan benzinda to'yinmagan uglevodorodlarning massa miqdori 30-γ5 %, bug' fazali kreking benzinida 40-45 %, katalitik kreking benzinda 10 % ni tashkil qiladi. To'yinmagan uglevodorodlarning xossalari Fizikaviy xossalari. Past molekulali (C1-C4) alkenlar odatdagi sharoitda -gazlar. C5-C16 tarkibli alkenlar - suyuqliklar, yuqori molekulali alkenlar qattiq moddalardir. Past molekulali alkenlarning ba'zi bir xossalari 39 jadvalda keltirilgan. Kritik haroratning ko'rsatkichlaridan ko'rinib turibdiki, etilenni past harorat va yuqori bosim ostidagina suyuqlikka aylantirish mumkin, boshqa alkenlarni suyuqlikka aylantirish uchun yuqori harorat ta'sir etib suv bilan sovutib turish kerak. Sanoat miqiyosida neftni qayta ishlash jarayonlarida alkenlar- alkanlar bilan aralashma tarzida hosil bo'ladi. Ularning xossalari sezilarli darajada farq qiladi, bu esa aralashmalarni ajratishda hamda individual moddalarni ajratib olishda qo'llaniladi. Normal tuzilishli 1-alkenlar tegishli alkanlarga qaraganda pastroq qaynash hamda suyuqlanish haroratiga va yuqoriroq zichlik hamda sindirish ko'rsatkichiga ega. Bu pentan va 1-penten misolida 40- jadvalda ifodalangan. Tarmoqlangan alkenlar boshqa izomerlarga qaraganda yuqoriroq qaynash hamda suyuqlanish haroratiga va yuqoriroq zichlikka egadirlar. Alkenlarning sis- izomerlari trans-izomerlariga qaraganda yuqoriroq harorat bilan xarakterlanadi. Atsetilen odatdagi sharoitda gaz; -83,8 0C, 0,1 MPa da kondensatsiyalanadi; kritik harorati 35,5 0C; kritik bosimi 6,2 MPa. Boshqa gaz holdagi uglevodorodlar kabi atsetilen havo hamda kislorod bilan portlovchi aralashmalarni hosil qiladi, bunda alanga tarqalishi konsentratsion chegarasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 651.11 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 651.11 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga