Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neft - yoqilg'i va moylar olish uchun asosiy xom-ashyo Reja: Kirish. Neftning xalq xo'jaligi sohasida tutgan o'rni. Neftning uglevodorod guruhi. Neftni qayta ishlash jarayonlari. Kirish. Neftni qayta ishlash sanoati xalq xo'jaligini yoqilg'i va surkov materiallariga bo'lgan ehtiyojini qondirib kelmoqda. Neftdan bitum, koks, parafinlar olinib, bundan tashqari neft - neft kimyosi uchun xom-ashyolar bazasi ham hisoblanadi. Xalq xo'jaligining asosiy sohasi sanoatda 1 mln. dan ortiq (1995) ishchi va xizmatchilar mehnat qiladi. Sanoatda 100 dan ortiq tarmoq, 12 yirik tarmoq bo'lib, ulardan 6 tasi bazaviy tarmoq hisoblanadi. O'zbekiston sanoatida elektr energiyasi, gaz, neft, ko'mir, benzin, po'lat, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari va boshqa ko'pgina mahsulotlar ishlab chiqariladi. O'zbekiston iqtisodining rivojlanishida yoqilgi-energetika kompleksining o'rni alohida. Uning tarkibiga gaz, neft va neftni qayta ishlash, ko'mir va energetika kiradi. O'zbekiston jahondagi o'nta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Neftni qayta ishlash sanoati sohasida mamlakatimizda Oltiariq, Farg'ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari ishlab, ular yiliga 11,2 million tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarishadi. Farg'ona zavodi surkov moylari va yonilg'i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish bo'yicha 30 dan ortiq texnologik qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilg'i ishlab chiqarish yo'nalishida uning asosiy texnologik qurilmasi 7 ta. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi yaqinda, yani 1997 yil 22 avgust kuni ishga tushirilgan bo'lib, zavod to'la quvvatda ishlaganda ulardan yuqori oktanli benzin, dizel yokilg'isi, koks, parafin, motor moylariga qo'shilmalar, ichki yonuv dvigatellari uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi neft mahsulotlar olinadi. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o'zlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar o'zlashtirilmokda. Keyingi yillarda ko'rilgan keskin tadbirlar natijasida neft qazib olish hajmi o'sdi va Respublikaning neft mustaqilligi ta'minlandi. Gaz sanoati yoqilg'i - energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog'i hisoblanadi. Uning Respublikada qazib olinayotgan yoqilg'i balansidagi hissasi 82,2% ni tashkil etadi. Neft bu - bir - biridan qaynash harorati bilan farq qiladigan turli uglevodorodlar (S = 83-87 %, N = 11-14 %), smola-asfalten mahsulotlari va tarkibida kam miqdorda oltingugurt, kislorod va azot saqlagan organik birikmalarining murakkab aralashmasidir. Neft odatda, qora rangli moysimon, yonuvchan suyuq modda bo'lib o'ziga xos hidi bor. U suvdan biroz yengil va suvda erimaydi. Neft - asosan vodorod va ugleroddan tashkil topgan. Neftning tarkibini barcha uglevodorodlarning asosiy sinflari - parafinlar, naften uglevodorodlari, aromatik uglevodorodlar va ularning aralashmalari (parafin - naftenli, naften - aromatik va h.k.lar) tashkil qiladi. Neft xom ashyosi tarkibida to'yinmagan va olefin uglevodorodlari juda ham kam bo'ladi. Bu uglevodorodlar termik va ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.79 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.79 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: docx