Neft va gazning umumiy xossalari

Neft va gazning umumiy xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Neft va gazning umumiy xossalari - rasmi

Material tavsifi

Neft va gazning umumiy xossalari Reja: Neftning fizik-kimyoviy xossalari. Neft va neft mahsulotlarning element va guruh tarkibi. Tabiy gazning kimyoviy tarkibi va ularning ishlatilishi. Neftning kimyoviy tarkibi va u haqida qisqacha ma'lumot Neft sarg'ish, ko'ng'ir, qoramtir rangli moysimon suyuqlik, zichligi 0,73 dan 0,95 gsm3 gacha - 20 da +20 0C gacha haroratda qotuvchi juda murakkab tarkibli turli uglevodorodlar va geteroatomli organik birikmalar aralashmasidan tarkib topgan moddalar. U yuqori koloriyali yoqilg'i (400 dan 4400 gacha kkg). Neftning kimyoviy tarkibi asosan quyidagi elementlardan tashkil topgan: C 83-87 %; H 2-14 %; S 0,3-3 %; O 0,1-1,0 %; N 0,001-0,4%. Bundan tashqari juda kam miqdorda metalloorganik birikmalar shaklida vanadiy, nikel temir, titan, kobalt, germaniy va boshqa elementlardan iborat bo'ladi. Neft tarkibida uch turdagi suyuq va erigan holda qattiq uglevodorodlar, ushlaydi: alkanli uglevodorodlar (asosan to'g'ri zanjirli, C-1 dan C-30 gacha) neftda to'yinmagan uglevodorodlar bo'lmaydi, turli uzunlikdagi yon zanjirlari bo'lgan siklopentan va siklogeksan hamda ularning hosilalari tipidagi monosiklik naftenlar va di-, tri hamda polisiklik polimetilenli uglevodorodlar, (shu jumladan, yon zanjiri bo'lganlari ham) aromatik uglevodorodlar, benzol va ularning gomologlari, naftalin, antratsen va uning gomologlari, naftearomatik gibrid uglevodorodlar va ularning hosilalari, neft, tarkibida u yoki bu sinf moddalarning ko'pligiga qarab olti tipga bo'linadi. Metanli (yoki alkanli), metanonaftenli, naftenli, metalonaftenoaromatik, naftanoaromatik va aromatik. Neftning yoshi aromatikdan metanli uglevodorodlarga o'tgan sayin o'sib boradi. Texnologik klassifikatsiyaga binoan neft 0,5% gacha oltingugurt saqlovchi kam oltingugurtli 0,51% dan 2% gacha oltingugurt saqlovchi oltingugurtli, 2% dan ortiq oltingugurt saqlovchi - ko'p oltingugurtli, 1,5% gacha alkan saqlovchi kam alkanli 1,51 dan 6% gacha alkan saqlovchi-alkanli, 6% dan ko'proq alkan saqlovchi ko'p alkanli neftlarga bo'linadi. Neftning eng asosiy tabiiy zahiralari Amerika Qo'shma shtatlarida, Janubiy Afrikaning shimoliy rayonlarida, τ'rta sharqda, ayniqsa, Iroq, Saudiya Arabistonida va Rossiyaning bir qator rayonlarida topilgan. Ozarbayjon, shimoliy Kavkaz, Kaspiy bo'yi, Tatariston ASSR, Sibir va τ'rta τsiyo Respublikalarida juda katta neft konlari joylashgan bo'lib, yer osti zahiralari va uni qayta ishlash jihatidan bu mamlakatlar dunyoda yetakchi o'rinlarni egallaydi. XX asrning boshlarida ichki yonuv dvigatellar ixtiro qilingach, neftga ehtiyoj yanada ko'paydi. Neft mahsulotlaridan (benzin, og'ir suyuq yoqilg'i, surkov moylari va hoka'zolardan) foydalanish hozirgi davrda shu darajaga borib yetdiki, biror davlat iqtisodini neftsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuni ham aytish kerakki, organik sintez uchun zarur bo'lgan ko'pdan-ko'p moddalar neft sanoatining qo'shimcha mahsulotlari hisoblanadi. Turli konlardan qazib chiqariladigan neftning kimyoviy tarkibi turlicha bo'ladi. Uning asosiy tarkibini metandan tortib to molekulasida 50 tagacha uglerod atomi bo'lgan juda murakkab uglevodorodlar tashkil etadi. Siklopentan va siklogeksan hosilalari neftda ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 334.75 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 334.75 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga