Neftdagi arenlar va gibrid birikmalar

Neftdagi arenlar va gibrid birikmalar

O'quvchilarga / Kimyo
Neftdagi arenlar va gibrid birikmalar - rasmi

Material tavsifi

Neftdagi arenlar va gibrid birikmalar Reja: Umumiy ma'lumot Arenlarning fizik xossalari Arenlarning kimyoviy xossalari Kondensirlangan arenlarning kimyoviy xossalari Gibrid sikloalkan - arenlar Arenlarning neft kimyoviy sintezda ishlatilishi Arenlarni ishlab chiqarish xomashyo bazalari strukturasi Arenlar - aromatik uglevodorodlar alkanlar va sikloalkanlarga nisbatan neft tarkibida kamroq miqdorda uchraydi. Turli neftlarda ushbu uglevodorodlarning umumiy miqdori turlicha bo'lib, 10-20% (massaviy) ni tashkil qiladi. Aromatik neftlarda, masalan, Chusov neftida uning miqdori 35 va undan ortiq foizni tashkil qiladi. Ushbu sinf uglevodorodlari neftda benzol va uning gomologlari hamda bi - va polisiklik birikmalar hosilalari holida mavjud. Neft tarkibida gibrid strukturali uglevodorodlar ham mavjud bo'lib nafaqat aromatik sikllar, alkilli sikllar, balki sikloalkanli sikllar ham mavjud. Neft tarkibidagi arenlar boshqa sinf uglevodorodlariga nisbatan yaxshiroq o'rganilgan. Ko'pgina individual arenlar turli usullar bilan neft fraksiyalari tarkibidan ajratib olingan. Bu usullar quyidagilarga asoslangan: - ularning yuqori reaksion qobilyatiga; - tanlash adsorbsiyasiga; - ularning polyar erituvchilarda eruvchanligiga; - ularning yuqori erish haroratiga. Benzin fraksiyasidagi C9 gacha hamma alkil benzollar identifikatsiya qilingan. Neft tarkibida eng ko'p tarqalgan arenlar - toluol, metaksilol, psevdokumol. Odatda neftda toluol benzol, etilbenzol va har bir ksilol izomerlaridan ko'proq miqdorda uchraydi. C8 arenlari miqdori quyidagi qatorda kamayib borish tartibi bo'yicha berilgan: Meta-ksilol etilbenzol orto-ksilol para-ksilol. Kerosin va gazoyl fraksiyalarida benzol qatori uglevodorodlaridan tashqari naftalin va difenil gomologlari identifikatsiyalangan. Neft tarkibida naftalin metilli hosilalariga nisbatan ancha kam miqdorda bo'ladi. Neft tarkibida difenil hosilalari naftalin uglevodorodlarga nisbatan ancha kam. Difenil va uning alkilli hosilalaridan tashqari neft tarkibida ko'prik strukturali arenlar (1,2-difenil etan) ham topilgan. Og'ir gazoyl, moy va oliy fraksiyalarda, shu bilan birgalikda, polisiklik arenlar ham aniqlangan. Ular va ularning alkilli hosilalari (asosan metilli) quyidagilardir: Neft tarkibida fenantren gomologlari antratsen hosilalariga nisbatan ancha ko'proq bo'ladi. Og'ir distillatlarda 7 halqagacha bo'lgan polisiklik arenlar aniqlangan. Ularning miqdori unchalik ko'p emas. Monosiklik arenlar, di- va polisikliklarga nisbatan benzin va kerosin fraksiyalarida ko'proq mavjud bo'lib, ushbu qonuniyat gazoyl va moy fraksiyalariga ham taalluqlidir. Benzol halqasida yon zanjirda 1 yoki 2 metil guruhi va bir - kam tarmoqlangan uzun alkil radikali bo'ladi. Umuman olganda neftlar tarkibiga kirgan arenlar miqdori quyidagicha bo'lishi kuzatiladi, massaviy % hisobida: Benzol - 67% Naftalinlar - 18% Fenantrenlar - 8% Xrizenlar va benzofluorenlar - 3% Pirenlar - 2% Antratsenlar - 1% Boshqa aromatik uglevodorodlar - 1% Arenlarning fizik xossalari Arenlarning ayrim xossalari quyidagi 9-jadvalda keltirilgan. Arenlar alkanlar va sikloalkanlarga nisbatan yuqoriroq zichlik va sindirish ko'rsatkichlariga egadir. Arenlar polyar absorbentlar tomonidan yaxshi yutiladilar. Ko'pchilik polyar erituvchilarda tanlab eriydilar. Arenlarning erish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.99 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.99 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga