Neftni qayta ishlashda gidrogenlash jarayonlar

Neftni qayta ishlashda gidrogenlash jarayonlar

O'quvchilarga / Kimyo
Neftni qayta ishlashda gidrogenlash jarayonlar - rasmi

Material tavsifi

Neftni qayta ishlashda gidrogenlash jarayonlar Reja: Gidrogenlash jarayonlarini sinflanishi. Neft va neft mahsulotlarini gidrotozalash. Gidrokreking. Gidrokreking jarayoni mexaniгi to'g'risida ma'lumot. Neftni qayta ishlashda va neft kimyosida gidrogenlash jarayonlari keng qo'llaniladi. Barqaror yuqori oktanli benгinlarni olishda; diгel va qoгonxona yoqilg'ilari hamda surkov moylarining sifatini yaxshilashda bu jarayonlardan foydalaniladi. Neft kimyosi sanoatida gidrogenlash reaksiyalari yordamida siklogeksan va uning hosilalari, ko'pgina aminlar, spirtlar hamda bir qator monomerlar olinadi (jadval). Oxirgi yillarda gidrogenlash jarayonlarining tez rivojlanishi tovar mahsulotlarining sifatiga talablarning oshishi, vodorod ishlab chiqarishning narxi ancha pasayishi va yuqori ta'sirli katalizatorlarning kashf etilishi bilan tushuntiriladi. Neftni qayta ishlash sanoatida gidrogenlash jarayonlarini qayta ishlanadigan neft fraksiyalarining uglevodorodli va fraksion tarkibini tartiblashtirish uchun, ulardan oltingugurt va azot saqlagan birikmalarni ajratib chiqarish uchun, neft yoqilg'ilari, moylari hamda neft kimyosi xomashyosining foydalanish xarakteristikalarini yaxshilash uchun qo'llaydilar. Asosiy gidrogenlash jarayonlari quyidagilardir: Mahsulotlarnig sifatini yaxshilash yoki uni keyingi qaytarishga tayyorlash maqsadida neft fraksiyalarini oltiggugurt, azot va kislorod saqlagan birikmalardan gidrotozalash; Neft fraksiyalarida alken va arenlarni gidrogenlash; Neft fraksiyalarining gidrokrekingi. Qayta ishlash ko'lami jihatidan gidrotoгlash jarayonlari yetakchi o'rinni egallaydilar. 2. Neft va neft mahsulotlarini gidrotozalash Gidrotozalash - bu neft mahsulotlaridan geteroatomli, to'yinmagan birikmalar va qisman politsiklik arenlarni katalizatorlarda vodorod muhitida chiqarib yuborish jarayonidir. Gidrotozalash jarayonining kimyoviy asoslari. Geteroatomlarning chiqarib yuborilishi C-C, C-N va C-O bog'larning uгilishi va hosil bo'lgan parchalarning to'yinishi natijasida hosil bo'ladi, bunda oltingugurt, aгot va kislorod tegishli ravishda H2S, NH3 va H2O holida ajralib chiqadi. Alkenlar qo'shbog' hisobiga vodorodni biriktiradi. Politsiklik arenlar qisman gidrogenlanadi. Oltingugurt saqlagan birikmalarni o'zgarishi. Merkaptanlar uglevodorod va vodorod sulfidiga aylanadi: Haroratning oshishi bilan (200-500 0C oralig'ida) merkaptan, sulfid va disulfidlarning muvozanat konstantasi oshadi, tetragidrotiofen va tiofenlarniki esa pasayadi. Shuning uchun neft mahsulotlarining tiofen holidagi saqlanadigan oltingugurtdan chuqur tozalanishi faqatgina nisbatan past haroratda ( 425 0C) va vodorodning yuqori parsial bosim ostida (3 MPa va yuqori) sodir bo'lishi mumkin. Oltingugurtli birikmalarning gidrogenlanish kinetikasi ularning tuzilishiga juda ham bog'liq bo'ladi. reaksiyaning teгligi quyidagi qatorda kamayib boradi (merkaptanlar (7) = dibenzil-sulfidlar (7) ikkilamchi alkilsulfidlar (4,3-4,4) tiofen va uning hosilalari (3,8-4,1) birlamchi alkilsulfidlar (3,2) tiofenning hosilalari va diarilsulfidlar (1,1-2,0). Bir sinf birikmalari doirasida gidrogenlash tezligi molekulyar massasining oshishi bilan kamayadi, ya'ni og'ir neft fraksiyalaridan oltingugurtni chiqarib yuborish yengil fraksiyalaridan ko'ra katta qiyinchilik bilan amalga oshadi. Turli sinflarning induvidual oltingugurt saqlagan birikmalarning gidrotozalash sharoitida vodorod bilan o'гaro ta'sirlashishi birinchi tartibli reaksiya bo'yicha amalga oshadi. Neft fraksiyasi gidrogenlanganda uning tarkibiga kiruvchi individual moddalar ham birinchi tartib bo'yicha reaksiyaga kirishadi, ammo reaksion qobiliyati eng kuchli bo'lgan moddalarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 376.33 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 376.33 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga