Neft va gazning paydo bo'lishi to'g'risida tushuncha Reja: Neftning mineralli kelib chiqishi gipotezalari. Neftning organik kelib chiqish to'g'risidagi tushunchalarning rivojlanishi. Neft va gazni hosil bo'lishi to'g'risida hozirgi zamon tasavvurlar. Neft va gazning paydo bo'lishi haqidagi nazariyalar Neftning kelib chiqishi to'g'risidagi hozirgi zamon tushunchalar boshlang'ich manbalarni XVII - XIX asrning boshlarida vujudga kelgan M.V. Lomonosov neftning organik kelib chiqishi gipotezasiga asos solib, uning hosil bo'lishini «toshga aylangan ko'mirlarga», «yer ostidagi olovning ta'siri bilan» tushuntiradi, uning fikricha buning natijasida asfaltlar, neft va «tosh moylari» hosil bo'lgan. neftning mineralli kelib chiqishi to'g'risidagi g'oya birinchi marta 1805 yilda Gumbolt tomonidan bayon qilingan. Kimyoning rivojlanishi, M. Bertlo (1866 yil), G. Biasson tomonidan o'tkazilgan uglevodorodlarning anorganik sintezi bo'yicha eksperimentlar mineral kelib chiqish gipotezasining rivojlanishi uchun boshlang'ich nuqta bo'lib xizmat qildi. 1867 yilgacha neftning organik kelib chiqishi to'g'risidagi g'oyaning tarafdori bo'lgan D.I. Mendeleev 1877 yilda uning mineral kelib chiqishi to'g'risidagi gipotezani shakllantirdi, unga binoan neft katta chuqurliklarda yuqori haroratda suvning metall karbidlari bilan o'zaro ta'siri natijasida hosil bo'ladi. O'tgan asr davomida ko'p sonli kimyoviy, geokimyoviy va geologik ma'lumotlar to'planib neftning kelib chiqishi to'g'risidagi ma'lumotlar to'planib neftning kelib chiqishi to'g'risidagi muammoga aniqlik kiritildi. Hozirgi vaqtda olimlarning ko'p qismi - kimyogarlar, geokimyogarlar va geologlar neftning organik genezisi to'g'risidagi g'oyalarni eng asoslangan deb hisoblaydi, ammo uning mineralli hosil bo'lishi gipotezasini afzal ko'radigan olimlar hozirgacha ham bor. Neftning mineralli kelib chiqishi gipotezalari Neftning barcha mineralli kelib chiqish gipotezalarini uglevodorodlar, kislorod, oltingugurt va azot saqlagan neftning komponentlari oddiy dastlabki moddalar - C, H2, CO, CO2, CH4, H2τ va radikallardan yuqori haroratlarda sintez qilish g'oyasi birlashtirildi. D.I. Mendeleevning hisoblashicha uglevodorodlarning hosil bo'lish jarayonining asosi bo'lib chuqurlikdagi jinslarning metall karbanidlari yuzadan katta chuqurlikka sizib o'tadigan suv bilan o'zaro ta'sirlashishi hisoblanadi. Jarayonning sxemasi quyidagicha ifolanadi: D.I. Mendeleevning fikricha, hosil bo'lgan gaz holidagi uglevodorodlar yer qatlamining yuqoridagi sovuq qismiga ko'tarilib, u yerda kondensirlangan va g'ovak qoldiqli jinslarda to'planib turgan. τ'sha vaqtda chuqurlikdagi jinslarda ham metall karbidlari ma'lum bo'lmagan. Hozirgi vaqtda D.I. Mendeleev taxmini tasdiqlandi, karbidlar (Fe3C, TiC, Cr2C3, WC, SiC) topilgan. Ammo ular juda katta uyumlarni hosil qilmaydi, bu juda kichik (millimetrning ulushlari) juda kam uchraydigan va jinslarda tarqalgan mineral qo'shimchalardir. Shuning uchun tabiatda ma'lum bo'lgan juda ko'p miqdorda uglevodorodlarning hosil bo'lish jarayonini bu nuqtai-nazardan tushuntirish juda qiyin. Shubhasiz suv yuzadan katta chuqurlikka sizib o'ta olmaydi. Ammo bu muhim emas, chuqurlikdagi jinslarning flyuid fazasi ma'lum sharoitlarda o'zida suvni saqlaydi, shuning uchun uning karbidlar bilan o'zaro ta'siri mumkin bo'lgan narsadir. Ehtimol oddiy uglevodorodlarning hosil bo'lishi ham mumkin, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.49 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.49 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: doc