Neft va tabiiy gazning element tarkibi

Neft va tabiiy gazning element tarkibi

O'quvchilarga / Kimyo
Neft va tabiiy gazning element tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Neft va tabiiy gazning element tarkibi Mavzu: Neft va tabiiy gazning element tarkibi REJA: 1.Neft,tabiiy gaz va ularning mahsulotlarini element tarkibi. 2.Neft va gazokondensat bilan birga chiqadigan gazlar. 3. Neftning izoprenoid uglevodorodlari. 4.Neft tarkibida uchraydigan alkanlar hamda arenlarning xossalari. Neft, tabiiy gaz va ularning mahsulotlarini element tarkibi Neftlar kimyoviy nuqtai nazardan uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan tashkil topgan bo'lib, ular tarkibida kislorod, oltingurgurt va azot birikmalari ham uchraydi. Neftning asosiy elementlaridan uglerod - 83-87%, vodorod - 12-14%, kislorod, oltingurgurt va azot - 1-2% ni va ayrim hollarda undan ortiqroq ham uchraydi. Uglerodni vodorodga nisbati neft uchun 5,8 dan 8 gacha o'zgarib tursa, ko'mirli qatordagi kaustobiolitlar uchun bu ko'rsatkich 38 gacha. Shuning uchun CH nisbati yonuvchi qazilmalarni neftli yoki ko'mirli qatorga o'tkazishda nihoyatda o'ziga xos ko'rsatkichdir. Neftlarni tarkibida 10% dan 70% gacha alkanlar uchraydi. Alohida neftni olganimizda u'rtacha molekula og'irligi ortishi bilan alkanlarning miqdori kamayib boradi. Neftni yuqori fraktsiyalaridagi alkanlar (parafin va tserezinlar) qattiq holda bu'ladi. Alkanlarning molekulasini tuzilishi tu'g'ri va tarmoqlangan zanjirli bu'ladi. Bu neftni qayerdan qazib olinayotganiga bog'liq. Tarmoqlar asosan metil gruppasidan iborat bo'lib, ular zanjirning 2 - va 3 - uglerodida uchraydi. Gazlarni tarkibidagi alkanlar Olinish usullariga ku'ra gazlar: neft gazi, tabiiy gaz va gazokondensat gazlariga bu'linadi. Tabiiy gaz asosan metandan iborat bu'lib qisman etan, propan, butanlar, pentanlar va shular bilan birga azot, vodorod sulfid gazi, SO2, azot oksidi (NO2) gazlari qu'shilib chiqadi. Tabiiy gazni biz quruq gaz deymiz, unda metanning miqdori 93 -99% ni tashkil etadi. Neft va gazokondensat bilan birga chiqadigan gazlar Yer qobig'ida gazlar bosim ostida neftni tarkibida erigan holatda bu'ladi va neft bilan birga chiqadi. Neft qazib olganda bosim kamayganligi sababli, neftning tarkibidan gaz ajralib chiqadi. Bu gazlar asosan yog'li (og'ir) gaz bu'lib, tarkibi propan, bo'tandan iborat. Gazokondensat konlaridan chiqayotgan gazlar u'zlari bilan gazkondensatni birga olib chiqdilar. Yer yuziga chiqqanda bosim kamayganligi sababli gaz qismi osonlik bilan suyuq qismidan ajratiladi. Gazokondensat gazlarining asosiy qismini metan tashkil etadi. Suyuq qismi esa 2-5%, ba'zan undan ham ortiqroq, bu'lib, ular u'zlarining tarkibi bo'yicha benzin, kerosin, dizel va undan yuqoriroq fraktsiyalarni tashkil etadilar. Halqali alkanlar neftdagi 25 - 75% mass. bo'ladi. Neftni hamma fraktsiyalarida uchraydi. Faqat eng yuqori fraktsiyalarda aromatik utlevodorodlar ko'p bo'lganligi uchun, nisbatan ularni miqdori kamayadi. Baku va Emba rayonlaridagi neftlar halqali alkanlarga boydir. halqali alkanlarning besh va olti burchakliklari nisbatan chidamlidirlar. Yuqori haroratda qaynovchi fraktsiyalarda ikki halqali alkanlar, yoki bu'lmasa biri alkan ikkinchisi aromatik halqali uglevodorodlar uchraydi. Neftlarni tarkibida aromatik uglevodorodlar (arenlar) ham bor. Ularning miqdori ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 354.18 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 354.18 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga