Neft va yo'ldosh gazlardagi alkanlarning miqdori

Neft va yo'ldosh gazlardagi alkanlarning miqdori

O'quvchilarga / Kimyo
Neft va yo'ldosh gazlardagi alkanlarning miqdori - rasmi

Material tavsifi

Neft va yo'ldosh gazlardagi alkanlarning miqdori Reja: Neft tarkibidagi suyuq alkanlar; Neftning qattiq alkanlari; Alkanlarning xossalari; Neft tarkibida mavjud bo'lgan alkanlar tuzilishi va tarkibiga ko'ra gazsimon, suyuq yoki qattiq holatdagi moddalardir. Gazsimon alkanlar zanjirida birtadan to'rttagacha uglerod (C 1- C4) atomlarni saqlaydi va ular tabiiy va yo'ldosh gazlar tarkibiga (metan, etan, propan, butan, izobutan) kiradi. Tarkibida 5 tadan-15 tagacha (C5 - C15) uglerod atomini saqlagan birikmalar suyuq moddalardir. n-alkanlar geksadekandan (C16) boshlab qattiq moddalar hisoblanadi, qachonki ular odatdagi haroratda neftda erigan yoki kristall holatda bo'lib yuqori haroratli fraksiya hisoblanadi. Ko'pchilik neftlar o'z tarkibida to'yingan uglevodorodlar (alkanlar, metan uglevodorodlar yoki alkan uglevodorodlar deb ham ataladi), sikloalkanlar (naften uglevodorodlar) va aromatik (arenlar) uglevodorodlarni saqlaydi. Neft qaysi kondan qazib chiqarilganligiga qarab tarkibi turlicha bo'ladi. Masalan, O'zbekistonda Farg'ona vodiysi va Rossiyaning Volgograd oblastidagi neftlar. Ayrim hollarda bir regiondan qazib olingan ikki neft namunasi tarkibi jihatidan o'zaro keskin farq qilishi mumkin. To'yingan uglevodorodlar (CnH2n+2) qatoridagi alkanlar hamma neft tarkibida mavjud bo'lib, uning fraksiyalarining asosiy tarkibiga kiradi. Metan neftning uglevodorodlar fraksiyalariga bir tekisda taqsimlanmaydi. Ular, asosan, neft gazlari va benzin, kerosin fraksiyalarida konsentrlangan bo'ladi. Moy fraksiyalarda esa ularning miqdori keskin kamayadi. Ayrim neftlarning yuqori fraksiyalarida amalda alkanlar bo'lmaydi (jadval). Neftda alkanlarning umumiy miqdorini 25-30 % (erigan gazlarni hisoblaganda) tashkil etadi. Erigan holatdagi uglevodorodlarni hisoblaganda alkanlar miqdori ba'zi neftlarda 50-70 % ga ortadi. Shuningdek, neftlar borki, ularda alkanlar miqdori faqat 10-15 % bo'ladi. Rosiyada Ozeksuat (Stavropol o'lkasi) neftlari nisbatan alkanlarga boydir, mangishlak, grozninsk parafinsimon, ba'zi bir Embensk va shinbaev, Maykom, Tuymazin, Buguruslan, Romashqin, Markovsk va boshqalar, hamda O'zbekistonda Fargona, Mingbuloq, Ko'kdumalok, Jarqo'rg'on neftlari alkanlar tarkibi (1- jadvalda) keltirilgan. Neftda o'rtacha molekulali massali fraksiya miqdori ortishi bilan ulardagi alkanlar miqdori kamayadi. 200-300 0C oralig'ida haydaladigan o'rtacha fraksiya, ular odatda 55,0- 61,0 % (kam bo'lmagan), 500 0C da esa qoida bo'yicha bu uglevodorodlar miqdori 19,0-5,0 % gacha kamayadi. Mang'ishlak yarim orolida yuqori parafinli neft bundan istisno, ya'ni bunga kirmaydi. Shunday qilib, Uzensk neftida tempertura ortishi bilan fraksiyalarni ajratish, uglevodorodlarning miqdori ortishi, og'ir fraksiyalarda esa doimo kamayishi namoyon bo'ladi. Neftdagi alkanlar miqdori konning joylashgan o'rniga ham bog'liq. Masalan keng fraksiyada 300 0C gacha ularning miqdori Mangishlak neftida 88 % gacha, Sibir neftida 53,71 % gacha, Tataristonda 55 % va Boku neftida 30-40 % gacha etadi. Yuqori fraksiya neft alkanlari parafinlar, gohida serezin qattiq modda hisoblanadi. Neft alkanlari normal va tarmoqlangan tuzilishli izomerlar holida bo'ladi, ularning nisbiy miqdori neft turiga bog'liq. Shunday qilib, neftda alkanlarni keng oraliqda o'zgarishlari gohida 50 % ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.2 MB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.2 MB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga