Neft xomashyosini tozalash va ajratish texnologiyasi haqida tushuncha. Yonilg'i va surkov moylarini tozalash jarayonlarining maqsadi

Neft xomashyosini tozalash va ajratish texnologiyasi haqida tushuncha. Yonilg'i va surkov moylarini tozalash jarayonlarining maqsadi

O'quvchilarga / Kimyo
Neft xomashyosini tozalash va ajratish texnologiyasi haqida tushuncha. Yonilg'i va surkov moylarini tozalash jarayonlarining maqsadi - rasmi

Material tavsifi

Neft hom ashyosini tozalash va ajratish texnologiyasi haqida tushuncha. Yonilg'i va surkov moylarini tozalash jarayonlarining maqsadi Reja: 1. Yonilg'i va surkov moylarini tozalash jarayonining maqsadi; 2. Neft yonilg'ilarining asosiy turlari va sifati 3. Neft moylari, turlari, neft fraksiyalaridan moylar olish usullari, sxemasi, moy fraksiyalarini tozalash usullari; 4. Moy fraksiyalarini va qoldiq qismini tanlab oluvchi erituvchilan bilan tozalash. Neftni birlamchi qayta ishlash va olingan mahsulotlarni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni yonilg'i, surkov moyi yoki kimyo sanoatida hom ashyo sifatida to'g'ridan to'g'ri ishlatish mumkin emas. Ulardan sifatli mahsulot olish uchun qo'shimcha ravishda keraksiz, tayyor mahsulotni sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi moddalardan tozalash kerak. Buning uchun kerak bo'lmagan moddalarni bazi bir reagentlar bilan kimyoviy birikmalar shaklida chiqazib tashlanadi masalan kislotalar, j ishqorlar va boshqalar yordamida. Bazan neft mahsulotlarini fizikaviy usul bilan uglevodorod tarkibini o'zgartirmagan holda malum qismlarga ajratiladi tanlab ta'sir etuvchi erituvchilar, adsorbentlar yordamida, deparafinlash va boshqalar. NYeFT YoNILQILARINING ASOSIY TURLARI VA SIFATI Neft mahsulotlaridan olinadigan yonilg'ilardan foydalanish nisbatan kulay bo'lgani uchun ular xalq xo'jaligida keng foydalaniladi. Neft yonilg'ilarini quyidagi turlari bor: 1 Porshenli dvigatellarda ishlatiladigan, tashqaridan ta'sir ko'rsatib o't oldiriladigan avtomobil va aviatsiya benzinlari. ( 2 Porshenli dvigatellarda ishlatiladigan, siqilish natijasida alanga oladigan dizel yonilg'ilari. 3 Reaktiv dvigatellar uchun. 4 Gaz-turbinalari dvigatellar va ustanovkalar uchun. 5 Bug' qozonlari uchun. 29 Benzinlar uchun ularning detoganatsiyaga chidamliligi asosiy ko'rsatgichlardan hisoblanadi. Dvigatel tsilindlarida benzin bug'lari va havo aralashmasi tashqaridan o't berilmaguncha oksidlanishga chidamli bo'lishi zarur. Dizel dvigatellarida esa yonilg'i siqilgan havoni qizishi hisobiga ♦ alanga oladi. Bu yonilg'ilar qisqa vaqtda alanga olishi kerak. Qiyinlik bilan oksidlanadi yonilg'i ishlatilsa alangalanish davri cho'zilib ketadi, natijada yonish kameralarida ko'p miqdordagi yonilg'i alanga olib kamerada bosim ko'tarilib ketadi va dvigatellarni ish qobiliyati yomonlashadi. Gaz - turbinali dvigatellar, bug' qozonlarida ishlatiladigan yonilg'ilarga alohida qo'yiladigan talablar yo'q. Reaktiv dvigatellarda ishlatiladigan yonilg'ilar malum talablarga javob berishi zarur. Yonish davrda forsunkalarda qoldiq qolishi man etiladi. qoldiq borgan sari ko'payib, forsunkaga tiqilib qolishi mumkin. Yonish kameralarida qurum hosil bo'lishi man etiladi. Shu asosida reaktiv yonilg'ilarda aromatik uglevodorodlar 14%dan ortmasligi, smolani miqdori 5-6 mg100 ml, oltingugurtning miqdori | 0,1-0,25% mass.dan shu jumladan merkaptanlarni miqdori 0,005% maedan oshmasligi lozim. Termodestruktiv usullar bilan olingan mahsulotlarda to'yinmagan uglevodorolar ko'p miqdorda bo'lib, ular havodagi kislorod ta'sirida oksidlanadi, polimerlanadi va smolasomon moddalar hosil qilib mahsulotning sifatmini pasaytiradi. Azot birikmalari esa, dvigatellarda qurumlar hosil qiladi. Katalizatorlarni zararlantiradi. Oltingugurt birikmalari yonilg'ilarni ishlatilgan jarayonida oksid birikmalarini hosil qilib, badbo'y xid chiqaradi, atrof muhitni ifloslaydi. Dvigatellarni va uskunalarni korroziyaga uchratadi, katalizatorlarni aktiv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 118.9 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 118.9 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga