Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi

Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi

O'quvchilarga / Kimyo
Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi Mavzu: Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi Reja 1. Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi. 2. Neft tarkibida uchraydigan tо'yingan uglevodorodlar. 3. Neft tarkibida uchraydigan naftenlar hamda aromatik uglevodorodlar. 4. Azotli hamda oltingugurtli birikmalar. Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi. Neft tarkibida uchraydigan tо'yingan uglevodorodlar Neft tarkibidagi barcha uglevodorodlar kimyoviy strukturasi bо'yicha 4 guruhga bо'linadi: I. Tо'yingan yoki parafin uglevodoroddar, umumiy formulasi: CnH2n+2 Tо'yingan uglevodorodlar neftning tarkibida asosan past temperaturada qaynaydigan (yengil) fraksiyalarda kо'proq bо'ladi. Bu uglevodorodlarning birinchi 4 ta vakili 0°C haroratda va 0,1 MPa bosim ostida gaz holatida bо'ladi. Bularga: metan CH4, etan C2H6, propan C3H8, butan C4H10 kiradi. Tо'yingan uglevodorodlarning beshinchi vakili pentan C5H12 dan C16,H34 vakiligacha suyuq holatda va C17H36 dan boshlab qattiq holatda bо'ladilar. Parafin uglevodorodlar kimyoviy strukturasiga qarab ikki xil guruhga bо'linadi: normal-parafin uglovodorodlar; izomer-parafin uglevodorodlar. Benzin tarkibida normal-parafin uglevodorodlarning bо'lishi maqsadga muvofiq emas, chunki tarkibida bunday uglevodorod bо'lgan yonilg'i dvigatelda yomon yonadi. Normal-parafin uglevodorodlar yuqori temperatura ta'siriga beqaror bо'lib, tez oksidlanadi va detonatsion (noteks) yonishni keltirib chiqaradi. Lekin, bu uglevodorodlar ma'lum sharoitda tez oksidlanishi tufayli ular tezyurar dizel yonilg'isining bosim ostida о'z-о'zidan alangalanish qobiliyatini oshiradi. Normal-parafin uglevodorodlarning qotish temperaturasi yuqori bо'lgani uchun ular kо'proq yozgi sort dizel yonilg'i va surkov moylarda ishlatiladi. Izomer-parafin uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarning izo-merlari hisoblanadi. Ular turli-tuman tarmoqli strukturalar hosil qiladi. Bitta oktanning kimyoviy formulasiga C8H18 izooktanning 17 xil izomeri mavjud. Ularning tarkibidagi elementlar bir xil bо'lsa ham,ammo turli xil tuzilishga ega bо'lganligi uchun (molekulalarda atomlar turlicha joylashadi) har xil fizik va kimyoviy xosmsalarga ega bо'ladilar . Masalan: 17 ta izooktandan biri 2,2,4-trimetilpentandir. Izomer-parafin uglevodorodlar benzin tarkibida qancha kо'p bо'lsa, shuncha yonilg'i tо'liq yonadi. Neft tarkibida uchraydigan naftenlar hamda aromatik uglevodorodlar Naften uglevodorodlar, kimyoviy formulasi: CnH2n. Bu uglevodorodlar siklik strukturaga ega. Ular parafin uglevodorodlardan 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Siklopentan Siklogeksan Naften uglevodorodlar parafin va aromatik uglevodorodlar oralig'ida turadi, shuning uchun ularning benzin tarkibida bо'lishi uning qoniqarli ishlashini ta'minlaydi. Naften uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi va yuqori temperaturada oksidlanishiga qarshi moyilligi ham kuchli. Naften ugdevodorodlarning yengil fraksiyalari qotish temperaturasi past bо'lganligidan qishki sort dizel yonilg'isi tarkibinng asosiy qismini tashkil etadi. Naften uglevodorodlarning og'ir fraksiyalarining qovushqoqligi va kimyoviy barqarorligi yuqori bо'lganligi uchun asosan (50-80%) motor moylarining asosini tashkil etadi. Aromatik uglevodorodlar, umumiy formulasi: CnH2n-6 , CnH2n-12 Azotli hamda oltingugurtli birikmalar Azotli birikmalar - neft' mahsulotlari tarkibida deyarli juda kam miqdorda, asosan smolali-asfalt moddalari kо'rinishida (0.3 %) uchraydi. Bu moddalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 337.43 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 337.43 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga