Mavzu: Neft va tabiiy gazning analiz qilish usullari Mavzu: Neft va tabiiy gazning analiz qilish usullari Reja: 1. Neft va tabiiy gazni analiz qilishning xromatografik usullari. 2. Xromatografik analiz qilishda qо'llaniladigan asbob-uskunalar. 3. Gel xromatografiyaasi. 4. Xroatografik analizning ahamiyati. Hozirgi paytda eng muhim xromotagrofiya usullari gaz-qattiq modda xramotagrafiyasi, gaz-adsorbsion xromotagrafiya (GAX, bunda qо'zg'almas faza sifatida qattiq adsorbent ishlatiladi) va gaz-suyuqlik xromotagrafiyasidir (GSX, bunda qattiq sorbent donachalari yuzasidagi suyuqlik pardasi qо'zg'almas faza bо'ladi). Gaz xromatografini tuzilishi. 1-tashuvchi gazning doimiy oqim manbai, 2-gaz oqim rostlagichi, 3- tekshiriluvchi namuna miqdorini o'lchab kiritish uchun dozalovchi moslama (dozator), 4-termostatlangan xromotagrafiya kolonkasi, 5-detoktor, 6-o'ziyozar moslama, 7-kolonkali isitish bloki. Gaz xromotagrafiyasida tekshiriluvchi aralashmaning tarkibiy qismlari (komponentlari) gaz faza bilan qattiq yoki suyuq fazalar orasida taqsimlanadi. Gaz xromatografiyaasida harakatchan fazani gaz yoki bug' tashkil qil ad i. Gaz xromotagrafiyasini о'tkazishda ma'lum haroratgacha qizdirilgan tashuvchi gaz oqimiga tahlil qilinadigan namuna kiritiladi. Namuna tarkibidagi moddalar tashuvchi gaz oqimida bug'lanib, termostatlangan, qо'zg'almas fazali (adsorbentli) kolonkaga kiradi. Kolonkadagi adsorbentda gazsimon moddalar aralashmasining kо'p marta takrorlanuvchi adsorbsiya va desorbsiya (yoki suyuqlik pardasida erish va ajralib chiqish) jarayonlari sodir bо'ladi. Bunda murakkab aralashmaning tarkibiy qismlarga ajratilishi tekshiriluvchi moddalarning fazalar orasida taqsimlanish koeffitsiyenta yoki adsorbsiyalanish koeffitsiyenta bilan aniqlanadi. Kolonkadan chiqishda aralashma alohida moddalarga ajralaib, gaz oqimi bilan birga dektorga kiradi. Gaz xromatografiyaasining bir turi bо'lgan kapillyar xromatografiyaada aralashmani tarkibiy qismlarga ajratish samaradorligi ancha katta bо'ladi. Bu usulda xromogografik kolonka sifatida diametri OD-0,5 mm va uzunligi bir necha о'nlab metr bо'lgan kapilyarlardan foydalaniladi. Bunda kapilyarlar qattiq tashuvchi vazifasini bajaradi. Ularning ichki devorlari qо'zgalmas suyuq yoki qattiq faza pardasi bilan qoplangan bо'ladi. Kapilyarlar uzunliginint kattaligi va diametrining kichikligi aralashmalarning tarkibiy qismlarga yaxshi ajratilishini, xromatografiyaalashni katta tezlikda olib borishni va gaz xromatografiyaasining juda sezgir bо'lishini ta'minlaydi. Kapillyar xromatografiyaaning asosiy qiyinchiliklari katta uzunlikdagi ingichka kapilyarlarni tayyorlash, ularning devorlarida suyuq yoki qattiq fazanint yupqa qatlamini hosil qilish va namuna komponentlarining mikro miqdorlarini detektorlashdan iborat. Kapilyarlar misdan, alyuminiydan, shishadan, zanglamaydigan pо'latdan, plasstmassalardan yasaladi. Kimyoviy moddalar ta'siriga barqarorligi, tozaligi va tayyorlash osonligi tufayli shishadan tayyorlangan kapillyar kalonkalar amalda kо'p ishlatiladi. Zaruriy uzunlikda tayyorlangan kapillyar baraban yoki kassetaga о'ralib, ichki yuzasiga qо'zg'almas suyuq faza qoplanadi va gaz xromatografiyaaning termoshkafiga joylashtirilib, asbobning gaz zanjiriga ulanadi. Kapillyar kolonka devorining ichki yuzasiga qoplash uchun dastlab suyuq faza tanlanadi, u devorni yaxshi hо'llaydigan va aralashmaning tarkibiy qismlari yaxshi ajratilishini ta'minlaydigan bо'lishi kerak. Avval kapillyar kalonka xarakatchan organik erituvchi bilan bosim ostida yuviladi, sо'ngra kuruq azot oqimida quritiladi. Kapillyar kalonkaning ichki yuzasini qoplash uchun ishlatiladigan qо'zg'almas faza uchuvchan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
402.81 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
402.81 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: ppt